Kubik usuli
Bu usul ko‘rilayotgan masalani turli tomondan, qadamba-qadam, osondan qiyinga tomon yo‘nalishda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Kubikning har bir tomoni muayyan topshiriqni ifodalaydi:
· Bu nima? Ko‘rayotgan narsani rangi, o‘lchamlari, shaklini tasavvur eting, eslang va yozma ravishda ta’riflang?
· Taqqoslang: U nimaga o‘xshaydi, nimadan farq qiladi?
· Assotsiatsiya. Taassurotingizni izohlang? U sizni nima to‘g‘risida o‘ylashga majbur qildi? Hayolingizga nima keldi?
· Tahlil qiling. Bu nimadan va qanday yasalgan? Nimalardan tashkil topgan? Nimaga o‘xshaydi yoki nimadan farq qiladi?
· Qo‘llang: Bu nimaga yaraydi? Uni qaerda qo‘llash mumkin?
· “Ha” va “Yo‘q” larni asoslang. Bunda ishonchli dalillar va asoslovchi fikrlarni ayting.
“Kubik” usulini qo‘llash bosqichlari.
· Mavzu (tushuncha) e’lon qilinadi.
· Tinglovchilar (talabalar) yakka tartibda ishlaydilar. Kubik har bir tomoni uchun topshiriq berilib, 40-60 sekund vaqt ajratiladi.
· Yakka tartibda ishlash tugagandan so‘ng guruhlarda muhokama qilinadi.
· “Kubik” ni har bir mikroguruhdan bir vakil(sardor) taqdimot qiladi.
Zigzag usuli
Bu – o‘zaro hamkorlikda (birgalikda) o‘qish usuli bo‘lib hisoblanadi. Uni o‘tkazish metodikasi quyidagicha:
· Matn uning hajmiga bog‘liq holda qismlarga bo‘linadi. Tinglovchilar (talabalar) matn qismlariga bog‘liq bo‘lgan holda 4-6 kishidan iborat mikroguruhlarga bo‘linadi.
· Tinglovchilar o‘z raqamlariga mos bo‘lgan yangi (korporatsion) guruhlarga jamlanadilar. Har bir guruh a’zosi matnning o‘z raqamlariga tegishli qismini (1 – raqamlilar birinchi qismini, 2- raqamlilar ikkinchi qismini va h.k.) o‘qib chiqadilar va o‘qilgan qismni bayon etishning umumiy strategiyasini ishlab chiqadilar.
· Tinglovchilar o‘zlarining dastlabki “qadrdon” guruhlariga qaytadilar va ularning har biri o‘zi o‘qigan matn qismini shunday bayon qilishi kerakki, guruh a’zolarida matnning to‘la mazmuni bo‘yicha yaxlit tasavvur xosil bo‘lsin.
· Ayrim guruh a’zolari o‘z fikrlarini bayon qilishlari mumkin.
“Qarama-qarshi munosabat” usuli
Metod o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
Ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi; tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi; jadval yaratilib, uning 1- ustuniga muhim bo‘lgan, 2-ustuniga muhim bo‘lmagan tushunchalar yoziladi; kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuvlar muhokama qilinadi; jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yak uniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi.
O‘quvchilar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga quyidagi jadvallarni taqdim etish maqsadga muvofiqdir:
Yakka tartibda ishlash jarayonida foydalanish uchun:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |