Yosh avlodni tarbiyalashda milliy pedagogikaning o‘rni
Hozirgi kunda o‘tmish avlodlarning ko‘p asrlar davomida ta’lim va tarbiya sohasida orttirgan boy, ijobiy tajribasini o‘zlashtirish asosida yosh avlodni mamlakatimizning mustaqilligiga erishuvi yo‘lida olib borilayotgan umumiy ishda faol ishtirok etadigan qilib kamol topdirishga alohida eotibor berilmoqda. SHu tufayli ham mamlakat xalq taolimi vazirligi xalq pedagogikasini tashkil etishni, o‘quvchilarni milliy-madaniy anoanalar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ydi. Bu esa xalqimiz qoldirgan milliy-madaniy merosni taolim muassasalarida va oilada tarbiya sohasida qo‘llanayotgan tajribalarni jiddiy o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatishni taqazo etadi.
Maolumki, o‘zbek milliy pedagogika yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llangan usul va vositalar, tadbir va shakllari, milliy urf-odat va anoanalar, tarbiya haqidagi g‘oyalar mujassamdir. Milliy pedagogikada ifodlangan g‘oyalar, tajribalar xalq yaratgan afsonalarda, og‘zaki ijod namunalarida, og‘zaki, yozma yodgorliklarda o‘z ifodasini topgan; ulug‘ mutafakkir olimlarning ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan asarlarida bayon etilgan. Buni biz yaratgan maqol, topishmoq, ertak, latifa, dostonlarda, Ahmad Yassaviy, Saodiy SHeroziy, Ahmad Yugnakiy, Rabg‘o‘ziy, Yusuf Xos Hojib, Munis, Horazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Qozizoda Rumiy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Fahriddin Roziy, Zamahshariy, Gulxaniy, Furqat kabi mutafakkir shoirlar, O‘rta Osiyoda yetishgan va musulmon olamida mashhur bo‘lgan Imom Ismoil al-Buxoriy, Muhammad ibn Iso Termiziy asarlarida ko‘ramiz. Bu ulug‘ allomalar o‘zlaridan oldin o‘tgan avlodlar donishmandligini kelgusi avlodlar uchun ko‘zgu deb bildilar va o‘zlaridan keyingi avlodlarga taqdim etdilar.
O‘zbekiston mamlakatining mustaqil deb eolon qilinishi, xalq ho‘jaligini boshqarishning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosiga o‘tishi, taolim-tarbiyaning siyosatdan holi qilinishi, umumiy o‘rta maktab taolimi mazmunini milliy qadriyatlar asosida. O‘quvchilarni o‘zbek xalqining tarixi, madaniy merosi va pedagogik anoanalari asosida tarbiyalashni taqazo etadi. Ana shu zaruriyatdan kelib chiqib, milliy madaniyat va qadriyatlarni tiklashga kirishilganligi quvonchli holdir.
Maolumki, o‘zbek milliy pedagogikasi O‘rta Osiyo ijtimoiy hayotiga bog‘liq holda shakllandi, rivojlandi.
O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ibtidoiy jamoa to‘zimi davrida ishlab chiqarish kuchlarining taraqiy etib borishi bilan jamoa aozolari zarur vositalarni oddiy qurollar yasashga kirishdilar. Ularning bu harakati jamiyat taraqqiyotiga taosir etdi, natijada jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlrning yangi shakli yuzaga keldi, turmush kechirish uchun jamoa bo‘lib yashash zaruriyati paydo bo‘lishi bilan ishlab chiqarish aloqalarigina emas, balki mustahkam qarindosh-urug‘chilik asosidagi ibtidoiy jamoa shakllandi. Jamoada etnografik asosdagi muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni ayollar bajardilar, bola tarbiyasi ularning ixtiyoriga topshirildi. SHu asosda jamoada ayollarnng mavqei ortdi.
Keyinchalik, jamiyatda ishlab chiqarish qurollarining mukammallashib borishi bilan jamoada mehnat taqsimoti o‘zgardi, erkaqlar asosan, chorvachilik va ov bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajardilar, iqtisodiy hayotda ular yetakchilik mavqeini egalladilar.
Er, av. II ming yillikda paydo bo‘lgan, XVI asrga qadar Uzoq SHarq, yaoni Xitoy, Yaponiyani bilan bog‘lagan «Ipak yo‘li» faqat savdo, siyosiy va ijtimoiy madaniy aloqa yo‘li ham bo‘ldi, mamlakat, shaHarlar xalqlarining jumladan, O‘rta Osiyo va Eron, Turkiya xalqlari Musiqa madaniyatining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. «Ipak yo‘li» xalqlarining urf-odati, anoanlari, madaniyatinin bir-biriga uyg‘unlashuvida muhim rol o‘ynadi. «Ipak yo‘li» - xalqlari tarixining o‘ziga xos bir yodgorligi bo‘lib, xalqlarning ham savdo madaniy sohada o‘zaro hamkorlikda yashashi, do‘stlashi uchun xizmat qildi.
Hind xalqining «Pancha Tantra», ( Besh kitob) asari Ibn Muqaffaning arab tilida qilgan tarjimasi o‘zbek tilida «Kalila va Dimna» nomida nashr etildi.
VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan arablar bu o‘lkada islomni targ‘ib etdilar, arab tili davlat, Fan va adabiyot tili bo‘ladi. Bu davrda madaniy barkamollikka erishgan o‘zbek xalqi islom mohiyatini tezroq tushundi va uni qabul qildi. «Qurooni Karim» ni insonni ulug‘lashga, qadrlashga, uni mehr-shavqatga, muhabbatga, tinch-totuv yashashga, iqtisodiy va maonaviy barkamollikka undovchi islom maorifati mujassami deb ataladi.
Quroon insonlarni ilmda, madaniyatda, odob-axloqda barkamol bo‘lishga, dinidan, irqidan qatoiy nazar, ittifoq bo‘lib, tinch-totuv yashashga daovat etadi. U SHarq va umumbashariyat madaniyatining bebaho hazinasi sifatida jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligi yuksalishining asosiy negizi bo‘lib, uni barkamollik sari yo‘lladi, bundan keyin ham yo‘llaydi.
Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-adab, al-Mufral», «Adab durdonalari» asaridaagi 110 ta hadisda mushkul ahvolga tushgan kishiga yordam berish haqida shunday deyiladi. «Bir qancha qo‘shnilar qiyomat kuni o‘z qo‘shnilarinin etagidan ushlab, «Yo rabbi, manga bu qo‘shnim boshimga ish tushgan vaqtida yordam qilish o‘rniga eshigini qulflab olgan edi, deb daovo qildi». 3- hadisda deyiladiki, «Kim o‘zining qorni to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och holda o‘tirgan bo‘lsa, u kishi «chin» mo‘min emasdir». Demak, har biri kishi og‘ir ahvolda qolgan qo‘shnisiga o‘z ovqatidan bo‘lib berishi lozim.
Yuqorida keltirilgan hadis butun insoniyat uchun barkamollik, insoniylik ramzi bo‘ladi. Ushbu mo‘tabar kitob, kishilarni, hususan yosh avlodni maonaviy barkamollik ruhida tarbiyalashdek muhim ishda beqiyos ahamiyat kasb etdi. Bunda ifodalangan aqidalar xalqning eotiqodiga aylandi. Oilaning mustahkamlanishiga, bolalarga ixlos, imon, diyonat hislatlarini tarbiyalashga hizmat qilmoqda.
O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan ulug‘ mutafakkir shoir, olimlar hadisdagi ko‘pgina aqida, pand-nasihatlarni o‘z asarlarida ifodaladilar. Buni biz Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Rabg‘o‘ziy, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Yusuf Xos Xojib, Al-Xorazmiy kabi allomalar ijodida ravshan ko‘ramiz.
XX asrning taniqli yozuvchisi va shoirlari taolim-tarbiyaga doir asarlar yaratdilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Said Ahmad, Primqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov hikoya va romanlar, Hamza Hakimzoda, Elbek, G‘ofur G‘ulom, Hamid Olimjon, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, SHuhrat kabi shoirlar sheor va hikoyalar ijod etdilar.
SHunday qilib, o‘zbek milliy pedagogikasi turkiy xalqlar-ota-bobolarmiz uzoq moziyda yaratgan va ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota meros, SHarq xalqlarining boy va betakror odobnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, buyuk namunalar, buyuk allomalar yaratgan asarlari bilan qo‘shilgan holda shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini e’tirof etish birdan bir to‘g‘ri yo‘ldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |