Agar diniy nuqtai nazardan qarasak «Тарбия» сўзи арабча «робба» феълидан олинган бўлиб, ўстирди, зиёда қилди, риоясига олди, раҳбарлик қилди ва ислоҳ қилди маъноларини билдиради.
Keng ma’nodagi tarbiya deganda shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi.
Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi.
Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
Tarbiyaning maqsadi - yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish, uning ongi va xulq atvorini tarkib toptirishdir.
Tarbiyaning maqsadi – muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribalar asosida yosh avlodni har-tomonlama o’stirish, uning ongi va xulq atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Insonning jamiyatda yshashi uchun zarur bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishni ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora-tadbirlar yig’indisidir.
Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
-jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
-jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
-madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
Tarbiya tamoyillari – bu tarbiyaviy ishning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo’yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir. Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
-maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi;
-tarbiyaning insonparvarlashuvi;
-tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi;
-tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;
-jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish;
-shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish;
-o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;
-tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
-tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.
Tarbiyaviy faoliyatda tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiyaviy faoliyatda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim.
Bunga erishish uchun talabaning ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiyaviy faoliyatga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U talabalar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |