Pedagogika tarixi ma‘naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo`lishi, inson kamoloti haqidagi g`oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab etadi.
Eramizdan oldingi oltinchi asrdan milodiy beshinchi asrgacha o`tgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, respublika boshqaruvi o`rnatilgan. Bu erda o`ziga xos ta‘lim – tarbiya tizimlari va pedagogik ta‘limotlar yaratilgan. Yunonistonlik olimlar – Demokrit (460370), Suqrot (469-339), Aflotun (427-347), Arastu (383-322); shuningdek, mashhur Rim pedagogi Kvintilian (42-118)lar o`z asarlarida ta‘lim – tarbiya, o`qituvchi axloqiga doir pedagogik nazariyalar yaratganlar.
Demokrit tarbiyaning tabiatga mosligi g`oyasini o`rtaga qo`ygan. O`qitish jarayonida bolalarning qiziquvchanligini hisobga olish zarurligini uqtirgan. Ta‘limning kishi tabiatini o`zgartiruvchi qudratli kuch ekanligini, o`qitishda majburlash usulidan ko`ra, ishontirish vositasidan foydalanish afzalligini, salbiy namunalarning zararligini ta‘kidlagan. Aflotun bola tarbiyachiga itoat qilishi zarurligi to`g`risidagi g`oyani ilgari suradi. U bolani muttasil nazorat qilib borish; uning yaxshi, itoatkorligini rag`batlantirish, itoatsizlik qilsa qo`rqitish va urib bo`lsa ham to`g`ri yo`lga solish lozimligini ta‘kidlaydi. «Agar pedagog yoki ota-ona,-degan edi u,- bolaga: mana bu adolatli, bu esa — adolatsiz, bu ishni qilish yaxshi, bu esa - uyat, bu narsa – muqaddas,bu esa — nopoklik: bu ishni qilish kerak, buni qilmaslik lozim, deb aytmasa va ko`rsatmasa bolani tarbiyalay olmaydi» Arastuning «Iskandarga nasihat»i (qarang: «O`zbek pedagogikasi antologiyasi». Toshkent, «O`qituvchi». 1995, 39-46-betlar) da bayon etilgan pedagogik g`oyalar yoshlarni axloqiy tarbiyalash nuqtai nazaridan hamon qimmatini yo`qotmagan. Shuningdek, Arastuning «Afina siyosati» asarida tasvirlangan (qarang: Pisarenko V. I., Pisarenko P. Ya. Pedagogicheskaya etika. Minsk,1977. 10-11-betlar) afinaliklarning o`qituvchilarni saylash taomili ham o`qituvchi bobida diqqatga sazovordir.
Nazorat uchun savollar:
1.Tarbiya pedagogikaning kategiriyasi ekanligi
2.Eng qadimdan XII asrgacha bo`lgan davrda o`qituvchi – ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o`rni, mahorati haqida nimalarni bilasiz?.
Sharq donishmandlari va mutafakkirlarining ijodiy meroslarida mudarrislar, ularning mahorati, muloqot, muomala madaniyatiga qo`yilgan talablari nimalardan iborat?.
Hozirgi zamon pedagogikasida, ilmiy pedagogik adabiyotlarda pedagogik mahorat, pedagogik texnika va uning tizimi, mohiyati haqida qanday g‘oyalar ilgari surilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |