1-Mavzu: “TARBIYA” FANI KONSEPSIYASI, DAVLAT TA‟LIM
STANDARTI, O„QUV DASTURLARI (2-qism)
Reja:
1. “Tarbiya” fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti.
2. Tarbiya fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartida belgilangan
umumiy o„rta ta‟limning malaka talablari.
1.
“Tarbiya” fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy va o„rta mahsus
ta‟lim muassasalarida ta‟lim va tarbiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan bir
qator me‟yoriy hujjatlar qabul qilingan.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar
ta‟limining davlat ta‟lim standartlarini tasdiqlash to„g„risida”gi 187- sonli qarori
qabul qilindi.
O„zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta‟lim fanlarini
o„qitishning uzluksizligi va izchilligini ta‟minlash, zamonaviy metodologiyasini
yaratish, umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi davlat ta‟lim
standartlarini kompetensiyaviy yondashuv
asosida takomillashtirish, o„quv-metodik
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
Umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti;
O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining davlat ta‟lim standarti; Umumiy o„rta va
o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining umumta‟lim fanlari bo„yicha malaka talablari;
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari;
Umumiy
o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari uchun umumta‟lim fanlaridan
o„quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo„yiladigan umumiy
talablar zarur me‟yoriy hujjatlar bilan tasdiqlandi. O„zbekiston Respublikasi Xalq
ta‟limi vazirligi hamda Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining O„rta maxsus, kasb-
hunar ta‟limi markazi zimmasiga umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar
ta‟limining davlat ta‟lim standartlari talablari asosida o„quv
dasturlarini yangidan
ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlab, umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-
hunar ta‟limi muassasalariga etkazib berish vazifasi berildi. Yaratilayotgan o„quv-
metodik majmualar o„quvchilarni
mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy,
zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishiga e‟tibor
qaratilishi ahamiyatlidir.
2017-2018 o„quv yilidan boshlab umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar
ta‟limining davlat ta‟lim standartlari va o„quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy
etish yuzasidan tegishli mutaxassislar uchun maqsadli o„quvlar tashkil etilishi, hamda
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish kurslari
dasturlari va o„quv modullarining qayta ko„rib chiqilishi belgilandi. Umumiy o„rta
ta‟limning davlat ta‟lim standartining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
maqsad
— umumiy o„rta ta‟lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg„or
tajribalari
hamda ilm-fan va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan
holda tashkil etish, ma‟naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni
tarbiyalashdan iborat.