1-Mavzu: “tarbiya” fani konsepsiyasi, davlat ta‟lim standarti, O„quv dasturlari (1-qism) Reja



Download 380,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi380,36 Kb.
#908191
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu “tarbiya” fani konsepsiyasi, davlat ta lim standarti, O



1-Mavzu: “TARBIYA” FANI KONSEPSIYASI, DAVLAT TA‟LIM 
STANDARTI, O„QUV DASTURLARI (1-qism) 
Reja: 
1. “Tarbiya” fani konsepsiyasining maqsad va vazifasi 
2. “Tarbiya” fani konsepsiyasini joriy etishning asos, prinsiplari va o„quv-metodik 
majmua, darslikka qo„yiladigan didaktik talablar 
 
 1.“Tarbiya” fani konsepsiyasining maqsad va vazifasi. 
Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion 
jamiyatga bo„lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko„plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular 
oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, 
intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
sodiq bo„lishdek hayotiy talablarni qo„ymoqda. Shu bois, O„zbekiston 
Respublikasida “Tarbiya” fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta‟lim-tarbiya 
sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo„lgan dolzarb muammolarni hal 
etishga yo„naltiriladi. 
Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga 
qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo„nalishlarni belgilab beradi. 
Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo„nalishlar mamlakat yoshlarini ma‟nan 
va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro„yobga chiqarish, 
ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli 
darajada qo„llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va 
tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur Konsepsiya O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi, “Yoshlarga oid davlat 
siyosati to„g„risida”gi qonunlari, xalqaro huquqning umume‟tirof etilgan hujjatlari, 
xususan “Bola huquqlari to„g„risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari 
to„g„risida”gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar-2030” 
strategiyasi hamda O„zbekiston Respublikasining ta‟lim to„g„risidagi qonun 
hujjatlariga 
asoslanadi. 
Konsepsiyada 
belgilangan vazifalar O„zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar 
strategiyasi talablari, Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi 
ilg„or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o„zgarishlar bilan uyg„un 
ravishda amalga oshiriladi. Konsepsiya umumiy o„rta ta‟lim tizimida 
o„quvchilarning yoshiga mos ma‟naviy rivojlanishini ta‟minlash va faol fuqarolik 
kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida umumiy o„rta ta‟lim maktablarida 
o„qitilayotgan “Milliy istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga 
kiruvchi fanlar “Odobnoma”, “Vatan tuyg„usi”, “Milliy istiqlol g„oyasi va 
ma‟naviyat asoslari”, “Ma‟naviyat asoslari”, “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini 


birlashtirgan yagona Tarbiya fanining asosiy yo„nalishlarini belgilab beradi. Shu 
maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, 
Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi 
davlatlarning tajribalari o„rganildi, amaldagi fanlarning o„quv dasturlari har 
tomonlama qiyosiy tahlil qilindi.
Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog„lom avlod asoslari, 
Salomatlik, Yo„l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari, 
Huquqiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari 
kabi bir qancha fakultativ o„quv kurslari dasturlarini birlashtiradi. Konsepsiya 
umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartlarida belgilangan talablarning 
negizi hisoblanadi. Konsepsiya “Tarbiya” fanini o„rganish bosqichlari, o„quv fani 
bo„yicha ta‟lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha 
modellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo„llashga doir 
ko„plab amaliy ishlar qilinmoqda. Shiddat bilan o„zgarayotgan dunyoda o„quvchi-
yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas‟uliyat, majburiyat, 
huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog„lom e‟tiqodlilik, 
ma‟rifatlilik, diniy va milliy bag„rikenglik, ma‟naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, 
ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib 
bormoqda. Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta‟sir ko„rsatadigan “Milliy 
istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni 
o„qitish ta‟lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, 
yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy 
jarayonlarga to„g„ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to„g„ri qaror 
qabul qilish, hayotda o„z o„rnini topish bilan bog„liq bo„lgan aniq maqsadlarni 
shakllantira olishga o„rgatish, buning natijasi o„laroq, oila-jamiyat o„rtasidagi 
munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, 
“ommaviy madaniyat”ning turli ko„rinishlaridan saqlash imkonini yaratish. Bu, o„z 
o„rnida, O„zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-
ma‟naviy rivojlantirishning muhim omili bo„lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat siyosati 
darajasiga ko„tarilganini inobatga olib, ushbu yo„nalishdagi prinsipial 
yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning konseptual 
asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi.

Download 380,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish