Taʼlim sifatini boshqarish xususida fikr yuritilar ekan, albatta belgilangan sifat turli shart-sharoitlar va omillarga muvofiq kafolatlanishi va boshqarib borilishini nazarda tutish kerak. Masalan, ayonki, resurslar va kadrlar bilan tegishlicha taʼminlanmagan va, shuningdek oʼquv-tarbiya jarayoni tegishlicha mazmunga ega boʼlmagan hamda tashkil etilmagan hollarda taʼlim sifatining yuksakligi toʼgrisida gapirmasa ham boʼladi.
Аmalda, belgilangan taʼlim sifatini boshqarish va unga erishish jarayoniga taʼsir koʼsatuvchi barcha shart-sharoitlar va omillarning taʼsiri (yoki qarshi taʼsiri)ga duch kelamiz. Tadqiqot vazifasi (bizning vaziyatda) mazkur shart-sharoitlarni iloji boricha kengroq qamrab olish, tahlil qilish va eʼtiborga olishdan iborat. Biroq amalda birgina kitob yoki ilmiy-tadqiqot ishi doirasida bunday ulkan vazifani uddalashning mutlaqo iloji yoʼkligi maʼlum.
Аna shundan kelib chiqqan holda, taʼlim muassasasi va taʼlim jarayonining uzviy birlikda boshqarib borilishini takomillashtirish taʼlim sifatini oshirish borasidagi ilmiy izlanishlar va amaliy chora-tadbirlarni joriy etishning eng istiqbolli yoʼnalishi, deb hisoblaymiz.
Bugungi kunda taʼlim nazariyasi va amaliyotida taʼlim sifatini boshqarish va nazorat qilish bilan bogʼlik quyidagi muammolar va zamonaviy oqimlar vujudga keldi:
■ taʼlim sifati muammosi — zamonaviy mutaxassislarni oʼqitish va tarbiyalash hamda kasbga tayyorlash jarayonida shaxsning shakllanishini baholash bilan bogʼlik, obʼektiv tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish nuqtai nazaridan dolzarb vazifa;
■ taʼlim sifatining kafolatlari muammosi — taʼlim muassasasi bilan taʼlim oluvchi oʼrtasidagi shartnomaga asosan rejalashtirilgan va erishilgan natijalarning taʼminlanishi;
■ taʼlim sifatini boshqarish maqsadlarini belgilash — sifat kafolatiga tegishli talablarni bajarish orqali, shuningdek xalqaro va davlat hamda ichki va tashqi miqyosda taʼlim parametrlarini yaxshilashga qaratilgan miqdoriy va sifat nuqtai nazaridan baholashga taʼsir koʼrsatish yoʼli bilan taʼlim muassasasi va umuman, taʼlim tizimi faoliyatining barqarorligini oshirish;
■ taʼlim sifatining meʼyorlari — taʼlim sifatiga oid (eʼtirof etilgan va hujjatlarda qayd qilingan) talablarni, jamiyat va shaxsning ehtiyojlariga mos boʼlgan muayyan tarkib va darajani aniqlash;
■ taʼlim sifati mezonlarini aniqlash — taʼlim sifatining belgilangan meʼyorlar, talablar, etalonlar va standartlarga muvofiqligining alomatlari va uning darajasi;
■ taʼlim sifatini baxolash — asl xossalar oʼlchamining sifatning tegishli etalon darajasi qayd qilingan meʼyor koʼrsatkichlariga nisbatan darajasini ifodalovchi taʼlim sifati oʼlchovini aniqlash;
■ taʼlim sifati monitoringi — taʼlim sifatining ahvoli va oʼzgarishi taʼlim sifatini baholash va prognozlashni kuzatish bilan bogʼlik, kompleks tizimni ishlab chiqish;
■ taʼlim sifatini taʼminlash — taʼlim sifatini belgilangan meʼyorlar, talablar va standartlar darajasida saqlab turish;
■ taʼlim sifatini boshqarish — «boshqaruv subьekti» tomonidan taʼlim sohasidagi barcha obʼektlar va jarayonlarga nisbatan taʼlim sifatining shakllanishi va rivojlanishini taʼminlash jarayonlariga taʼsir koʼrsatish hamda taʼriflangan maqsadlar, meʼyorlar va standartlarga muvofiq, ravishda ularga qayta aloqa (nazorat qilish, baholash va tahlil qilish) tadbirlarini tashkil qilib berish;
■ taʼlim sifatini baholashning rivojlanish, umumtaʼlim va kasbiy bilimdonlikni tekshirish hamda baholash bilan bogʼlik, didaktik tamoyillarga javob bera oladigan pedagogik tizimni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |