1-mavzu: ta’lim tizimi va uni boshqarish metodologiyasi mavzu rejasi


-MAVZU: TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 353,58 Kb.
bet11/24
Sana26.02.2022
Hajmi353,58 Kb.
#467558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
MA\'RUZALAR 1-10 GACHA

7-MAVZU: TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Mavzu rejasi:
1.Ta’lim tashkilotchisi hozirgi sharoitda.
2.Ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy tashkilotlar bilan o ‘zaro munosabatlari.
3.Ta’lim tashkilotchisining ijtimoiy-pedagogik tuzilmasi.
Tayanch tushunchalar: ta’lim, pedagogika, boshqarish, faoliyat, tarbiya, tizim, shaxs.


O‘zbekistan Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi maktabgacha ta’lim yoshidagi avlodning, bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib еtishishiga bog‘liqdir. Bu o‘rinda inson ruxiyati qonunlarini o‘rganuvchi maktabgacha ta’limni boshqarish ilmiy asoslari fani alohida, ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim sifatini boshqarishda asosiy e’tibor loyihalashtirish faoliyatiga beriladi. Bu sifatni boshqarish metodologiyasi tomonidan ko‘zda tutilgan - bunda sifat tadqiq qilish va loyihalashtirish, rivojlanish dasturlari va konsepsiyani ishlab chiqish bosqichida qo‘yilishi kerak.
Sifatni boshqarish sohasi mutaxassislari mahsulot yoki xizmatlar sifatini loyihalashtirishda ustuvorlik ishlab chiqarish bosqichigacha beriladi, deb ta’kidlamoqdalar. Bunga tadqiqotlar, loyihalashtirish va ishlanmalar bilan bog‘liq faoliyat kiradi, ya’ni ushbu bosqichlarda sifat asoslariga zamin tayyorlanadi (A. T. Kurakin, I. G. Leonov, L. I. Novikova).
Tadqiqotlar ishlab chiqarish (ta’lim) jarayonlariga loyihalashtirish sifati kuchli ta’sir etishini ko‘rsatadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda loyihalashtirish deganda bo‘lg‘usi ishlarning taxminiy variantlarini tuzish va uning natijalarini bashorat qilish tushuniladi. Ta’lim tashkilotida sifatni boshqarishning ilmiy tashkil etilishi loyihalashtirish bosqichlarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda va batafsil ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Bunda sifatini oshirish, buning uchun tegishli shakl va metodlarni tanlashga doir konkret vazifalar va chora-tadbirlarning asosiy tarzda tushuntirish va belgilanishini nazarda tutiladi.
Boshqaruv xodimlari faoliyati dasturi «rejali faoliyatning umumiy strategiyasini belgilab beradigan tamoyillar tizimi» bo‘lmish dasturli-maqsadli yondashuv asosida ishlab chiqiladi (A. T. Kurakin, L. I. Novikova). Dasturli-maqsadli yondashuv aksariyat tadqiqotchilar (V. G. Afanasev, Ye. P. Golubkov, Yu. A. Konarkevskiy, I. S. Ladenko, G. A. Tulchinskiy, I. K. Shalaev va boshqalar) tomonidan tizimli yondashuvni aniqlashtirish sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, birovlar ushbu yondashuvni boshqaruv faoliyatiga tatbiqan pirovard natijaga yo‘naltirilgan maqsadli dasturni ishlab chiqish sifatida tavsiflashsa (I. S. Shalayev), boshqalar dasturlarning shakllantirilishini boshqaruv jarayonlarining rejalashtirilishidan iborat deb hisoblashadi (I. S. Ladenko, G. L. Tulchinskiy).
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jamiyatimiz uchun to‘laqonli, faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish, samaradorligini yanada oshirishda maktabgacha ta’limni boshqarish ilmi va uning amaliyotda to‘g‘ri yo‘nalishga ega bo‘lishi juda muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uzluksiz ta’lim tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, eng avvalo, yuksak malakali raxbar kadrlar faoliyati bilan belgilanadi. Shu boisdan, maktabgacha ta’limning pedagogik jamoasini boshqarish, ta’limning yuqori ko‘rsatkichlariga erishib borishda ta’lim tashkilotlari raxbarlaridan “boshqaruv” malakalariga ega bo‘lib borishni talab qiladi. Boshqaruv faoliyatida raxbar va xodimlarning ishlash ishtiyoqini oshirish, boshqaruv malakasini oshirish, raxbar, xodimlar boshqaruv malakasini shakllantirishga qaratilgan ishchanlikni oshirishga, diqqat-e’tiborli bo‘lishga, xodimlarni jipslashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari maktabgacha.
Maktabgacha ta’limni boshqarish ilmiy asoslari fanida pedagogik jamoani boshqarish o‘z navbatida boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni shaxs va shaxslar guruxi tomonidan boshqa guruxlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning maktabgacha ta’limni boshqarish mexanizmlarini o‘rganadi. Mazkur qo‘llanma maktabgacha ta’limni boshqarishda ta’lim tashkilotlari raxbarlari, pedagog xodimlar uchun pedagogik jamaoni boshqarishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish bilimlarning ahamiyati, jamoada bo‘ladigan shaxslarning o‘zaro munosabatlarini tashkil etishiga muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik jamoani boshqarish ilmiy asosida o‘rganiladi. Maktabgacha ta’lim boshqarishni ilmiy asoslari fanining boshqa sohalari bilan uzviy bog‘likda o‘zi tuplagan ma’lumotlarni chukur va ilmiy jixatdan oqilona tahlil kilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim toshkilotlarini boshqaruv ilmining mazmun va mohiyati kishilarni yoki jamoa mexnat faoliyatini bir joyga nomlash, boshqarish bilan ham bog‘likdir. Jamoa yiriklashgan sari boshkaruvning vazifalari murakkablashib boradi. Boshkaruv jarayonining murakkablashuvi boshqaruv ilmidan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O‘quv moduli birliklari:

  1. Boshqarish tamoyillari va uslubi

  2. Rahbar va xokimiyat

  3. Rahbar va vaqt

  4. Ishontirish boshqarshining asosi sifatida

  5. Bo‘ysinuvchilar bilan o‘zaro munosabat

  6. Motivlash

  7. Nazorat


Download 353,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish