1-mavzu: ta’lim tizimi va uni boshqarish metodologiyasi mavzu rejasi



Download 353,58 Kb.
bet7/24
Sana26.02.2022
Hajmi353,58 Kb.
#467558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
MA\'RUZALAR 1-10 GACHA

II daraja. Vazirlik tomonidan:
a) DTS da ko‘zda to‘tilgan tayyorgarlik darajasini va mazmunini ta’minlash;
b) kadrlar tayyorlash sifatini.
III daraja. OTM tomonndan:
a) talabalar bilimini reyting-nazorat qilish;
b) davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan nazorat (bitiruv ishi mutaxassisni).
Davlat kadrlar tayyorlash mazmuni va darajasiga talablarni shakllantiradi. Ta’lim-malaka dasturida (bakalavriat) quyidagi komponentlar mavjud.
1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki.
Milliy mustaqillik ideologiyasi, demokratiya, ilmiy dunyoqarash, yuqori manaviyat va madaniyat, demokratik, huquqiy va iqtisodiy fikrlashni shakllantiradi.
2. Masmatnk va tabiiy fanlar bloki.
Matematik bilimlar va modellashtirish, informatsion texnologiyalar to‘gʻrisidagi tushunmani shakllantiradi;. tabiiy fanlar fundamental birligi to‘gʻrisida tushunchani, zamonaviy tabiatshunoslik konsepsiyasi, tabiatshunoslikdagi yangiliklar va kelajakdagi o‘zgarishlar, tabiatdan ratsional foydalanish va inson faoliyati to‘gʻrisida tushunchani shaklantirish.
3. Umumkasbiy fanlar bloki.

  • umumkasb boʻyicha chuqur bilimlarni shakllantirish;

  • ta’lim yo‘nalishi boʻyicha maxsus fanlarni oʻrganish uchun asos yaratadi;

  • kasb faoliyati bilimi va qobiliyatini yuzaga keltiradi.

      1. Maxsus fanlar bloki.

ta’lim yo‘nalishi boʻyicha bilim va malakani shakllantiradi; aniq mutaxassislik boʻyicha keyingi ta’limni tanlovini aniqlaydi; fan-texnika yutuklari, ta’lim yo‘nalishining rivoji, kelajagi va muammolari to‘gʻrisida tushuncha beradi.
Sifat to‘satdan paydo bo‘lib qolmaydi. Uni rejalashtirish lozim. Sifat tashkilot strategiyasida eng muhim ko‘rsatkich bo‘lishi va unga strategik rejalashtirish jarayoniga muvofiq muntazam erishilishi darkor. Strategik rejalashtirish – ta’lim sifatini boshqarish tizimidagi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir.
Ta’lim sifatini rejalashtirish ta’lim tashkiloti faoliyatining uzoq muddatli yo‘nalishini ishlab chiqish bilan chambarchas boliq. Qudratli strategik nuqtai nazar – har qanday tashkilot muvaffaqiyatining eng asosiy omillaridan biridir.
Ta’limdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, ishlab chiqarishda va umuman jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni ko‘zgudagidek aks ettiradi. Unda asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli va zaif tomonlarni, imkoniyatlarni va tahdidga soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan omillar ta’lim sohasiga ham joriy qilinadi.
Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga imkon beradi va oqilona o‘zgarishlarga ko‘maklashadi. Tashkilot strategiyaga ega bo‘lmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning еtakchi maqsadlari ta’lim tashkilotini rivojlantirishning muayyan vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan umumiy dasturini ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu ta’lim tashkiloti ko‘rsatadigan ta’lim xizmatlarining eng muhim yo‘nalishlarini, shuningdek, bu yo‘nalishlarning istemolchilar ehtiyojlariga nechog‘li mosligini tushunib olish va ularni qayta ko‘rib chiqish bilan ham belgilanadi.
Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning ma’lum bir majmuini ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi. Ularning ro‘yxati quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Garchand nazariyadan amaliyot sari ishlash oqilona yo‘l bo‘lsada, strategik rejalashtirishga kirishayotib rioya qilish lozim bo‘lgan xatti- harakatlar majburiy izchilligi mavjud emas. Biroq kelajakni rejalashtirishda tizimli yondashish nihoyatda muhim. Strategiya istemolchilarning turli guruhlari ehtiyojlariga tayanishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda bosh maqsadni belgilab beradigan hamda umuman nuqtai nazarni kengaytiradigan siyosat va rejani tuzish zarur.
Strategik rejalashtirishda harakatlarning muayyan izchilligi bo‘lishi mumkin. Ta’lim tashkilotining bosh maqsadi, uning yo‘nalishini, boshqalardan farqini belgilab beradi. Bosh maqsadning, ushbu ta’lim tashkilotining barcha imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishga imkon beradigan zarur harakatlarga o‘tishini ta’minlash juda muhim. Ular o‘z sohasining peshqadamlaridan bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganliklarini, odatda, istar-istamas oshkora e’lon qiladilar. Ular, bu holda, mag‘lubiyatga uchrash ehtimolidan cho‘chiydilar. Siz asosiy maqsadni aniqlar ekansiz, uzoq muddatga mo‘ljallangan, aniq ifodalangan sifat strategiyasiga tayansangiz, bu hol, albatta, aks etishi lozim. Tashkilotni maqsadi, bosh vazifalarining asosiy qoidalarini belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

  • yodda oson saqlanishi;

  • oson ommalashishi;

  • tashkilotning nima bilan shug‘ullanishi aniq belgilanishi

  • sifatni oshirishga qo‘shilgan hissa darajasi;

  • tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari to‘g‘risida nizom bo‘lishi;

  • istemolchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

  • moslashuvchan bo‘lishi shart.

Ta’lim tashkiloti qadriyatlarni o‘zi aniqlab olishi zarur, ammo ular quyida tavsiya qilinadiganlardan aksariyatini o‘z ichiga olishi mumkin:

  • ta’lim oluvchilar (magistr, talaba)ni birinchi o‘ringa qo‘yamiz;

  • kasbiy halollikni yuqori darajada tutgan holda ishlaymiz;

  • yagona jamoa bo‘lib ishlaymiz;

  • doimiy yaxshilanishga (taraqqiyotga) intilamiz;

  • barchaga teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlaymiz;

  • ta’lim xizmatlarining eng yuqori sifatini ta’minlaymiz.

Ushbu vazifa va qadriyatlar aniqlangach, ularga erishish mumkin bo‘lgan maqsadlar bilan bog‘lash kerak. Ularni o‘rganiladigan bo‘lishi juda muhim, ya’ni ularning yutuqlari natijasini muntazam ravishda baholab turish mumkin bo‘lishi lozim. Shunday qilib, maqsadlar haqiqiy va bajara oladigan bo‘lishi kerak. Ehtimol o‘ylangan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va omadsizliklarni tahlil qilish strategik rejalashtirishning zaruriy bosqichi hisoblanadi. U ta’lim tashkilotining imkoniyatlarini aniqlashning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Unda ikkita tarkibiy qismni, ya’ni, obyekti ta’lim tashkilotining o‘z faoliyati bo‘lgan ichki tahlilni va uning faoliyatidagi tashqi vaziyatlar tahlilini ajratib ko‘rsatish mumkin. Kuchli va zaif tomonlarning nisbatini, mohiyatan, ta’lim tashkiloti samaradorligining ichki vazifasi deyish mumkin. Imkoniyatlar va ehtimol tutiladigan xavf-xatarlar jihati esa ta’lim tashkiloti ish olib boradigan sharoitdagi tashqi vaziyatlarga tegishlidir. Bu tahlilning maqsadi afzallikni kuchaytirib, nuqsonlarni mumkin qadar kamaytirish, xavf-xatarni susaytirib, yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Agar tahlilni ham istemolchilarning talablariga, ham ta’lim tashkilotining talab bozorida raqobatlashish imkoniyatlariga qarasak, tahlilning samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Bular uzoq muddatli Istiqbol rejani yaratishda ikki asosiy soha hisoblanadi. Ta’lim tashkilotini istiqbol rejalari, ta’lim tashkilotining raqobatbardoshligini oshirib, maktabgacha ta’lim tashkilotiga jalb etishini yuqori darajada kuchaytiradigan tarzda ishlab chiqilishi lozim.
Agar bu milliy qadriyatlarni o‘rganish bilan qo‘shilsa, u holda ushbu tashkilotning raqobatchilaridan farqini belgilab olish mumkin bo‘ladi. Tashkilotning farqli hususiyati belgilab olingach, uning uchun sifat samaradorligini aniqlash ancha oson bo‘ladi.
Ana shunga ko‘ra ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilish natijalari quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin:

Download 353,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish