|
|
bet | 76/116 | Sana | 31.12.2021 | Hajmi | 188,95 Kb. | | #232128 |
| Bog'liq 1-mavzu Tadbirkorlikning mazmuni va mohiyati darsning maqsadi
beriladi.
TANNARX TUSHUNCHASI
Tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni sotish orqali foyda ko‘rishga
intiladi. Biroq buning uchun u o‘z mahsuloti qanchaga tushgani, ya’ni
uning tannarxi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining puldagi
ifodasi.
Demak, bundan ko‘rinadiki, mahsulot tannarxini aniqlash uchun uni
ishlab chiqarish va sotishga qilingan sarf-xarajatlarni yaxshi bilish lozim.
Ammo mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash ham murakkab jarayon hisoblanadi.
Chunki tannarxning o‘zi turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni
hisoblashda o‘ziga xos jihatlarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
TANNARXNING TURLARI
Tannarxning ishlab chiqarish tannarxi, to‘la tannarx, chegaraviy tannarx
kabi turlari mavjud.
Ishlab chiqarish tannarxi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan
bog‘liq xarajatlar yig‘indisidir. U o‘z ichiga ishlab chiqarishni tashkil
etishdan boshlab to tayyor mahsulotning omborga kelib tushguniga qadar
jarayonlardagi xarajatlarni qamrab oladi.
To‘la tannarx mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar
yig‘indisidir. Ya’ni, u ishlab chiqarish tannarxi hamda mahsulotni
sotish bilan bog‘liq tijorat xarajatlaridan tarkib topadi.
Chegaraviy tannarx – bu har bir navbatdagi ishlab chiqarilgan mahsulot
birligining tannarxi. Misol uchun, siz 20 dona mahsulot ishlab chiqarganingizda
umumiy xarajatlar 100 000 so‘mni tashkil etdi. Bu holatda
bitta mahsulot tannarxi 5 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, siz yana bir
dona qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarmoqchi bo‘ldingiz. Buning natijasida
sizning umumiy xarajatingiz 104 000 so‘mni tashkil etdi. Bundan
ko‘rinadiki, mahsulotingizning chegaraviy tannarxi 4 000 so‘m bo‘lgan.
90
Ishlab chiqarish tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish jarayoni
bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi.
To‘la tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan
bog‘liq xarajatlar yig‘indisi.
Chegaraviy tannarx – har bir navbatdagi ishlab chiqarilgan mahsulot
birligining tannarxi.
Tijorat xarajatlari – mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni
uni qadoqlash, tashish va reklama qilish xarajatlari.
MAHSULOT TANNARXINI HISOBLASH
Mahsulot tannarxini hisoblash tannarxni kalkulatsiya qilish deb ham
yuritiladi.
Kalkulatsiya – lotincha «calculatio» degan so‘zdan olingan bo‘lib,
hisob, hisob-kitob degan ma’nolarni anglatadi. Bu mahsulot birligiga
to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlarini pul shaklidagi hisobkitobi.
Tannarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarish ko‘zda tutilayotgan mahsulotning
reja tannarxini yoki yaratilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini
aniqlash imkonini beradi.
Kalkulatsiya qilish ishlab chiqarish harajatlarining muayyan moddalari
bo‘yicha amalga oshiriladi. Quyida uning ayrim asosiy moddalarini ko‘rib
chiqamiz:
1) xomashyo va materiallar. Bular ishlab chiqarish ko‘zda tutilayotgan
mahsulotning asosini tashkil etadi. Xomashyo hali inson ta’siri katta
bo‘lmagan, material esa ma’lum darajada qayta ishlovdan o‘tgan moddalar
hisoblanadi. Misol uchun, mebel ishlab chiqarishda yog‘och xomashyo
hisoblansa, undan tayyorlangan taxtalar material sanaladi;
2) qaytarilgan chiqindilar. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan
chiqindilar qiymati aniqlanib, xarajatlar qiymatidan chiqarib tashlanadi.
Masalan, mebel ishlab chiqarishda kichik taxta bo‘laklari, yog‘och qipiqlari
qiymati mahsulot tannarxidan ayirib tashlanadi;
91
3) yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan buyumlar. Chetdan
sotib olinadigan va mahsulotni tayyorlashda ishlatiluvchi buyumlar. Masalan,
javon tutqichlari, ular eshigiga o‘rnatilgan qulflar shular jumlasidandir;
4) yonilg‘i va energiya. Ishlab chiqarish jarayonida ko‘mir, neft, benzin
kabi yonilg‘i, elektr, gaz, bug‘ kabi energiya manbalaridan foydalanish
mumkin;
5) asosiy vositalar amortizatsiyasi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy
vositalarning eskirgan qismi mahsulot tannarxiga qo‘shilib boradi;
6) ish haqi va sug‘urta ajratmalari. Ishchilarga to‘langan ish haqi
va unga nisbatan hisoblangan sug‘urta ajratmalari mahsulot tannarxiga
qo‘shiladi;
7) mahsulot sotish xarajatlari. Mahsulotni qadoqlash, tashish va reklama
qilish xarajatlari ham mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI
Mahsulot tannarxini aniqlash va uning tarkibini tahlil qilish tannarxni
pasaytirish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Umumiy holda tannarxni
pasaytirish imkoniyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– asosiy kapitaldan samarali foydalanish;
– aylanma kapitaldan samarali foydalanish;
– ishlab chiqarishni samarali tashkil etish;
– tashqi imkoniyatlar.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishning quyidagi yo‘llari mavjud:
ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq
ishga tushirish.
Aylanma kapitaldan samarali foydalanish quyidagilarni taqozo etadi:
materiallardan yo‘qotishlarning oldini olish; ularni tejamli ishlatish; material
sarflarini me’yorlar asosida amalga oshirish.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish quyidagi chora-tadbirlardan
iborat bo‘lishi mumkin: ishlovchilarning malakasini oshirish; mehnatni
ilmiy asosda tashkil etish; mehnatni me’yor asosida tashkil etish va
rag‘batlantirish.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning tashqi imkoniyatlari sifatida
xomashyo va materiallar narxini pasaytirish; soliq yukini qisqartirish;
92
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiya kabilarni ko‘rsatish
mumkin.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Tannarx nima? Uni to‘g‘ri hisoblash qanday ahamiyatga ega?
2. Tannarxning qanday turlari mavjud?
3. Ishlab chiqarish tannarxi o‘z ichiga qanday xarajatlarni oladi?
4. To‘la tannarx qanday xarajatlardan tarkib topadi?
5. Chegaraviy tannarx nimani anglatadi? Uni bilish tadbirkorga nima uchun
zarur deb o‘ylaysiz?
6. Mahsulot tannarxini hisoblash qanday amalga oshiriladi?
7. Kalkulatsiya so‘zining ma’nosi nima?
MAVZU YUZASIDAN AMALIY TOPSHIRIQ VA
MASHQLAR
1. Quyidagi jadvalda keltirilgan mebel ishlab chiqarish jarayonida mahsulot
tannarxini kalkulatsiya qilish ma’lumotlari asosida to‘la tannarxni
aniqlang!
T/r Xarajatlar tarkibi Mahsulot birligiga to‘g‘ri
keluvchi xarajatlar, so‘m
1 Xomashyo va materiallar 1 000 000
2 Qaytarilgan chiqindilar 100 000
3 Yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan
buyumlar
100 000
4 Yonilg‘i va energiya 30 000
5 Asosiy vositalar amortizatsiyasi 20 000
6 Ish haqi va sug‘urta ajratmalari 200 000
7 Mahsulot sotish xarajatlari 50 000
2. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida bo‘sh kataklarni
to‘ldiring.
Q FC VC TC AC Chegaraviy
tannarx
10 100 000 180 000
11 87 000
12 16 500
93
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|