1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va usuli. Statistik kuzatish uslubiyati.(4 soat)


Statistikafanining predmeti va usuli



Download 194,56 Kb.
bet2/12
Sana21.06.2022
Hajmi194,56 Kb.
#687088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Stat 1-mavzu

Statistikafanining predmeti va usuli.

Statistika mustakil ijtimoiy fan bo’lib, o’zining xususiy predmeti va usuliga ega, bu fan o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda olib o’rganadi. Butun borliq, ya’ni moddiy dunyodagi tabiiy va ijtimoiy xodisalarning barchasi statistikaning o’rganish obyekti bo’lib hisoblanadi.
Tabiiy xodisalarning sifat tomonlarini maxsus tabiiy fanlari o’rganadi. Masalan, hayvonot dunyosini – zoologiya, modda tuzilishini – ximiya, organik hayotni – biologiya, fazoni – astronomiya, yer qatlamlari boyliklarini – geologiya fani o’rganadi va hokazo. Tabiiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini esa mavhum holda matematika o’rganadi.
Ijtimoiy hayotdagi xodisalarning sifat tomonini falsafa, iqtisodiy nazariya, iqtisodiy geografiya, iqtisodiy ta’limlar tarixi, iqtisodiyot va shu kabi ijtimoiy fanlar o’rganadi. Masalan, iqtisodiy nazariya jamiyat oldida turgan ikkita qarama-qarshi muammo, ya’ni ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi va extiyojlarning cheksizligi o’rtasidagi mutanosiblikni o’rganadi, tegishli qonun va qonuniyatlarni belgilab beradi.
Ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini esa statistika o’rganadi. U ayrim xodisalar bilan shug’ullanmasdan, balki ommaviy xodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan chambarchas bog’langan holda taxlil qiladi.
Demak, statistika fanining predmeti deb, jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy xodisalarni miqdor jihatdan o’rganib, ularni sifat ko’rsatkichlari bilan bog’lab, ma’lum vaqt va joyda o’rganishiga aytiladi.
Bu ta’rifdan quyidagi to’rtta asosiy xususiyatlarini ta’kidlab o’tish mumkin:
Birinchi xususiyati shundan iboratki, bu fan o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni o’rgangani uchun ijtimoiy fan bo’lib hisoblanadi va jamiyatning hamma tomon (iqtisodiy, ijtimoiy va hokazo) larini o’z ichiga qamrab olib o’rganadi.
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini o’rganadi.
Uchinchi xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdorini sifat ko’rsatkichlari bilan bog’lab o’rganadi.
To’rtinchi xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning miqdori va sifatini ma’lum vaqt va joyda o’rganadi.
Misol qilib, paxta yetishtirishni olaylik xo’jalik 2003 yilda 1200,0 t. paxta yetishtirgan bo’lsin. Bu yerda bu sonpaxta yetishtirish hajmini, xodisa miqdorini belgilasa uning chiqish tolasi esa sifat ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi va bu ko’rsatkichlar bir-biri bilan uzviy birlikda bo’ladi va bir-birini taqozo etadi.
Demak, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlari bilan aloqasi qonuniydir, ya’ni sifat o’zgarishlari faqat miqdor o’zgarishlari vositasidagina sodir bo’ladi. Bu qonunning mohiyatidan kelib chiqqan holda statistika fani bilan quyidagi tushunchalar chambarchas bog’liqligini ko’rib chiqamiz:
Qonun – bu ikki xodisa o’rtasidagi ichki va zaruriy bog’lanishdir. Qonun xodisalardagi muhim, umumiy, zaruriy takrorlanadigan bog’lanishlarni ifodalaydi. Masalan, qiymat qonuni bo’yicha tovarlarning qiymati unda mujassamlangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanadi.
Qonuniyat – ko’pincha xodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik, izchillik va tartib tushuniladi. Bu ketma-ketlik, izchillik faqatgina u yoki bu tomonga og’gan alohida ko’rsakichlarning umumiy to’plam o’rtasida o’zaro yeyishib ketishi natijasida yuzaga keladi.
Statistik qonuniyatlar – ommaviy ijtimoiy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadigan qonuniyatlarni o’rganilishini tushunamiz.
Dinamik qonuniyatlar – faqatgina alohida xodisalarda ro’y beradigan qonuniyatlarni o’rganilishini tushunamiz.
Yuqoridagi ko’rib chiqilgan ommaviy-ijtimoiy xodisalar statistika fani bilan qam chambarchas bog’liq bo’lib, bu bog’liqlikni quyida ko’rib chiqamiz:
Birinchidan, iqtisodiy xodisalar o’rganiladi. Bunda, eng avvalo bu yerda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish ko’zda tutiladi, ya’ni: statistika iqtisodiy xodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi-iqtisodiy qonun va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy bog’lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini o’rganadi. Bu o’rinda u ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini bir butunligida olib tekshiradi.
Ikkinchidan, madaniy va ta’lim-tarbiya sohasidagi xodisalar o’rganiladi. Statistika ularni ham miqdor jihatdan o’rganadi. jumladan, u madaniy-ma’rifiy munosabatlarning, o’quv yurtlarining, maktab, bog’cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o’rganadi.
Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy xodisalar o’rganiladi. Bunda barcha bo’lib o’tgan va bo’layotgan qurultoylar, sessiyalar, saylovlar, ulardagi qatnashchilar soni, ovozlarning taqsimlanishi kabilar ana shunday xodisalar turkumiga kiradi.
To’rtinchidan, tabiiy xodisalar o’rganiladi. Bunda tabiiy ofatlar, ya’ni: zilzila, suv toshqinlari, do’l yog’ishi, yong’in, portlash kabilar ana shunday xodisalar turkumiga kiradi.
Bundan tashqari, statistik qonuniyatning namoyon bo’lishi ulkan sonlar qonunining amal qilishi bilan bevosita bog’liqdir. Bu qonunning mohiyati shundaki, xodisalar to’plami qancha ko’proq unsurlardan tashkil topsa, unda alohida tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shuncha to’laroq o’zaro yeyishadi va natijada xodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligi, umumiy qonuniyatlari aniqroq yuzaga keladi.
Masalan, tug’ilishlardagi o’g’il bolalar bilan qizlar sonining nisbatidagi umumiy qonuniyatni olaylik. Viloyatlar miqyosida xar 100 ta tug’ilishdan 51 tasi o’g’il va 49 tasi qizdir. Vaholanki, ayrim oilalarda bu nisbat turlicha, ya’ni faqat o’g’il bolalar, faqat qiz bolalar yoki aralash bo’lishi mumkin.
Demak, bir qancha tasodiflar orqali o’ziga yo’l ochuvchi va ularni tartibga soluvchi ichki qonun faqatgina katta to’plamdagi miqdor olingan vaqtdagina namoyon bo’ladi.
Endi statistika fanining usulini ko’rib chiqamiz.
Statistika dialektik va tarixiy materializm xamda iqtisodiy nazariyaga suyangan holda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarga to’g’ri tavsifnoma berishi mumkin. Chunki bu fanlar ijtimoiy hayotdagi xodisalarning mohiyati va rivojlanishini belgilab beradi. Shuning uchun ham bu fanlar statistik fanining ilmiy nazariy asosini tashkil etadi.
Masalan, har bir xodimga ish haqi hisoblashdan oldin, statistika ish haqi darajasining mohiyatini iqtisodiy nazariya fanidan aniqlab oladi. Shu bilan birga statistika fani o’zining xususiy o’rganish usullariga egadir-ki, bu usullar dialektik materializmning belgilangan talab va qoidalaridan kelib chiqadi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni bir-biridan ajratmasdan, balki ularni bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda va aloqadorlikda o’rganadi.
Demak, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni kuzatayotganda ulardagi tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda emas, balki shu xodisaga taalluqli barcha tomonlarni, aloqalarni birgalikda olib o’rganish zarur. Bu aloqalarni bilish juda katta ahamiyatga egadir, ya’ni odamlar bu aloqalarni bilib olib, obyektiv dunyoning qonunlarini kashf etadilar.
Statistika dialektining qonun-qoidalariga asoslanib o’zining xususiy usullarini ishlab chiqqan. Ular quyidagilardan iboratdir:

  • Ommaviy statistik kuzatish. Bunda oldindan tuzilgan dastur va ma’lum qoidalar asosida o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalar to’g’risidagi to’plangan ma’lumotlar birma-bir qayd etiladi.

  • Kuzatish materiallarni jamlash va guruxlash. Bunda olingan dastlabki m’lumotlar turkumlanib, undan keyin esa bir tizimga solinib hisoblanadi va to’g’ri hisoblanganligi tekshirilib chiqiladi. Shundan so’nggina ushbu olingan ma’lumotlar asosida guruhlash amalga oshiriladi.

  • Turli umumlashtiruvchi ko’rsatkich (masalan, mutlaq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, indeks usuli, dinamik ko’rsatkichlar va hokazo)larni hisoblash. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning mutlaq o’zgarishi, o’rtachasi, dinamikasi va shu kabi ko’rsatkichlari bir qator yillar uchun hisoblanadi.

  • Statistikma’lumotlarni jadval va grafiklar ko’rinishida tasvirlash. Bunda hisoblangan ko’rsatkichlar jadval va grafiklarda umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlarda keltiriladi. Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot bu to’rtala usulning chambarchas ravishda olib borilishini taqozo etadi.





    1. Download 194,56 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish