1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va usuli. Statistik kuzatish uslubiyati.(4 soat)


Statistik kuzatish shakllari va turlari



Download 194,56 Kb.
bet10/12
Sana21.06.2022
Hajmi194,56 Kb.
#687088
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Stat 1-mavzu

1.6.Statistik kuzatish shakllari va turlari.
HozirgikundaO’zbekistonda statistik kuzatish ikki shaklda:

  • statistik hisobotni taqdim etish;

  • maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlarni amalga oshirish yo’li bilan tashkil etiladi(6-chizmaga qarang):

Statistik kuzatish shakllari




Statistik hisobot


Maxsus uyushtirilgan statistic kuzatishlar

6-chizma. Statistik kuzatish shakllari.

  1. Statistik hisobot deb, O’zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo’mitasiga yoki uning mahalliy tashkilotlari hamda Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, tegishli ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, mustaqil balansda turuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy tartibda uyushtiriluvchi statistika va yuqori tashkilotlarga yuborilib turiladigan hisobot shakllari tushuniladi.

Statistik hisobot statistik kuzatishning eng asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich haqqoniy ma’lumotlarni keng dasturda muttasil olib turish imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga buxgalteriya va operativ–texnika hisobi hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich hisob-kitob yozuvlari ushbu statistik hisobot uchun ma’lumotlar manbai bo’lib hisoblanadi.
Statistik hisobotning asosiy vazifasi xalq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha ko’zlangan rejalarning bajarilishi ustidan to’liq nazoratni olib borishdan iborat bo’lib, bu har bir statistik hisobotda quyidagi uch turdagi ma’lumotlar keltiriladi:

  • Joriy davrda haqiqatda erishilgan ko’rsatkichlar;

  • Joriy davr rejalarida ko’zlangan topshiriqlar;

  • O’tgan (bazis) davrda haqiqatda erishilgan ko’rsatkichlar.

Statistik hisobot tavsifi va mazmuni, muddati va yuborish usuli, umumlashtirish darajasiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi (7-chizma):





7-chizma. Statistik hisobot turlari.
1. Tavsifi va mazmuniga qarab:
Umumdavlat hisobotida - mamlakatni boshqarish va ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish ishlari uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar keltirilib, barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan tuziladi va ular statistik organlarga taqdim etiladi, shundan so’nggina umumlashtirilgan hisobotlar xukumatga (Vazirlar Maxkamasiga) topshiriladi.

  • Vazirliklar, maxkama va boshqarmalar, jamoatchilik tashkilotlarida operativ ishlarni olib borish maqsadida o’rnatilgan hisobot vazirliklar, maxkamalar ichidagi hisobot deb yuritiladi. Bu hisobot o’zidan yuqori va statistika tashkilotlariga topshirilmaydi.

  • Xalq xo’jaligi tarmoqlaridan barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy bo’lgan ko’rsatkichlar bo’yicha keltirilgan hisobotlar namunaviy hisobot deb aytiladi.

  • Aynan tarmoq uchun xos bo’lgan ko’rsatkichlar bo’yicha keltirilgan hisobotlar ixtisoslashgan hisobot deyiladi.

2. Topshirish muddatiga qarab:
-Joriy hisobot – xo’jalik ustidan operativ boshqarish va nazorat qilish maqsadida joriy ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi. Topshirish muddatiga qarab, bu hisobot kundalik, besh kunlik, o’n kunlik, o’nbesh kunlik, oylik, choraklik va yillik bo’lishi mumkin:
-Korxona va tashkilotlarning bir yillik faoliyati bo’yicha asosiy yakunlar keltirilgan hisobot bo’yicha yillik hisobot deb yuritiladi. Unda korxona faoliyatining barcha asosiy tomonlari haqida ma’lumot keltirilgan bo’ladi.
3. Yuborish usuliga qarab:

  • Hisobotlar telegraf va pochta hisobotlariga bo’linadi. Telegraf usuli eng muhim ma’lumotlarni olish yoki yetkazish uchun xizmat qiladi. Pochta usulida esa yuboriladigan yoki qabul qilinadigan hisobotlarda ko’proq ko’rsatkichlar keltiriladi.

4. Umumlashtirish darajasiga qarab hisobotlar:

  • Boshlang’ich hisobot – faqat mustaqil korxona, muassasa va tashkilotlar tuzadi. Bu hisobotning muhim xususiyati shundan iboratki, uning hujjatlari bir necha nusxada tuzilib, har xil joylarda saklanadi. Bu esa ushbu hisobot ma’lumotlarining aniqligini tekshirishda qo’l keladi.

  • Yig’ma hisobot – boshlang’ich hisobot asosida boshqarma va yuqori tashkilotlar tomonidan tuziladi.

II. Maxsus uyushtirilgan statistik kuzatish – bu ma’lumotlarni ro’yxatdan o’tkazish, bir yo’lakay hisob va har xil tekshirishlarni tashkil qilish yo’li bilan to’plashdan iborat. Statistik hisobot qanchalik yo’lga qo’yilmasin, baribir, statistika maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarni amalga oshirmasdan barcha zaruriy ma’lumotlarni to’play olmaydi. Shunday ijtimoiy xodisa va jarayonlar mavjudki, ular haqida hisobot olishni yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida savdodagi narx-navo, oila byudjeti, u yoki bu muammolar bo’yicha jamoatchilik fikrini bilish, aholi ro’yxatlarini o’tkazish kabilar shunday xodisalar va jarayonlar turkumiga kiradi.
Bundan tashqari, statistik hisobotda har bir masalani juda mufassal ravishda bayon etib bo’lmaydi, chunki bu xol uning operativ boshqarish uchun xizmat qilish funksiyasiga putur yetkazadi.
Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi (8-chizma):





Download 194,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish