3-chizma. Statistika va hisob.
Chizmaga xulosa yasash uchun akademik V.S.Nemchinovning quyidagi fikrlarga murojaat qilamiz: «Statistika hisobga nisbatan kengroq ma’noga ega. U har xil iqtisodiy, biologik fizik-kimyoviy xodisalar bilan ish to’tadi, faqatgina jamiyatdagi xodislarni emas, balki tabiatdagi xodisalarani ham o’rganadi».
Statistika faqat mustaqil fan bo’lib qolmasdan, shu bilan birga amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi va shu munosabat bilan xo’jalik mexanizmida tub o’zgarishlarning sodir bo’lishi statistika zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi. shunday sharoitda statistika oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
statistik axborotni takomillashtirish va iqtisodiy tahlil qilishni yanada chuqurlashtirish, statistikaning analitik funksiyasini oshirish;
xalq xo’jaligidagi barcha hisobotlarni tartibga tushirish va ularning aniqligini ta’minlash; barcha statistik hisobotlarni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga va milliy schyotlar tizimiga moslashtirish;
xo’jalik yuritishning turli shakllarini (ijara, pudrat, kooperativ), mulkchilikning ko’p qirraligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
iste’mol bozorida, ishlab chiqarish vositalari va qimmatli qog’ozlar bozoridagi mutanosiblikni hamda baho harakati va inflyasiya jarayonini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish;
takror ishlab chiqarishning moliyaviy kirralarini, banklar faoliyatini va davlat byudjeti faoliyatini, korxonalar va aholi daromadlari va harajatlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning ish samaradorligini yuqori mehnat umudorligi va aholi extiyojining to’laroq kondirilishini ifodalovchi ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va mintaqalararo xo’jalik aloqalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish;
respublikamizning chet el davlatlari bilan bo’lgan munosabatlarini, ularda korxonalarning katnashish darajasini ifodalovchi ko’rastkichlarni ishlab chiqish va hokazo.
Statistika o’z vazifasiga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Bilish funksiyasi. Bunda xalq xo’jaligi bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlarning holati va dinamikasi aniqlanadi, shuningdek, ijtimoiy xodisalarning miqdor tomoniga tavsifnoma berilib, shu xodisalarning sifat ko’rsatkichlari o’rganilib, rivojlanish yo’nalishlari ko’rib chiqiladi.
Boshqarish funksiyasi. Bunda boshqarish uchun kerakli bo’lgan axborotlar bilan ta’minlanadi.
Bizga ma’lumki, har qanday boshqarish jarayoni uch qismdan iboratdir:
Axborotlarni qabul qilish;
Olingan axborotlarni qayta ishlash va kerakli bo’lgan qarorlarni qabul qilish;
Qabul qilingan qarorlar bo’yicha boshqarishni amalga oshirish.
Bu jarayonlarni joriy etishda statistika katta o’rinni egallaydi, ya’ni korxonaning yillik natijalarini o’rganadi va tahlil qilib, kerakli bo’lgan xulosa va takliflarni ishlab chiqadi.
Mafkuraviy funksiyasi. Bunda haqqoniy statistik ko’rsatkichlarni aniqlash, jamiyatda ro’y bergan ayrim mutanosibliklarni tugatish orqali iqtisodiyotda erishilgan yutuqlarni matbuotda targ’ibot qilishdan iboratdir.
Yuksaltiruvchi (pasaytiruvchi) funksiyasi. Bunda iqtisodiyot amaliyotida ayrim ko’rsatkichlar borki, bular jamiyatning bir me’yorda rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Bu xol o’z navbatida yangi progressiv texnologiyani joriy etish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham bunday ko’rsatkichlar ilmiy asosda o’rganilib va takomillashtirilib, jamiyatning rivojlanish yo’llari aniqlanib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |