1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va usuli. Statistik kuzatish uslubiyati.(4 soat)


Statistik to’plam va ko’rsatkichlar



Download 194,56 Kb.
bet3/12
Sana21.06.2022
Hajmi194,56 Kb.
#687088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Stat 1-mavzu

Statistik to’plam va ko’rsatkichlar.

Bizga ma’lumki, ijtimoiy hayot ko’p qirrali bo’lib, bularning tarkibi xilma-xil bo’lgan ommaviy xodisa va jarayonlardan tashkil topgan. Bularga moddiy boylikni ishlab chiqarish, savdo, qurilish, yuk tashish va shu kabilar kiradi. Bu ta’kidlab o’tilgan xodisa va jarayonlarning har biri alohida statistik to’plamni tashkil etadi.
Demak, statistik to’plam deb, bir xil tip (toifa)dagi ijtimoiy xodisalarning faqat darajalari bilan farqlanuvchi belgilarni tushunamiz. Masalan, xo’jalikning brigadalari bo’yicha ishlab chiqarilgan paxtaning hajmi, xodimlar soni, ish haqi darajasi va shu kabilar bilan bir-biridan farqlanadi. Bu yerda so’z ayrim brigadalar bo’yicha ishlab chiqarilgan maxsulot hajmi, xodimlar soni va ish haqi darajalari o’rtasidagi munosabat qanday bo’lganligi to’g’risida bormay, balki umuman xo’jalik bo’yicha ushbu munosabat qanday miqdorda ifodalanishi ustida borayotir. Shu jihatdan ushbu korxonani bir turdagi xodisalar, birliklar, elementar deb qarash mumkin va shu asosda statistik to’plamda shu to’plamning muhim belgisi aniqlanadi.
Statistik to’plamning muhim belgisideb, shu to’plamda ichki o’zgaruvchanlikning mavjud bo’lishiga aytiladi.
Masalan, har bir brigada bo’yicha ishlab chiqarilgan paxtaning hajmi yoki ishchilarning soni misol bo’la oladi. Bularning xar biri alohida-alohida bir-biri bilan kushilib, pirovard natijada xo’jalik bo’yicha jami ishlab chikarilgan paxta miqdori yoki ishchilar soni bilan ifodalangan miqdorlarga ega bulamiz. Bunday miqdorlar statistikada o’zgaruvchan belgilar deb ataladi. Shu belgilar asosida esa statistika ommaviy-ijtimoiy xodisalarni o’rganadi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini belgilab beradi.
Shuni ta’kidlab utish kerak-ki, xar bir statistik to’plam birliklari uzining ayrim xususiyatlariga ega bo’lib, bu xususiyatlar shu to’plamdagi barcha birliklar uchun umumiy bo’lgan tomonini mujassamlashtiradi.
Masalan, xar bir qishloq xo’jaligi korxonasini bir kator belgilar bilan tavsiflash mumkin: xo’jalikning ishlab chiqarish yunalishi, yer fondining hajmi, ishlovchilar soni va shu kabilar bilan, lekin hamma bu qishloq xo’jalik korxonalari ishlab chiqarish yunalishi bo’yicha bir tip (toifada)dagi korxonalar bo’lib, ijtimoiy shakli bo’yicha – fermer xo’jaligi bo’lib hisoblanadi xamda bular birgalikda statistik to’plam birligini tashkil etadi.
Statistik ko’rsatkich deb, ijtimoiy hayotdagi xodisa va jarayonlarning umumlashtirilgan tavsifini uni miqdor va sifat ko’rsatkichlari orqali ma’lum vaqt va joyda o’rganilishini tushunamiz.
Statistik ko’rsatkichlar tizimi deb, ijtimoiy hayotning hamma tomonlarini qamrab oluvchi statistik ko’rsatkichlar to’plamini tushunamiz.
Bu ko’rsatkichlarga quyidagilarni kiritib, o’rganib chiqish mumkin:
1. Aholi ko’rsatkichlar tizimi. Bu ko’rsatkichlar orkali aholi soni, uning jinsiy tarkibi, yoshi, millati, ma’lumotligi, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa belgilariga, shuningdek, aholining harakat va takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga ham tavsifnoma beriladi.
2. Mehnat resurslari ko’rsatkichlar tizimi. Bu ko’rsatkichlar orqali mehnat qobiliyati yoshidagi aholi soni va uning tarkibi, ularning shahar va qishloq aholi soniga bo’linishi, ish vaqtidan foydalanishi, kadrlarni tayyorlash va shu kabi ko’rsatkichlar aniqlanadi.
3. Milliy boylik ko’rsatkichlar tizimi. Bu boylikka – yer va suv resurslari, yer osti va usti boyliklari, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, mashinalar, jihozlar, chorva mollari, yoqilg’i, uy-joylar, maktablar, kasalxonalar, teatrlar, bibliotekalar va hokazolar kiradi, hamda ularning hajmi qiymat ko’rinishida aniqlanadi.
4. Madaniyat ko’rsatkichlar tizimi. Bunda o’quv yurtlari (universitetlar, institutlar, kollejlar, maktablar) ning miqdoriga, bularda o’qiyotganlar soniga, shuningdek, biblioteka, teatr va kinoteatrlarning joylanishiga tavsifnoma beriladi.
5. Sog’liqni saqlash ko’rsatkichlar tizimi. Bunda kasalxonalar, dispanserlar, sanatoriyalar va shu kabi sog’liqni saqlash muassasalarining miqdori, shuningdek, vrachlar va bularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar soni aniqlanadi va hokazo.
Bu ko’rsatkichlar tizimi bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, yagona statistik ko’rsatkichlar tizimini tashkil etadi.



Download 194,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish