1-mavzu: sport tibbiyotining paydo bo’lishi va rivojlanishini qisqacha tarixi. O’zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslari reja



Download 51,88 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi51,88 Kb.
#272816
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sport tibbiyoti 1-mavzu


1-MAVZU: SPORT TIBBIYOTINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHINI QISQACHA TARIXI. O’ZBEKISTONDA SPORT TIBBIYOTINI TASHKIL ETISH ASOSLARI

Reja:

1.1. Sport tibbiyotining maqsadi va vazifalari.

1.2. Sport tibbiyotining rivoji.

1.2.1. O‘zbekistonda sport tibbiyotining rivoji.

1.3 Sport tibbiyotini tashkil etish.
1.1. Sport tibbiyotining maqsadi va vazifalari. Fizkultura institutlarida o‘tiladigan tibbiy-biologik fanlar majmuasida - alohida ahamiyat sport tibbiyotiga tegishli. Tibbiyot - bu insonlar salo’latligini mustahkamlash, saqlash, kasalliklarni davolash va ularni oldini olish, umrni uzaytirishni maqsad qilib qo‘ygan ilmiy bilimlar va amaliy faoliyat tizimidir. Sport tibbiyoti - inson tanasiga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari ta’sir etganida, salo’latlikni, jismoniy rivojlanishni va faoliy imkoniyatlarni o‘rganuvchi tibbiyot sohasidir, yoki boshqacha aytganda, sport tibbiyoti umumiy tibbiyotning bir qismi bo‘lib, sport mashg‘ulotlari paytida vujudga keladigan tanadagi xohishga binoan yoki patologik o‘zgarishlaming sabablarini o‘rganish hamda patologik o’zgarishlaming oldini olish, ularni davolash va kerak bo‘lsa, zarur o‘zgartirishlami kiritish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, sport tibbiyoti sportchilar erishadigan natijalari yaxshi bo’lish amallarini ishlab chiqadi.

Sport tibbiyoti shuning bilan birga, jismoniy tarbiya haqidagi fanning muhim bo‘limi bo‘lib, aholining turli qatlamlariga optimal harakat, sport mashqlari va sport tartibini, sport mahoratini oshirishni asoslashda yordamlashadi. Sport tibbiyotining asosiy maqsadi - bu insonning barkamol bo‘lib yetishishi, uning salo’latligini saqlash va mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, hayotning faol, ijodiy davrini uzaytirish uchun jismoniy 7 tarbiya va sportning vositalari hamda usullarini oqilona — unumli qo’llashga ko‘maklashishdir. Murabbiy va shifokorning o‘quv-mashqiy jarayonini rejalash va o‘zgartirish bo‘yicha hamjihat bo‘lib ishlashi, kundalik ish jarayonida murabbiylarni shifokor nazorati ma’lumotlarini ishlata bilish — mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish va samaradorligi uchun muhim sharoitidir.

Shunday qilib, sport tibbiyoti - sport fanining tibbiy-biologik qismi bo‘lib, murabbiylarni kasbiy tayyorlashga bevosita aloqadordir.

Sport tibbiyotining vazifalari turlicha bo’lib, ularga quyidagilar oid:

1) fizkulturachi va sportchilaming salo’latligi, jismoniy jihatdan rivoj topishi va ular tanasining faol imkoniyatlarini o‘rganish hamda shu asosda turli mashgculotlarga mumkinlik yoki moneliklar borligini aniqlash, sportga loyiqlik va odamni sportning qaysi bir turi bilan aynan shugcullanishi mumkinligi masalasini hal qilish;

2) sportchilarning faol holatini, ularning mashqiy chiniqqanligini aniqlash va baholash;

3) oqilona boclmagan yoki boshqacha aytganda unumsiz mashgculotlar paytida vujudga kelib chiqadigan kasalliklar va shikastlanishlarni ocrganish, tashxis qocyish, oldini olish, davolash va qayta tiklash usullarini ishlab chiqish;

4) jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi aholining turli qatlamlari uchun mashgculotlar va mashqlarning tartibi, sport ish qobiliyatini oshirish va qayta tiklash vositalarini asoslash.

Sport tibbiyoti vazifalarini soddaroq qilib izohlaganda, ular quyidagi amallami ocz ichiga oladi:

1) sportchilaming jismoniy holatini tashxis qilish;

2) sportchilarni yuklamalardan socng reabilitatsiya qilish;

3) sportcha shikastlanishlarning oldini olish;

4) adaptogen (o’simlik yoki hayvonot a’zolaridan olinadigan dorivositalari boclib, tananing umumiy quwatini-tetikligini oshirib, uning noqulay sharoitlarga moslanishini kuchaytiradi) vositalarni yaratish;

5) ko’p yillar mobaynida olib boriladigan mashqlarni samarali tashkil qilish;

6) mashqlaming optimal tartib va usullarini izlab topish;

7) sportchilarning jismoniy va asab holatlari ustidan nazorat olib borish;



8) xalqaro musobaqalar va olimpiadalarda qatnashuvchi yig‘ma guruhlarni tayyorlash muammolarini o‘rganib, ularni hal etish.

Yuqorida keltirilgan masalalar, bular sport tibbiyotining umumiy vazifalarini anglatadi. Bulardan tashqari, ko‘pgina maxsus vazifalar bo‘lib, ular sport tibbiyoti xizmati ishchilari — shifokorlar, olimlar, so’liqni tashkil etuvchilar uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Sport tibbiyoti hal etadigan vazifalardan jismoniy tarbiya instituti talabalari o‘rganadigan fanning mazmuni kelib chiqadi. O‘qituvchi va murabbiyning kasbiy tayyorgarligini inobatga olgan holda, sport tibbiyoti fanining mazmuni - mundarijasi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi: 1) faoliy tashxis; 2) mashqlar va musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash; 3) o’lmaviy jismoniy tarbiya va sportdagi tibbiy nazorat; 4) mashqlar va musobaqalardan so‘ng sport ish qobiliyatini tiklash; 5) sport xastaligi patologiyasi. Faol tashxis bo‘limi, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar tanasining turli tizimining faol holati jihatlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida olingan ma’lumotlar asosida tanishtiradi. Ushbu bo‘limning ajralmas qismi bo‘lib, faol tayyorgarlikni, jismoniy ish qobiliyatni va boshqa muhim sport amaliyotiga taalluqli turli faol sinamalar ko‘rsatkichlarini aniqlash hisoblanadi. Faol tashxis bilan bevosita yaqinlikda uni mazmunan to’ldiruvchi, insonning jismoniy rivojini o‘rganish turadi. Mashqlar va musobaqalami tibbiy jihatdan ta’minlash bo‘limi murabbiy va shifoko’ling birgalikda ishlash muammolariga bag‘ishlangan. Bu yerda, mashq jarayonlarini boshqarish maqsadida, tibbiy axborotlarni qo‘llash, musobaqalarni o‘tkazish sharoitlarini optimizatsiyalash hamda antidoping va jinsiy tegishlilikni nazorat qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ommaviy jismoniy tarbiya va sportdagi tibbiy nazorat bo‘limida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi va jinsiy jihatlari, aholining turli qatlamlari bilan hal etiladigan vazifalami (musobaqalarga tayyorlanish, turizm bilan shug‘ullanish, sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va h.k.) bajaruvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlami optimallashtirish haqida axborotlar keftirilgan. Keyingi paytlarda, o’lmaviy jismoniy tarbiyadagi o‘zini-o‘zi nazorat qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mashqlar va musobaqalardan so‘ng sport ish qobiliyatini tiklash bo’limi sport tibbiyotining nisbatan yangi bo’imi bo’lib, dastavval alohida muammo tarzida sport tibbiyotida iboralangan. Hozirgi paytda keng ko‘lamda tarqalib, muntazam-doimiy ravishda tako’lillashtirilmoqda. Sport xastaligi patologiyasi sport mashg‘ulotlari bilan bevosita bo’langan bo‘lib, (odatda noto‘g‘ri tashkil qilingan) murabbiy va o‘qituvchiga sportchilarning aniq shikastlanishlari va kasalliklari haqida tushuncha beradi. Bugungi kunda sport tibbiyoti klinik tibbiyot bilan integratsiyalashib, ya’ni bir butun bo‘lib, amaliyotga sportchilarning sihatsalo’latlik holatini tashxislash maqsadida, mazkur jarayonga yangi texnologiyalarni kiritmoqda. Yuqorida aytilganlarni nihoyalab, quyidagi xulosaga kelish mumkin: sport tibbiyotining mohiyati, kasalliklar tashxisi, ularni davolash va oldini olishni nazarda tutgan tibbiyot va boshqa klinik fanlardan jiddiy ravishda farq qiladi.


Download 51,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish