Trenirovka jarayonining o‘ziga xos uzluksizligi tamoyili
Sport trenirovkasining bu tamoyili trenirovka jarayoni-ni butun yil davomida tashkil etishga karatilgan bo‘lib, unda mashklanganlikning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydigan optimal yuklamalar xamda dam olish rejalashtiriladi. Butun yillik trenirovkani tuzish uchun kuyidagi mashklanganlik xolatini rivojlantirish konuniyatlariga amal qilish zarur:
a) agar kurashchining jismoniy, texnik-taktik va ruxiy tayyorgarligida ma’lum darajaga yetishishdan iborat bo‘lgan umumiy mashklanganlik darajasi oshib borsa, yukori natijalarga erishish mumkin bo‘ladi;
b) yangi shuјullanayotgan sportchilarda mashklanganlikning ayrim tomonlari darajasining oshishi yana yukori natijalarga yetaklaydi, lekin natijalarning kelgusida o‘sishi uchun tre-nirovkaning aloxida tomonlarini musobaqa faoliyati talab-larini xisobga olgan xolda yagona kompleksga birlashtirish lozim.
Kurashchilarni tayyorlashda trenirovka jarayonining uzluk-sizligi uchta asosiy qoidalarni xisobga olgan xolda amalga oshiriladi: o`quv-trenirovka jarayoni ko‘p yillik va butun yil davomida amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim, xar bir kelasi mashјulot ta’siri trenirovka jarayonida oldingi mashјulot iziga ustma-ust tushishi lozim. Bunda oldingi mashјulot ta’sirida yuzaga kelgan kurashchi organizmidagi ijobiy o‘zgarishlar mustaxkamlanadi xamda takomillashadi; mashklar va mashјulotlar o‘rtasidagi dam olish tiklanish xamda mashklanganlikni o‘stirish uchun yetarlicha bo‘lishi lozim.
Trenirovka jarayoni uzluksizligini tashkil qilishda xamma asosiy musobaqalarning yil davomida bir tekis taksimlanishi katta axamiyatga ega. Sport kurashida, odatda, ikkita-uchta asosiy musobaqalar ajratiladi, kolgan barcha musobaqalar ularga bo‘ysundiriladi va ish shunday taksimlanadiki, bunda mashk-langanlik asoslari maqsadli va muntazam ravishda yaxshilanishi xamda musobaqa faoliyati ishonchliligi oshishi lozim.
Trenirovka yuklamalarini oshirib borishda ketma-ketlik va chegaralilik birligi tamoyili
Kurashda trenirovka yuklamalarini oshirmasdan yukori sport natijalariga erishib bo‘lmaydi. Sport natijalarining trenirovka yuklamalari o‘lchamlariga to‘gridan-to‘јri boјlik-ligi mavjud. Organizmning funksional imkoniyatlari chegara-siga yakin bo‘lgan trenirovka yuklamalari ma’lum bir sharoit-larda unda o‘sib boruvchi muxim o‘zgartirishlarni yuzaga kelti-rishi xamda natijada, uning imkoniyatlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Bir xil kolipdagi yuklamalar asta-sekin o‘zining trenirovka samarasini yo‘kotib beradi, keyinchalik esa jismoniy va ruxiy ish kobiliyatining rivojlanishiga yordam bermay ko‘yadi. Sport kurashi boshka sport turlaridan shunisi bilan fark kiladiki, unda texnik-taktik xarakatlar soni juda ko‘pdir. Bu xarakat koordinatsiyasiga katta talablar ko‘yadi, shuning uchun o‘rganiladigan xarakatlar, ayniksa, bellashuvni olib borishning kombinatsiyali usulida bajariladigan xarakatlar sonini asta-sekin oshirib borish lozim.
O‘zbekistonlik buyuk sportchilar, jaxon va Olimpiya o‘yin-lari chempionlari Arsen Fadzaev xamda Rustem Kazakovlar bellashuvni kombinatsiyali usulda olib borishni mukammal darajada egallaganlar.
Texnik-taktik tayyorgarlik xarakatlar koordinsiyasini va ma’lum darajada jismoniy sifatlarni, birinchi navbatda, chak-konlik, tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Jismoniy sifatlarni yo‘naltirilgan xolda rivojlantirish uchun trenirovka yuklamalarining ma’lum bir tarkibini o‘zgartirish lozim. Bunda eng asosiy vazifa - ko‘p yillik trenirovkaning aloxida boskichlarida yuklamaning xajmi va shiddati kanday nisbatlarida oshirilishi zarur. Trenirovka yuklamasi bunda kurashchining ish kobiliyati o‘sishiga karab oshib borishi lozim. Bu yerda yuklamalarning anik xisobini yuritish, shuningdek mashklanganlik xolatini muntazam tekshirib turish xamda trenirovka yuklamalarining oshib borishida ketma-ketlik tamoyilini amalga oshirish uchun musobaqa faoliyatini taxlil kilib borish zarur.
O‘smir kurashchilarni tayyorlashda trenirovkaning bu tamoyili trenirovka va musobaqa yuklamalari xajmi xamda shiddatining o‘sib kelayotgan bolalar organizmining funksional imkoniyatlariga to‘lik mos xolda kelishi zaruriyatida ifodalanadi.
Trenirovka va musobaqa yuklamalarini asta-sekin oshirib borish, shuningdek texnik-taktik tayyorgarlikka bo‘lgan talab-larning asta-sekin murakkablashishi o‘smir kurashchilarning mashklanganligini yanada samaralini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |