Sotsial nazorat.
Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu – oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishdan sog‘lom oila muhitini o‘rni kattadir. Qolaversa, inson hatti-harakati va xulq-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat jamoasi, umumdavlat miqyosida esa qonunni himoya qilish organlari (sud, prokuratura, militsiya) ham nazorat qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy nazorat institutlari vazifasini bajarishadi. Sotsiologiyada ijtimoiy me’yor buzish jarayonlarini ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasi edi. Bunga ko‘ra eski me’yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o‘rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
R.Feris, Tiriakyan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta’limotiga ko‘ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me’yor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika sotsiologiyasida E.Saterlendnin differensial, katta o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me’yor buzuvchi xulq-atvor o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me’yorlari boshqalarga o‘rgatiladi.
Fenomenologik sotsiologiya namoyondalarining e’tirof etishlaricha, sotsiologik taxlil “yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me’yor buzish sotsial baho va sanksiya qo‘llash natijasidir.
Interaksionizm nazariyasiga ko‘ra, (vakillari G.Bekker, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baholash nisbiy bo‘lib, buni jamiyatdagi hukmron guruhlar belgilaydi. Shafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo‘yib, ezaveradi.
Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag‘bat – “libid” yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag‘bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti eros va o‘lim instinkti -tanatos o‘rtasidagi kurash natijasi bo‘lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto‘g‘ri xulq-atvor ham, jinsiy rag‘bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
1. Bo‘ysunish (maqsad va vositalarni qabul qilish).
2. Innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish).
3. Ritualizm ( maqsadlarni inkor etish va vositalarini qabul qilish).
4. Retretizm, chekinish (maqsad va vositalarni inkor qilish).
5. Isyon (maqsad va vositalarni inkor qilib, yangilarini o‘rnatish).
Ijtimoiy me’yorlarning buzilishi jiddiy, nojiddiy, ongli yoki anglan-magan holda bo‘lishi mumkin. Qonunga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakat toifasiga kiruvchi ongli yoki anglab etilmagan barcha jiddiy xatti-hara-katlar delinkvent deyiladi.
Deviant va delinkvent xatti-harakat quyidagicha farqlanadi: deviant xatti-harakat nisbiy, delinkvent xatti-harakat mutlaq bo‘ladi. Jinoyatlarga o‘g‘rilik, firibgarlik, vandalizm, sanoat josusligi, qimor o‘ynash, o‘t qo‘-yish, qalbaki hujjatlar tayyorlash, poraxo‘rlik kabilar kiradi. Delinkvent xatti-harakat mamlakatdagi qonunlarga nisbatan mutlaq bo‘ladi.
Ijtimoiy me’yor – jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum shart-sharoitlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorining moslashishi vositalaridan biri va ularning xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir.
Ijtimoiy me’yorning bir qancha turlari mavjud;
1. Xuquq. Individga nisbatan obyektv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. Har qanday jamiyatda xuquq xukmron tabaqa demokratik ko‘pchilik yoki butun xalqning yagona irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hech qanaqa o‘xshatmasi yoki muqobili bo‘lmagan yagona me’yorlar majmuidir.
2. Axloq. Etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy determinatsiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi.Insonning o‘zini takomillashtirish va o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Huquqdan farq qilib, axloq birinchidan, baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz), ikkinchidan, uning me’yorlari birinchi navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi.
3. Urf-odatlar. Ushbu me’yoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil,ba’zan to‘la shakllangan ko‘rinishga ega bo‘ladilar.
4. Diniy me’yorlar. Ushbu tizim juda qadimiy bo‘lib, diniy ta’limot tavsifiga ko‘ra diniy me’yorlar ham turlicha bo‘ladi. Shuningdek, mazmuniga ko‘ra diniy me’yorlar turli, xuquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy me’yorlarni o‘z ichiga oladi va shu sababli ko‘pincha yuqoridagi me’yoriy tizimlarning har birining boshqaruv xususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy me’yorlar ichki ta’qiqlar bilan birga tashqi ta’qiqlar orqali ham ta’sir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy me’yorlar dindorlar uchun kuchli ta’sir vositalari hisoblanib, ularni turli jinoyatlar , fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlab turuvchi vosita ekanligini ko‘rsatmoqda.
Deviant xulq-atvorni fanda turlarga ajratib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo‘lib, shulardan biri ularning ham obyektiv ham subyektiv tomonlari bilan bog‘liq bo‘lgan tasniflashdir. Bunga ko‘ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo‘linadi;
a) tashqi muhitga yo‘naltirilgan xulq-atvor (ekstravertiv (masalan, jinoyatchilik));
b) shaxsning o‘ziga yo‘naltirilgan xulq-atvor (intravertiv ( masalan, ichkilikbozlik)).
Biz ijtimoiy qoidalar va me'yorlarga amal qilamiz. Misol uchun, til qoidalarini o’rganishni olib ko’raylik. Tildan foydalanish grammatik va orfografiya qoidalarini bilishni anglatadi. Biz ushbu qoidalarni qiynalmasdan, o’ylanmasdan qo’llaymiz, chunki ularni bolalikda egallab olganmiz. Keyinroq, chet tilini o’rganayotganda odam hattoki oddiy iborani o’tish uchun ham qanchalik qoidalarni bilish zarur ekanligini anglaydi. Yoki bo’lmasa svetoforning qizil chirog’i yonganda to’xta zarurligini bilamiz. Chunki, haydovchilarning ko’pchligi bu qoidalarga amal qilmasa, yullar hozirgiga nisbatan beqiyos darajada xavfli bo’lib qolardi.
Bu misollar bizning e'tiborimizni konformlik va og’ish muammosining muhim jixatlaridan biriga qaratadi. Barcha ijtimoiy me'yorlar sanksiyalar bilan birga mavjud bo’ladi.
Sanksiya –«rag’batlantirish yoki jazolash turlari bo’lib, ular yordamida ijtimoiy maqbul bulgan xulq-atvor me'yorlari mustahkamlanadi».
Sanksiya boshqalar tomonidan individ yoki guruh xulqiga bildirilgan reaksiya bo’lib, uning maqsadi - mazkur ijtimoiy me'yorning bajarilishini kafolatlash. Sanksiyalar rag’batlantiruvchi va jazolovchi turlarga bo’linadi.
Formal sanksiya normalarga rioya qilishni kafolatlaydigan tashkilot yoki guruh bo’lgan joyda mavjud bo’ladi. Noformal sanksiyalar – nokomformlikka nisbatan kamroq uyushgan va ko’pincha o’z-o’zidan kelib chiqdigan reaksiyadir.
Sanksiyalarni biz ijtimoiy nazorat institutlari deb hm atashimiz mumkin. Bu institutlarga oila, maktab, mahlla deb atashimiz mumkin.
Rasmiy reaksiyalar – sud va huquq tizimidagi jazo bilan bogliq. Jinoyatlarni sud qilish, qamoqqa olish, yo’l qoidalarni buzishning ko’pchiligi jarima yoki haydovchilik huquqidan maxrum qilish yuli bilan jazolanadi va bu jazolar haydovchilarning yo’l qoidalarini buzmasliklariga sabab bo’ladi.
Formal (rag’batlantiruvchi) sanksiyalar unchalik ko’p emas. Haydovchini mashinani namunali xaydashini rag’batlantirish maqsadida «a'lo haydovchilik uchun» yoki «bilag’on haydovchi» kabi unvonlar mukofot tarzida beriladi.
Formal sanksiyalar ijtimoiy hayotimizning boshqa sohalarida ham uchraydi: jangdagi jasurligi uchun orden yoki medallar, daraja va diplomlar, sportdagi yutuqlari uchun mukofotlar.
Pozitiv va negativ noformal sanksiyalar ijtimoiy hayotda barcha sohalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Pozitiv noformal sanksiyalar maqtov, maqullash mazmunidagi jilmayish, elkaga urib quyish kabi shakllarda nomoyon bo’lishi mumkin. Negativ noformal sanksiyalar esa xaqorat ohangi, so’kish yoki xayfsan shakllarida nomoyon bqladi. Formal sanksiyalar konformlik va me'yorlarni saqlashda ahamiyatga ega. Do’stlar, oila, hamkasabalarning yaxshi munosabatini saqlab qolish ehtiyoji, kulgu bulish, uyalib qolish, rad etishidan ko’chish odamlarning xulqini ko’pincha formal mukofotlar yoki jazolashdan ko’ra ko’proq belgilab beradi.
Qonunlar – bu hokimiyat tomonidan fuqarolar amal qilishi uchun belgilab qo’yiladigan tamoyil shaklidagi me'yorlardir.
Konformlik namoyish etmaydigan odamlarga qarshi qo’llaniladigan formal sanksiyalar ham mavjud.
Konformlik – «jamiyat yoki guruhda o’rnatilgan me'yorlarga rioya qilishga asoslangan xulq».
Qonun bor joyda jinoyat ham topiladi, chunki jinoyatni qonuni buzuvchi xar qanday xulq deb ta'riflash mumkin.
Jinoyatlarni xillari shunchalik ko’pki, ularni amalga oshirilayotganlar bir xil ruhiy sifatlarga ega, deyish xaqiqatdan yiroqdir.
Biz jinoyatning faqat bir toifasi, aytaylik, og’ir jinoyatlar tadqiqi bilan cheklansak ham, juda ko’plab xar xil xolatlar aniqlanadi. Bunday jinoyatlarning ba'zilari individlar tomonidan, boshqalari esa tashkiliy guruh tomonidan sodir etiladi.
Jinoyatning mohiyatini qoniqarli izohlash, sotsiologik baxolash mumkin. Chunki jinoyatlar jamiyatning ijtimoiy institutlari bilan bogliq.
Har qanday jamiyatdagi jinoyatchilikning haqiqiy miqyosini baholash mushkul, chunki hamma jinoyatlar xam aniqlanavermaydi. Shunga qaramay, ba'zi mamlakatlarda jinoyatchilik darajasi o’rtachadan ancha baland.
Jazo ham xuddi «jinoyat» singari turli madaniyatlarda va jinoyatlardan muhofaza qilish va ularni «qayta tarbiyalash» uchun paydo bo’ldi. Shu oxirgi maqsad nuqtai nazaridan ular samarasiz bo’lib chiqdi. Bugun ko’pchilik mamlakatlarda o’lim jazosi bekor qilingan. Mustaqil O’zbekistonimizda ham faqatgina genosid va terrorchilik harakatlari va qasddan odam o’ldirishlarga o’lim jazosi mavjud. Shu ma'noda jinoiy ishlarni liberallashtirish bo’yicha bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Deviant xulq atvorni o’rganishda muammoli vaziyat muxim axamiyat kasb etadi. Bu holat shundayki, u sub'ektdan echimini talab qiladi, uning echimi ijtimoiy me'yorlarda ko’rsatilgan bo’lsa-da, u yoki bu sabablarga kura, ushbu me'yorlarni qo’llash qiyinroq bo’ladi.
Dеviant хulq аtvorni o’rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kаsb etadi.
Мuammoli vaziyat – shunday holatki, u sub’ektdan echimini talab qiladi , uning echimi ixtiyoriy ,mey’orlarda ko’rsatilgan bo’lsada , u yoki bu sabablarga ko’ra ushbu me’orlarni qullash qiyinroq bo’ladi.
Eng katta qатта muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda turli holatlarda shaxslar yokiguruhlarning manfaatlari bir birlariga tuqnash kelganda yuz beradi. O’z joniga qasd etishning 40 % оilaviy ziddiyatlar оqibatida sodir etiladi.
Ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishiga sabab, ba’zan shaxs хususiyatlari sabab bo’lsa ba’zan kichik ixtiyoriy guruhlar,sinfdoshlar оrasidagi munosabatlar sabab bo’ladi
Мuammoli holatning 4 ta аsosiy holati ko’zga tashlanadi:
hech qаnaqа муаммo yoq holat, bunday holatda hech qаnаqа qаror qаbul qilishni talab qilmaydi.
muammo bor, biroq qiyinroq yoki оsonroq bo’lsada uning yechimi ixtiyoriy me’yorlarda ko’rsatilgan holat.
mavjud muammoni subyekt ixtiyoriy me’yorlar doirasida hal qila оlmaydigan holat.
muammoni hech qanаqаsiga hal qilib bo’lmaydigan holat.
Har qanаqа holatlarda mansabdor shaxslar, rahbarlar, pedagog va tarbiyachilar, qоnunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining хulq аtvor me’yorlarini bo’lishi qаt’iy qоralanadi.
Doimiy оilaviy kelishmovchiliklar оila vа аtrof mo’hitdan norozilik, tushunmovchiliklar barchasi sub’ekt ruhiyatini jarihatlaydi, hamda vaziyat o’zgartirishga o’rinadi Har qаnday holatda ham qurbon berib bo’lsadа to’g’ri ychimga erishish mumkin. Qаt’iy qаrorgа kelа оlmay subyekt o’rinbosar vositalarga ichkilik giyohvand moddalarga murojaat qiladi.Bunda sub’ekt noto’g’ri yo’lni tanlaydi. Me’yorning buzilishi ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan aniq salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham, me’yorlar deviatsi-yaga qarshi kurash vositasi, tartib o‘rnatish hamda ijtimoiy barqarorlik vositasi bo‘ladi.
Me’yorlar muayyan xulq-atvorga bo‘lgan talab oqibatida vujudga keladi. Ijtimoiy reallik va talablarning turli-tumanligi me’yorlar turli-tumanligini keltirib chiqaradi. Me’yorlarni turli asoslarga tayanib tasnif qilish mumkin. Sotsiologiya uchun me’yorlarni subyektga, shu me’yorni tashuv-chilarga ko‘ra ajratish katta ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, umuminsoniy me’yorlar, jamiyat, guruh va jamoa me’yorlarini ajratib ko‘rsa-tishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda ushbu me’yorlar uzviy bog‘liq va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy sotsiologiya ijtimoiy me’yorlarni quyidagicha tasniflaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |