Ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimida sotsiologiya alohida o`rinni egallaydi. Bu bir nechta holatlar bilan belgilanadi:
U jamiyat haqidagi, uning hodisalari va jarayonlari haqidagi fan hisoblanadi.
U o`z ichiga umumiy sotsiologik nazariyalarni yoki hamma ijtimoiy-gumanitar fanlarning nazariya va metodologiyasi hisoblangan jamiyat nazariyasini oladi.
U jamiyat va inson hayotiy faoliyatining turli tomonlarini o`rganuvchi ijtimoiy-gumanitar va sotsial sohani o`z ichiga oladi. Ya`ni, sotsiologiya - hayotning u yoki bu sohasini tadqiq etuvchi qonuniyatlardir.
Inson va uning faoliyati, texnik va uslubiy jihatdan ishlab chiqilgan sotsiologik tadqiqotlar, gumanitar va ijtimoiy fanlar tomonidan zaruriy jihatdan o`rganiladi va hisobga olinadi.
Falsafa, iqtisodiyot, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya fanlari sotsiologiyaning shakllanishiga samarali ta`sir ko`rsatadi.
Sotsiologiyaning falsafa bilan uzviy aloqasi shunda ko`rinadi-ki, umumsotsiologik nazariyalar va amaliy sotsiologik tadqiqotlar ma`lum metodologik asosga tayanadilar. Shunday asosni esa falsafa fani yaratadi. Sotsiologiya falsafaga nisbatan mustaqillikni shunga asoslanib e`lon qiladi-ki, u o`z oldiga ijtimoiy muammolarni, voqelikni ilmiy, anglash usuli asosida hal etish vazifasini qo`yadi.
Sotsiologiya statistika fani bilan ham mustahkam aloqada rivojlanadi. Bu ikki fanning o`zaro aloqalari shu qadar yaqinki, sotsiologiyaning rivojlanishini statistik yondashuvlarsiz tasavvur qilish qiyin. Sotsiologiya shuningdek, iqtisodiy nazariya, boshqaruv nazariyasi, tarix, pedagogika, huquqshunoslik, siyosatshunoslik kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada rivojlanadi.
Sotsiologiyaning tuzilishi. Har qanday fan tuzilishi doimo uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari va jamiyatda bajaradigan xizmati bilan belgilanadi. Sotsiologiya ham shunday. Uning tuzilishi qo`yidagilar bilan belgilanadi`
- birinchidan, sotsiologiya ijtimoiy haqiqatlik to`g`risida bilimlarni shakllantirishda, ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini bayon qilish, tushuntirish va tushunishga, sotsiologik kontseptsiyalar, metodologiyalar va metodlar, sotsiologik tadqiqotlar, tahlil qilish usullarini ishlab chiqishga bog`liq ilmiy muammolarni hal qiladi. Ijtimoiy haqiqatlik to`g`risida bilimlarni shakllantirishsohasida ishlab chiqilgan nazariyalar va kontseptsiyalar nazariy fundamental sotsiologiyani tashkil etadi.
- Ikkinchidan, sotsiologiya ijtimoiy haqiqatlikni o`zgartirish, ijtimoiy jarayonlarga rejali, maqsadli ta`sir 6tkazish yo`llarini va vositalarini tahlil qilishga bog`liq muammolarni o`rganadi. Demak, nazariy va Amaliy sotsiologiya tadqiqot ob`ekti va metodi bilan emas, balkiularning oldiga qo`ygan maqsadi bilan, ularning ilmiy yoki Amaliy muammolarni hal qilishiga qarab ajratiladi.
Sotsiologik bilimlar – nazariya va amaliyat jipsligi hisoblanadi.
- Nazariy tadqiqotlar ijtimoiy haqiqatlikni uning harakat qilishi va rivojlanishining umumiy va o`ziga xos tendentsiyalari darajassida tushuntiradi. №onunlarning harakat qilish mexinazmilarini, ularning amalga oshish shakllarini aniqlashga yo`naltiradi.
- Empirik sotsiologik tadqiqotlar u yoki bu hodisalar va jarayonlarga bog`liq konkret batafsil ma`lumotlarga bog`liq bo`lib, umumiy ilmiy metodlar yordamida alib boriladigan nazariy tadqiqotlardan o`zgacha o`laroq, statistik tahlilga, konkret sotsiologik tadqiqotlar (savollar, sotsiologik kuzatishlar, vaqt byudjetini aniqlash va h.) metodlariga suyanadi. Nazariy va empirikalыq bilimlar orasida absolyut chegara yo`q.
Nazariy bilimlar – bu universal, empirik, faktlarni hisobga oluvchi bilimlar hisoblanadы. Har joim ham ilmning rivojlanish qonuni nazariy bilimlarning empirik bilimlardan ustun turishi bo`lib qolaveradi. Nazariy bilimlar oxirgi natijada har qanday ilmning, demakki, sotsiologiyaning ham rivojini belgilab beradi.
Empirik tadqiqotlar fundamental va amaliy bo`lib ajratiladi.
- fundamental sotsiologik tadqiqotlar maqsadi o`rganilayotgan predmet to`g`risida ilmiy tushunchalarni rivojlantirish va yuksaltirishdan iborat.
- Amaliy tadqiqotlar qandaydir konkret sotsiologik muammoni hal qilishga bag`ishlanadi.
Turli xil ijtimoiy tizimlarni nazariy va empirik tomondan o`rganish asosida sotsiologiya muhim amaliy tavsiyalar va asoslangan bashoratlar berishi m6mkin. Konkret sotsiologik tadqiqotlarga asoslanib, nazariy va amaliy sotsiologiya bir-biriga zid kelmaydi, aksincha, yagona birlikni hosil qilib, bir-birini boyitib boradi.
Nazariy sotsiologiya – jamiyatning ijtimoiy rivojlanish aspektlarini ishlab chiqadigan va ularni tushuntirib beradigan turli kontseptsiyalar majmui hisoblanadi.
Sotsiologiyaning ilmiy urganish ob`ekti va predmeti nimas Sotsiologiyaning ob`ekti va predmeti bir-biriga mos keladimis Yo`q, mos kelmaydi.
- Har qanday fan ob`ekti uning tadqiqot jarayoni yo`naltirilgan narsa, predmeti esa – o`rganish ob`ektini tashkil qiluvchi tomonlari, aloqalari va m6nosabatlari hisoblanadi.
- Boshqa ijtimoiy fanlardagi kabi, sotsiologiya ob`ekti – ijtimoiy haqiqatlikdir, shu bois ham sotsiologiya – jamiyat to`g`risidagi fan hisoblanadi.
Sotsiologiya ob`ekti qiyosiy tamomlangan turdagi va yagona birlikni tashkil qiluvchi muayyan haqiqatlik sohasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |