1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari



Download 1,73 Mb.
bet61/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#818120
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

3. Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari
Keyinchalik G‘arb va AQSH olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «Attitude» - «attityud» so'zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kategoriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G.Ollport «Ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon amerika ijtimoiy psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta’kidlagan edi.
«Attitude» atamasi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda «yaroqlilik» yoki «moslik» degan ma'noni bildiradi. «Attitude» so‘ziga yana bir ta’rif quyidagicha: «individ tomonidan ijtimoiy obyektning qimmatini, mazmun-mohiyatini, ma’nosini psixologik his qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan:

U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini o‘rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Demak, ijtimoiy psixologiyada birinchi bo’lib «attityud» tushunchasi «individning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik tayyorgarligi sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nisbatan namoyon bo‘luvchi individning ongli holati» sifatida talqin qilingan va bu talqin qator eksperimental tadqiqotlar asosida mustahkamlangan.
G.Ollport attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik jarayoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba ekanligini e’tirof etadi va bunday ta’rif, ijtimoiy psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda muhimdir.
Xuddi shunday mulohazani E.Bogardusning «Attityud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama-qarshi harakat qilish an’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash mumkin.
Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yangicha qarash I.Aytsen va M.Fishbaynlar tomonidan taklif qilingan «komponentlilik» nazariyasi bilan bog‘liqdir.
Ular murakkab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chegaralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, bajarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi bilan ham ifodalash mumkin.


Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish