Visa Gold – ekskluziv to‘lov vositasi bo‘lib, bankning VIP mijozlari uchun qulaylik va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishi kafolatlanadi. Bu kartochkaga Dunyo bo‘yicha Visa Xalqaro to‘lov tizimiga a'zo bo‘lgan barcha banklar tomonidan yuqori sifatli xizmat ko‘rsatiladi, xorijiy davlatlardagi magazin, mehmonxona, restoranlarda, kafelarda, aeroportlarda, teatrlarda va hokazo chegirma hamda imtiyozlar qo‘llaniladi. «O‘zsanoatqurilishbank» OATB AQSh dollaridagi Visa Gold kartochkalarini muomalaga chiqaradi. Ushbu kartochka xorijiy safarlarda eng yaqin ko‘makchidir. Uning vositasida elektron va mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda hamda internet orqali to‘lovlar o‘tkazish mumkin.
Visa Business - kartochkasi korporativ mijozlarga mo‘ljallangan bo‘lib, tashkilot ishchilarining xarajatlarini nafaqat ish jarayonida, balki xizmat safarlari davomida ham nazorat qilish imkonini beradi.
Xalqaro Visa plastik kartochkalari boshqa turdagi bank plastik kartochkalaridan xavfsizligi jihati bilan yaqqol ajralib turadi. Ushbu kartochkaning bir necha pog‘onadan iborat bo‘lgan xavfsizlik tizimi kartochkani ishlatishga tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxslarning undan foydalanish imkoniyatini cheklaydi. Bank tomonidan, ko‘plab xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, halqaro standartlarga javob beradigan «Xalqaro Visa kartochkalardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma» ishlab chiqilgan.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, bank tomonidan SMS – Banking xizmati ishga tushirilgan. Ushbu xizmat yordamida asosiy hamda qo‘shimcha kartochkalar vositasida amalga oshirilgan to‘lovlarni nazorat qilish mumkin. On-line tarzda amalga oshirilgan har bir to‘lov va kartochkaning joriy qoldig‘i bo‘yicha kartochka egasining telefoniga SMS xabar keladi.
AQSh dollaridagi Visa plastik kartochka egalari undan 200 dan ortiq davlat va hududlarda joylashgan 1,5 mln.dan ortiq bankomatlarda naqd pul olish, 30 mln.dan ortiq savdo terminallarida to‘lovlar o‘tkazishda foydalanishlari mumkin.
VISA plastik kartochkalarining asosiy afzalliklari:
•Mijozning arizasiga asosan VISA plastik kartochkasi uchun bankda so‘mlik hisob ochilib, unga har oyda yillik 1% foiz hisoblanib boriladi;
•Bank tomonidan hisob raqamidagi mablag'lar xavfsizligi ta'minlanadi;
•Chet elga chiqish uchun kartadagi mablag‘lar deklaratsiya qilinmaydi;
•Plastik kartochka yordamida terminal orqali kommunal va boshqa turdagi to‘lovlarni amalga oshirish mumkin;
•Plastik kartochka hisobvarag‘iga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazib borish mumkin.
•“SMS – banking” xizmati orqali plastik kartochka hisob raqamidagi mablag‘lari ustidan nazorat yuritish imkoniyatiga erishadi;
•Bank hisob raqamidagi mablag‘ haqidagi hamda unga hisoblanadigan foizlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni sir saqlanishi kafolatlanadi;
O‘zsanoatqurilishbank VISA tizimining ekvayreng sertifikatiga ega va shu tizimning jahondagi barcha emissiya qilingan plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsata oladi.
Bugungi kunda ilmiy texnikaning jadal rivoji, axborot olamining shiddatliligi va global texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarining kengayib borishi tijorat banklari oldiga ham o‘z mijozlari uchun zamonaviy elektron hisob-kitoblar tizimiga asoslangan, takomillashgan bank xizmatlari turini yanada optimallashtirish kabi ustuvor vazifalarni qo‘ymoqda.
Shu o‘rinda, bugungi hayotimizda o‘zining tobora ommalashib borayotganligini hamda qulay va arzon imkoniyatlarini yaqqol namoyon qilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmi, xususan, plastik kartochkalar tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |