13-Mavzu: SCSI va Fiber Channel kichik kompyuter tizimlari interfeysi.
REJA:
SCSI haqida
Fiber Channel haqida
SCSI va Fiber Channel intefeysi.
Periferiya shinalari juda ham xilma-xildir.
IDE (Integrated Drive Electronics), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Comruter System Interface) lokal shinalari ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi.
diskli Small Comruter System Interface interfeyslarining uchta versiyasi:
SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’r soni (7 donagacha) va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5—10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli shinaga еga; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.
. Wide SCSI standartning ichki qurilmasi 68-kontaktli kabel orqali ishlaydi.
Adapterning orqa tomonida joylashgan ulanish joyiga 25-kontaktli kabel yo‘rdamida SCSI tashqi qurilmasi ulaniladi. Nazoratchining platasidagi, tizimli blokining orqa devorida joylashgan tashqi ulanish joyi printerning parallel portini eslatadi. 25-kontaktli ulanish joyi o‘rniga tashqi qurilmalarda hohlagan parallel printerning orqa tomonida joylashgan, ko‘rinishidan Centronics ulanish joyi uzaytirilgan talqinga oxshash 50-kontaktli Amphenal ulanish joyi ishlatiladi.
Kelajak avlod kabellari (SCSI-2 va SCSI-3 interfeyslar uchun ) 50-ta shtirkali uncha katta emas yo‘ki 68-kontaktli D ko‘rinishdagi ulanish joyilardan iboratdir. Shtirkali kontaktlar bog‘lanishda kalta bo‘lishiga qaramay, qisqich yordamida ulanish joyida yaxshi joylashadilar. Tashqi qurilmalarning kabellari shunday ishlab chiqalganki, barcha kabellarni teskari yo‘ki noto‘g‘ri ulash mumkin emas.
SCSI ichki qurilmasining kabellari rangli yo‘ki kul rang bo‘ladilar. Odatda kul rang kabelda, bog‘lanishdagi birinchi kontaktiga ahamiyat berish kerakligini ko‘rsatuvchi qizil yo‘ki havo rang chiziq tortilgan bo‘ladi. Rangli kabellarda birinchi kontaktiga jigarrang sim to‘g‘ri keladi. Tashqi qurilmani qo‘yishida, adapter ulanish joyida birinchi kontaktni toping va kabekni shunday ulangki, ushbu kontaktga bitta sim to‘g‘ri kelishi kerak bo‘lsin.
Ko‘p hollarda nazoratchining ulanish joyida birinchi kontaktning yonida ishlab chiqaruvchining belgisi bo‘ladi. Shu bilan birga adapter yo‘riknomasida birinchi kontaktni joyi ko‘rsatilgan ulanish joyi chizilgan rasmni topish mumkin. Agarda kabelni to‘g‘ri ulashda ikkilanish bo‘lsa albatta adapterning ishlab chiqaruvshi bilan bo‘g‘laning. Kabelning noto‘g‘ri ulanishi kompyuterni yoqilishida qurilmaning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |