1-Mavzu: Sifat va son so’z turkumi



Download 26,06 Kb.
bet2/3
Sana26.06.2022
Hajmi26,06 Kb.
#707013
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu til t

-daqı/-däki // ~dag‘ı/-dägi affiksi tuzilishi jihatidan murakkab bolib, orin-payt kelishigi affiksiga sifat yasovchi -qı/-ki // -g‘ıf -gi affiksi qoshilishi bilan hosil bolgan.
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar

  1. -g‘ / -q / -k affiksi. Undosh bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda bu affiks oldidan bir unli orttiriladi: -ıg‘/-ıq/-ik, ug‘/ -uq/-iik. Masalan: achıg‘ // achug1 // achuq, artug‘ // artuq // artiq, buzug‘// buzuq, yirtuq, sinuq, oliik, yügürük, kesik // kesiik.

Bu affiks bilan yasalgan sifatlar fe’l o‘zagidan anglashilgan harakat yoki holat bilan bog‘liq bo‘lgan belgini bildiradi: Qurug‘ lash üzä oltursa erdi (Tafsir). Bu rud quruq ruddur, munda hargiz suv bolmas (BN). Bolman ashifta buzuq kishvar üchiin (SHN). Yolda temur-dek edi qumlar qmg‘ (Gulxaniy). Yatibdur bir kesiik bash (Navoiy, MQ). Bir yiiksek maqam bar (NF). Bir yügürük at tapib (FI).

  1. Eski o‘zbek tilida fe’ldan sifat yasovchi boshqa affikslar kammahsul bo‘lib, ayrim fe’llardangina sifat yasashda ishtirok etgan. Bulardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

-un — Yiizi tolun ay-tek bolg‘ay (Tafsir). Nedin tolun āyyüziin ilä husn talashur (Atoiy). Bular arasinda ham yashurun eronlärniŋ imkām bar (Navoiy, MQ);
-/ — Andag‘-oq tiigäl ash qildi (Tafsir). Dunyaniŋ tiigiil malim bersäŋ (NF);
-77Birtam erdi, egri bolmish erdi (Tafsir). Egri qaddin fıg‘anı äyläb ham (Navoiy, SS).
Sifat darajalari

  1. Eski o‘zbek tilida ham sifat darajalari uch xil ko'rinish- ga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Sifatning oddiy darajasi maxsus morfologik ko'rsatkichga ega bo‘lmaydi va bosh shakldagi har qanday sifat oddiy darajani tashkil etadi. Qiyosiy va orttirma daraja shakllari maxsus affikslar yordamida hosil bo‘ladi.

  2. Qiyosiy daraja. Sifatlarda qiyosiy daraja ma’nosi quyi- dagi usullar bilan ifodalanadi:

Morfologik usul. Bu usul sifatga -raq/-räk affiksini orttirish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Qiyosiy darajaning bu shakli sifatda ifodalangan belgining kamligini, kuchsizligini ko'rsatadi: Ul yaxshiraq turur sizgä (Tafsir). Abu Safyānm bir tarraq yerdä tutg‘ıl (NF). Ul ulug‘rāq kishi xud Shayx Kamal ermish (Navoiy, MN), Yana bir budnadur, ... qizilraq rangi bār (BN). Bizlärg‘a xalifa Ahmadjān nāmlik bir kattarāq bāla erdi (Furqat).
-raq/-räk affiksi ravishlarga, miqdor bildiruvchi so‘zlarga, umuman, harakat yoki holat belgisini ko‘rsatuvchi so‘zlarga qo'shil­ganda harakat yoki holat belgisining kamligini ko'rsatib, ravish
darajasini hosil qiladi (qarang: 214-§).
Sintaktik usul. Bu usul murakkab shakl yo‘li bilan ifodalana- di, ya’ni sifatning daraja belgisi boshqa so‘z bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Qiyos uchun keltirilgan so‘z esa chiqish kelishigi shaklida boiadi: Vale husn ichrä javhardin āri-sen (MN,). Ichin- däki suv sutdin āq, asaldin siichiig turur (NF). Jāndin artuq mehribānımg‘a salām (Lutfiy). Mundin yaxshi āt bolmas (Sh.tar.).
Murakkab usul. Bu usul morfologik va sintaktik usullarning birikuvidan hosil bo‘ladi, ya’ni qiyos uchun keltirilgan so‘z chi­qish kelishigi shaklida bo‘ladi, sifatga esa -raq/-räk affiksi qo‘shiladi: Amŋ kѳzi kѳktiin kѳkräk erdi (0‘N). Andin qattiqraq hāl bardur (Navoiy, MQ). Yāsh bilä dag‘ı kichikräk bandin // baxt ilä ban biyikräk bandin (SHN). Mundin yaxshirāq guvah bolmas (Sh.tar.)

  1. Orttirma daraja. Eski o‘zbek tilida sifatlardagi orttirma daraja ma’nosi eŋ, kѳp, asru, behad, bisyar, g'ayat, bag‘ayat, heyli kabi so‘zlar yordamida ifodalangan. Masalan: Kѳp ıssıg‘ bir yer turur (0‘N). Eŋ soŋg'i etlär ulub (QR). Ishq behad yirāq durur andin (Navoiy, SS). Tala oti bisyāryaxshi bolur (BN). Nazm ishiniŋ rutbasi bag‘ayat biyik rutbadur (Navoiy, MA). Garche seŋä asm yiraqdur bu dam (Haydar). Xeyli xushnamā daraxti bar (BN).

SON

  1. Eski o‘zbek tilida ham sonning hozirgi o‘zbek tilidagi turlari mavjud boigan: sanoq son, tartib son, jamlovchi son, dona son, chama son, taqsim son, kasr son. Shu bilan birga, bu sonlar- ning ifodalanish usullari va shakllari bo‘yicha eski o'zbek tilining o‘ziga xos tomonlari ham bor.

Sanoq son

  1. Sanoq sonlar eski o‘zbek tilida ham tuzilishiga ko'ra sodda va tarkibli sanoq sonlarni tashkil etadi.

Sodda sanoq sonlar birlik, o‘nlik, yuzlik, minglik shakllarga ega bo'lib, ularning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

Birliklar

0‘nliklar

Yuz, ming va b.

bir - 1

on — 10

yüz — 100

ikki — 2

yigirmi

miŋ — 1000

yc — 3

yigirma — 20

tuman - 10000

tѳrt — 4

ottuz — 30

lak— 100000

be? — 5

qirq - 40

ywz tuman — 1000000

alti — 6

ellik




yetti — 7

elli - 50




sekkiz — 8

altmi? - 60




toqquz — 9

yetmi? - 70 seksan — 80 toqsan - 90




keyingi davrlarga oid manbalarda yigirmi shaklida ham, yigirmä shaklida ham yozilavergan. Mahmud Koshg‘ariyning ko'rsatishi- cha, XI asr tilida asosan yigirmä, ba’zan yigirmi tarzida talaffuz qilingan (MK, III tom, 55-bet). 0‘rxun-Enasoy va qadimgi turkiy tiliga oid yodgorliklarda oxirgi unlisi (i) bilan kelgan yigirmi shak­lida yozilgan.
XIII—XIV asrlarga oid ayrim manbalarda 50 soni oxirgi (k) undoshisiz eli(-elli) shaklida ham yozilgan: alti yüz eli ikki (Tafsir), toqquz yüz eli toqquz (Saroyi), yettiyiiz elli tѳrt (MN). 50 sonining eli (-elli) shaklida qo‘llanishi o‘g‘uz guruhidagi turkiy tillar uchun xarakterlidir.
80, 90 sonlari sekiz, toquz sonlariga on sonining qo‘shilishi asosida hosil bo‘lib (sekiz on, toquz on), seksän, toqsan shakllari keyingi davrlarda shakllangan. Sekiz on, toquz on shakllari qadimgi turkiy tili yodgorliklarida qo‘llangan, “Devonu lug‘atit-turk”da ham ko‘rsatilgan (MK, 1-tom, 410-bet).
Eski o‘zbek tilida tuman, lak sonlari yakka holda qo‘llanma- gan, bular oldidan albatta kichik miqdordagi son birga keladi: Bir tuman xalq qinldi bari (SHN). Yüz tuman barqi balā urduŋ meŋä (Navoiy, LT). Bir lak afg‘an yig'ilibdur (BN). Ych-tѳrt lak alub qoyarlar (BN).
Yozuv yodgorliklarida tuman birmuncha keng qoMlangan bo‘lib, lak ayrim manbalardagina uchraydi.

Download 26,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish