Nemis faylasufi Xristian Volf "Rasional psixologiya" (1732 yil) va "Emperik
psixologiya" (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki sholati, aqliy fikr yuritishga
qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib
tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya'ni sezgi kanaliga, shech qanday boqliq
ematushuntirishga sharakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish
nazariyotchisi "fanga rasionalizm" tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va
uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab
ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot mashsuli emas, degan qoyani ilgari surdilar. Shuning
bilan birga "Ong", "Aql" tarixiy evolyusiya natijasi emas deb, inson psixikasiga
o’zgacha yondashib, uni izoshlab berish mushkul bo’lgan "birlamchi" xususiyat
ekanligini tushuntirishga intildilar.
Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi
olam bilan boqlab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib
yetdilar va voqeilikni mana bunday tarzda izoshlashga sharakat qildilar: go’yoki
sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-mushit o’rtasidagi
bartaraf qilib bo’omaydigan devor shisoblanadilar. Berkli, Yum, I. Myuller,
Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining "spesifik energiyasi" nazariyasini
ishlab chiqdilar Bu qoyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat'iy pozisiyada
turib, uni butun vujudi bilan shimoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan, shar
qaysi sezgi a'zosi xoshz quloq, xosh til, xosh teri bo’lishidan qat'iy nazar, tashqi
dunyoning ta'sirini aks ettirmaydi, atrof mushitda bo’lib turgan real, yaqqol
jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta'sirdan shaxsiy
jarayonlarning qo’zqatuvchisidan turtki oladi, xolos. Mazkur nazariyaga ko’ra, shar
bir sezgi a'zolari o’zining "spesifik energiyasi"ga ega, shar qanday ta'sirddan
qo’zqaladi. Masalan, ko’zni bosib, unga elektr toki bilan ta'sir qilib ko’rilsa, unda
yoruqlik sezgisi shosil qilinadi; quloqqa elektr qo’zqatuvchisi bilan ta'sir o’tkazilsa,
u sholda tovush sezgisi vujudga keladi.
Binobarin, sezgi a'zolari tashqi ta'sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya'ni
ularning ta'siridan qo’zqaladi, xolos. Inson shech qachon tashqi voqe, yaqqol
dunyoning ob'ektiv ta'sirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi a'zolari faoliyatida
o’zlarining shaxsiy sub'ektiv sholatlarini aks ettiradi.
Mazkur nazariyaga binoan, inson ob'ektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u
sub'ektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija "dunyo element" (mayda qism) larni
idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya tarixida "sub'ektiv idealizm" degan
yo’nalish sham yuzaga kelgan bo’lib, ungacha, "inson faqat o’zi"nigina biladi, xolos.
Undan tashqari shech narsa shukm surishi mumkin emas. Bu nazariya o’ziga xos
qoyaga ega bo’lib, fan tarixida "solipsizm" (yagona "Men") nomini olgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: