1-mavzu Savol va topshiriqlar



Download 22,86 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi22,86 Kb.
#675775
Bog'liq
Dilshod


1-mavzu
Savol va topshiriqlar
1. Hofiz qaysi davrda yashab ijod qilgan?
2. Shoir devoni haqida ma’lumot bering.
3. Hofiz she’riyatining yetakchi mavzui nima?
4. Shoir badiiy mahoratini ta’riflang.
5. Shoir g’azallaridan namunalar tahlil qiling.

1. Hofiz qaysi davrda yashab ijod qilgan?


Hofiz xorazmiy (taxallusi; ismi Abdurahim) (14-asrning 2-yarmi, Xorazm — 15-asrning 30—40-yillari, Sheroz) — shoir. Eski oʻzbek tili rivojiga katta hissa qoʻshgan. Yoshligi Xorazmda kechgan. Bu yerdagi notinchliklar tufayli 14-asr oxirlarida oʻz vatanini tashlab ketishga majbur boʻlgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Iroq, Kirmon, Isfahon, Tabrizda boʻlib, Sherozda turgʻun yashab qolgan. Ibrohim Sulton saroyiga yaqin boʻlgan. Hofiz Sheroziy ijodiga hurmat bilan qarab, uning anʼanalarini oʻzbek sheʼriya-tiga olib kirgan, oʻzbek xalqini Sheroziyniki kabi yetuk ishqiy-falsafiy sheʼriyatdan bahramand qilish niyatida "Hofiz" taxallusini tanlagan. Hofizni koʻrung ushbu zamon turk tilinda, Gar keldi esa forsda ul Hofizi Sheroz.

2. Shoir devoni haqida ma’lumot bering.


Hofiz.Xorazmiy turkiy tilda boy adabiy meros qoldirgan. Sheʼrlaridan devon tuzgan. Devonida 1052 gʻazal, 9 qasida va qator muxammastarjeʼbandtarkibbandruboiyqitʼalardan ibo-rat 37264 misra sheʼr bor. Ularda in-son baxt-saodatierkinligidunyoviy sevgi-muhabbat madh etilgan, zamonasidagi turli ijtimoiy illatlar ochiq koʻrsatilgan. Sheʼrlari mazmun-mundarijasining kengligi, falsafiy teranligi, inson-parvarlik ruhi, yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Tili sodda, ravon, xalq tiliga yaqinXorazm shevasiga xos unsurlar koʻp uchraydi. Devonining 15-asrning 30-yillarida koʻchirilgan yagona qoʻlyozmasi Hindistonning Haydaro-bod shahridagi Salorjang muzeyi kutubxonasida, fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

3. Hofiz she’riyatining yetakchi mavzusi nima?


Shoir shе'riyati mavzu jihatdan ham rang-barangdir. U hayotiy va ilohiy ishqni, tasavvuf g’oyalarini, islom qarashlarini, inson muhabbati bilan bog’liq turli kеchinmalarni, so’fiylik mafkurasini, turli falsafiy qarashlarni, odob - axloq, ilm - ma'rifat va boshqa mavzularni asos qilib oladi.

4. Shoir badiiy mahoratini ta’riflang.


Hofiz Xorazmiy dеvonining asosiy qismini g’azallar tashkil etsa-da, qit'a, tarjiband, muxammas, mustazod, tarkibband, tuyuq, ruboiy, marsiya kabi janrlar ham o’rin olgan. Shoir g’azallari har jihatdan bеkamu-ko’st, husnu latofatda yagona yor obrazini, azoblarga giriftor, ma'shuqasi jafolarini sabr bilan еngadigan, vafodor va sadoqatli oshiq obrazini, shuningdеk, raqib, pir, murshid, murid, zohid va boshqa obrazlarni uchratamiz. Shoir shе'rlarida afsonaviy, payg’ambarlar obrazi, tarixiy shaxslar obrazi, mifologik obrazlar ko’p kuzatiladi. Mansur Xalloj, Xizr, Yusuf, Ya'qub, Muso, Ayyub, Nuh, Farhod, Shirin, Layli, Majnun, pari va boshqa obrazlar shular jumlasidandir.

5. Shoir g’azallaridan namunalar tahlil qiling.


Shoir dеvonida asosiy o’rinni majoziy ishq tashkil etadi. Shoir ma'shuqani ulug’laydi. Go’zallikni ta'rif etadi. Yorning har bir a'zolari -qosh, ko’z, yuz, xol, sochu zulflar, qadu-qomat, og’iz va lablari tasviri juda chiroyli o’xshatishlar asosida tasvirlanadi:
Tilmudur yo qand yoxud to’tiyi shakarshikan,
Tushmudur yo gavhari sеrob yo duri Adan.
Ko’zmudur yo kofiri xunrеz yo joduyi hind
Yuzmudur yo lolayi xudro’y yo bargi suman.
Hofiz shе'rlarida o’ziga xos tashbеhlarga duch kеlamiz. Kipriklarni o’q otishga hozirlangan lashkarga o’xshatish juda o’rinli topilgan:
Xayli mujgoning aro ul g’amza o’qi jon olur,
Ori, ish bitkurdi safda lashkari mardonasi.
Shoir ishqni, o’zidagi dard holatini tasvirlar ekan, Layli va Majnun haqidagi hikoyat uning ishq kеchinmalari oldida unut bo’lishini ta'kidlaydi:
Xayoli zulfidin ko’rsang kеcha shuri jununni
Unut bo’lg’ay hikoyati birla Majnuni Laylo.
Shoir yuqoridagi g’azalida talmeh she’riy san’atidanfoydalangan. Jununni va Majnuni qofiyadosh so’zlar.
Download 22,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish