1-Mavzu: Romantizm Reja



Download 43,46 Kb.
bet5/10
Sana21.02.2022
Hajmi43,46 Kb.
#41241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Romantizm

Friderik Shopen
Friderik Shopen - buyuk polyak kompozitori. Shuningdek u Motsart va Betxoven kabi mohir fortepiano ijrochisi ham edi. Musiqiy ijod va ijrochilikda Shopen musiqa san’atini yangi mazmun va obrazlar bilan boyitdi, yangi o’sha davrgacha noma’lum bo’lgan yangi ifoda vositalarini ochib berdi, fortepiano ijrochiligining yangi usullarini kashf qildi.
Shopen asosan faqat fortepiano sozi uchun asarlar yozdi. U musiqa san’atidagi romantizm oqimining yorqin vakilidir. Uning fortepiano asarlarida romantizm oqimining asosiy mavzusi bo’lgan insonning ichki dunyosi, ruhiy olami, his tuyg’ulari va ichki kechinmalari mahorat bilan tasvirlab berilgan. Shu bilan birga shuni aytish kerakki, Shopen ijodining asosiy mavzusi - bu vatan mavzusidir. Kompozitor vatani Polshani nihoyatda sevgan, ammo taqdir taqozosi bilan uzoq vaqt vatanidan ayriliqda yashagan va horijda vafot etgan. Shuning uchun uning juda ko’p asarlarida vatanni sog’inish, uni qo’msash bilan bog’liq bo’lgan g’amginlik kayfiyati sezilib turadi.
Shopenning butun ijodi milliy ruh bilan sug’orilgan. Uning asarlarida polyak xalq musiqasining ta’siri aniq sezilib turadi. Buning sababi shundaki kompozitor qishloqda tug’ilib o’sganligi sabab, bolaligidan polyak xalq kuy va qo’shiqlarini eshitib ulg’aygan va dunyoqarashi shu musiqa ta’sirida shakllangan. Shopen polyak klassik musiqasining asoschisi hisoblanadi. Negaki u xalq kuy va qo’shiqlari asosida betakror, umrboqiy, yuksak darajadagi badiiy asarlarni yaratgan.
Shopen ijodida juda ko’p yangiliklarni uchratish mumkin. U o’zining ajoyib asarlari bilan fortepiano ijrochilik san’atini yanada boyitdi. Shopen ijodida birinchi marta bir necha yangi janrlar paydo bo’ldi. Mazurkalar, polonezlar, skercolar, balladalar Shopen ijodi tufayli mustaqil fortepiano janrlari sifatida tanildi. Bu asarlardan tashqari kompozitor fortepiano ijrosi uchun prelyudiyalar, valslar, etyudlar, noktyurnlar, sonatalar va boshqa turli xil asarlar yozgan. Fortepiano va orkestr uchun yozilgan ikkita kontsert Shopenning eng yirik asarlari hisoblanadi.
Shopen asarlari kompozitor hayotlik davridayoq katta shuhrat qozongan. Bugungi kunda ham Shopen barcha musiqa san’ati ixlosmandlari va butun jahon fortepiano ijrochilarining eng sevimli kompozitorlaridan biri hisoblanadi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish