Ovqat magazinlari – aholiga har xil ovqat va qandolat mahsulotlari, chala tayyor mahsulotlar, qo‘shimcha boshqa narsalar sotadi. Bu magazinlarda har xil taomlar, qandolat mahsulotlari, chala tayyor mahsulotlar, xomashyoning yangi turlarini tayyorlash, stollarga dasturxon yasatish bo‘yicha maslahatlar beriladi. Ovqat va qandolat mahsulotlari ko‘rgazmasida savdo tashkil etiladi. Sotiladigan mahsulotlarga oldindan buyurtma qabul qilinadi. Yirik ovqat magazinlarida issiq ichimliklar va qandolat mahsulotlari sotadigan kafeteriylar tashkil etiladi. Sotib olingan mahsulotlar hisob-kitobi nazorat kassa mashinasi orqali amalga oshiriladi. Ovqat magazinlari aholi yashovchi binolarda va odamlar gavjum bo‘ladigan ko‘chalardagi alohida uylarda joylashishi mumkin. Ular restoran, oshxona va boshqa korxona filiallari hisoblanadi.
Choyxona- ikkinchi issiq taom va gazaklarni ishlab chiqaradigan, keng assortimentda choy va salqin ichimliklarni, sotib olingan hamirli konditer, bulochka, non mahsulotlarini hamda shirinliklarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasidir. Tez xizmat ko‘rsatuvchi korxona – o‘ta chegaralangan assortimentda yuqori darajada texnologik ishlov berilgan yarim tayyor mahsulotlardan tayyorlangan taom va mahsulotlarni hamda oddiy tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lgan ichimliklarni realizatsiya qiladigan va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga kam vaqt sarflaydigan umumiy ovqatlanish korxonasi. Bundan tashqari choy va undan tayyorlangan pishiriqlar, qandolat mahsulotlari, go‘shtli ovqatlar, baliq, tuxum, mol go‘shti, qovurilgan tuxum, kolbasa va boshqalar sotiladi. Tez xizmat ko‘rsatadigan korxonalar iste’molchilarning intensiv harakat qiladigan ko‘plab to‘planadigan joylarida tashkil qilinadi. Masalan, savdo komplekslarida, markazlarida, kinoteatrlarda, teatrlarda, markaziy ko‘cha va maydonlarda, dam olish zonalarida va boshqa joylarda. Ular kioskalarda, avtopritseplarda tashkil qilinishi mumkin. Odatda taom iste’mol qilish zallari bo‘lmaydi, mahsulotlar iste’molchilarga tarqatish darchasi orqali beriladi. Ular o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qiladi. Bu yerda asosan o‘z-o‘ziga xizmat qilish amalga oshiriladi. Bu choyxonalar Yevropa va boshqa mamlakatlarga xos.
Qahvaxona – iste’molchilarga keng assortimentli qahfa ichimligini tavsiya qiladigan maxsus korxona. Butun dunyoga mashhur bo‘lgan eng mashhur ichimliklar ularning taomnomasida bo‘ladi:
tabiiy qahfa (filter coffee);
kapuchchino qahfasi (coffee cappuccino): qaynagan sut ko‘pigiga o‘xshash ko‘pikka ega bo‘lgan kuchli qora qahfa, ba’zan dolchin va maydalangan shokolad qo‘shiladi;
lyuts qahfasi (coffee luz): kuchli meva likeri bilan;
korretto qahfasi (coffee corretto): uzum arog‘i bilan;
varshava qahfasi (coffee Warsaw style): pishirilgan sut va sut ko‘pigi bilan;
turk qahfasi (Turkish coffee): qand bilan qo‘shib qaynatilgan;
espresso qahfasi (coffee espresso): kuchli qora kofe, maxsus apparatda maydalanib, qatlamlari orqali qaynoq suv o‘tkazib tayyorlanadi.
Qahfaxonada mijozlar kofega o‘xshash boshqa ichimliklar – sharbatlardan tortib to kuchli alkogol ichimligigacha ichishlari ham mumkin. Muqobil ichimlik sifatida taomnomaga qora, ko‘k va o‘t choy kiritilishi mumkin:
ko‘k choy (green tee);
na’matak choy (rose-hip tea);
yalpiz choy (bait tea, pepptrmint tea);
ko‘kat o‘t choy (herb tea);
romashka choyi (comomile tea);
muz bilan choy (iced tea);
qora choy (black tea).
Qahfaxonalarda gazaklar xuddi restoranlardagidek bo‘ladi, taomlar to‘laligicha taomnomaga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |