1-mavzu.Rengent nurlari fizikasi.
Vulfa–Bregg formulasi. Sinxrotron rentgen nurlanishi. Uzluksiz rentgent spektri. Xarakteristik rengent spektri.
Rengenostrukturaviy analiz metodlari.
Laue metodi. Monokristallarni burish metodi. Atom strukturasini rasshifrovka qilish bosqichlari. Kukunlar metodi(polikristallar)
1895 yilda Vilgelm Konrad Rentgen tomonidan ochilgan rengent nurlari ham xuddi ko’rinuvchan nur singari elektromagnit nurlanish, ammo ularning to’lqin uzunliklari ancha qisqa. To’lqin uzunligi katta sohadagi rentgen nurlanishlari ultrabinafsha nurlanish bilan chegaradosh bo’lsa, kichik to’lqin uzunlikdagi sohada γ-nurlanish va ikkilamchi kosmik nurlanish bilan chegaradosh. Odatda rengen nurlarining to’lqin uzunligi angstremlarda(1Å=10-10m=0,1 nm) ifodalanadi. Rentgen nurlari elektromagnit spektrning 10-5dan 102 Å gacha sohasini qamrab oladi(1-rasm). Sizib o’tuvchanlik kobiliyatiga ko’ra shartli ravishda rentgen nurini o’tayumshoq(10-100) Å, yumshoq(1-10) Å, bikir (10-1-1) Å va o’ta bikirlarga (10-5- 10-1) Å ajratish mumkin. Sizib o’tish qobiliyati to’lqin uzunlik kamayishi, ya’ni nurlanish bikirligi ortishi bilan ortadi.
1-rasm. Rentgen nurlari diapazoni yaqinidagi elektromagnit spektr: IQ- infraqizil nurlanish; K- spektrning ko’rinuvchan sohasi(400 – 700 nm); UF- ultrabinafsha nurlanish; O’Yu- o’ta yumshoq, Yu- yumshoq, B- bikir, O’B- o’ta bikir rentgent nurlanishi; IKN- ikkilamchi kosmik nurlanish.
Rengen nurlanishi dual – to’lqin va korpuskulyar- tabiatga ega. To’lqin xossalar qaralganda nurlanish quyidagilar bilan xarakterlanadi: agar u monoxramatik bo’lsa, bitta to’lqin uzunligi λ(yoki siklik chastota υ) bilan; diskret to’lqin uzunliklarning to’plami(chiziqli yoki xarakteristik spektr) bilan; to’lqin uzunliklarning intervali(uzluksiz yoki polixromatik spektr) bilan. Korpuskulyar xossalar o’rganilganda nurlanish kvantlar(fotonlar) energiyasi E=hυ=hc/ λ bilan xarakterlanadi, bundan λ= hc/E (1)
Plank doimiysi h = 6,626·10–34 J·s , yorug’lik tezligi c = 2,998·108 m/s va v bir elektron-volt energiya 1,602·10–19 J ga teng ekanligini hisobga olib, (1) ni hisoblash uchun qulay ko’rinishda qayta quyidagicha yozishimiz mumkin:
λ [Å] = 12,398/E [keV] (2)
Rentgen nurlanishi kvantlarining energiyasi (0,1 – 106 keV) ko’rinuvchan yorug’lik fotonlarining energiyasidan (~ 10–3 keV) ancha katta. Shuning uchun rengent nurlanishida ko’rinuvchan yorug’lik uchun mavjud bo’lmagan effektlar kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |