1-mavzu: Qo‘shma gap. Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra qo‘shma gap turlari: bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan (ergash gapli) qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap


To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda



Download 106,64 Kb.
bet19/21
Sana26.01.2023
Hajmi106,64 Kb.
#902905
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ona tili shippi

To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapning mazmuni bosh gapning mazmuniga zid bo‘ladi; shu zidlikka qaramay, bosh gapdagi voqea-hodisa yuzaga keladi- bajariladi. Bosh gapdagi voqelikning yuzaga kelishiga monelik qilmaydigan ana shunday ergash gaplar to‘siqsiz ergash gaplar deyiladi.
To‘siqsiz ergash gap mazmun va tuziltish jihatidan shart ergash gapga yaqin. Shart ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap shartni, bosh gap uning natijasini bildiradi. To‘siqsiz ergash gapli qo‘shm gaplarda esa bosh gap ergash gapdagi shartga asoslangan natijani emas, shartsiz natijani, bosh gap natijasiga qarama-qarshi sababni bildiradi. SHart ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapdagi voqea. («A») bosh gapdagi voqea («B») ni keltirib chiqaradi: to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda esa ergash gapdagi «A» siz «B» ni keltirib chiqaveradi. Qiyoslaylik: Boshqalar o‘zini har qalay tutibg‘ olgan bo‘lsa ham, Onaxon hamon tinchiy olmas edi. (As.M.)
To‘siqsiz ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan bitrikadi:

  1. sa +ham (yam) : Gulning to‘ni ming yamoq bo‘lsa ham, u –gul.

  2. sa +hamki: Bu ish andak mehnat talab qilsa hamki, foydasi yo‘q.. («K.D.») Bo‘lsang ham qari, bo‘sang hamki chol, Qo‘lingga qurol ol! (H.O.)

  3. sa: O‘zi ko‘rmasa, bolalari ko‘rar yorug‘likni, dedi kampir osoyishta tovush bilan. (O.)

  4. sa-da : Tulki tilmochning asli ismi Bozorboy bo‘lsa-da, bu ismini ko‘plar bilmas edi. (O.) Kiyinish bir kishining shaxsiy ishi bo‘lib ko‘rinsa-da, u kishini o‘z didini boshqalarga yuqtirayotganligini unutmasligi kerak. («Saodot»)

  5. gan da- ham (-yam): Buloq qaziyotgan barcha odamlar charchab uyquga ketganda ham, Olimjon bezovtalanib aylanib yurar edi. («F.T».)

  6. gan chog‘da (paytda, vaqida, taqdirda)=ham :O‘q yog‘ilib turgan paytda ham, ona yodga olinadi. («Saodat»)

Yuqori misollardan anglashiladiki, to‘siqsiz ergash gaplar mazmun jihatdan quyidagi ikkita guruhga ajraladi:

  1. To‘siqsiz-shart ergash gapli qo‘shma gaplar. Bunday ergash gaplar bosh gapdagi mazmunga zid qo‘yilgan shartni anglatadi: Suv to‘xtasa ham, parrak aylanib turadi. (As.M.)

  2. To‘siqsiz-payt ergash gapli qo‘shma gaplar. Bunda ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bo‘lgan paytni bildiradi: Asalari uzoq-uzoqlarga uchganda ham, u o‘z uyasini tark etmaydi. (F.t)

  1. gan (i) bilan : Toshga yomg‘ir qor qilurmi, mutassil yoqqan bilan, Davlatingiz kam bo‘lirmi, bir qiyo boqqan bilan. (Q.)

  1. -ga qaramay (qaramasdan): Martabasi ulug‘ bo‘lishiga qaramasdan, eng yaqin do‘stdek g‘amg‘o‘rlik qilgan. (A.Q.)

  2. -b (-ib) : SHifokor bo‘la turib, bu kasalikning xafli ekanligiga aqli yetmabdi-da, - dedi Mirsalim. («Mushtum»)

10. –gan (i) holda : Oftob toblanib turgan holda, atayin jo‘namadim.
11. –di =hamki : Oradan ikki oy o‘tdi hamki, inspektor chivmadi. (A.Q.)

  1. dan=qat’i nazar: Reja bajarilganligidan qat’i nazar, paxta oxirgi chigitgacha olinishi kerak.

  2. Buyruq maylidagi fe’lning inkor shakli: -masin, -maylik, -mang kabilar: Davlatimiz naqadar badavlat va qudratli bo‘lmasin, siz bilan biz, ayniqsa, biz cho‘l o‘zlashtiruvchilar isrofgarchilikka yo‘l qo‘ya olmaymiz (As.M.)

11. To‘siqsiz ergash gap kesimi tasdiq va inkor shaklida takrorlanib, bosh gapga bog‘lanadi.:
Derazadan boqmangiz, boshim yalang,
Boqsangiz – boqmasangiz qoshim qalam. (O.)
Sensan sevarim, hox inon, hox inonma,
Qondir jigarim, hox inon, hox inonma. (Atoiy)
12. –mi. Bunda –mi bilan shakllangan kesimlar uyushgan bo‘ladi: Bu gap hazil ekanmi, rost ekanmi, uch-to‘rt oy o‘tib, bobomning uyida manqillab gapiradigan kamir paydo bo‘ldi.
Bosh gapdagi ish-harakatning yoki voqeaning xulosasini anglatadigan ergash gaplar natija ergash gap deyiladi. Masalan, Otimni bu buyuk doim shunday mehr bilan aytadiki , uning ojizona yotganiga achinib, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. (As.M.) gapida ikknchi komponent birinchi komponent orqali berilgan xukmdor qilib chiqqan xulosani – natijani anglatgan.
Natija ergash gap bosh gapga:
1. –ki vositasi bilan birikadi: Do‘l shunday yog‘diki, yer bir-pasda oppoq bo‘ldi.
2. edi yordamchisi bilan birikadi. Bunda biriktiruvchi intonatsiya ham rolp o‘ynaydi: Zumrad belini siqib tugmalangan kalta nimchasini cho‘ntagidan xilma-xil ipak turlangan koptokni chiqarib urga bir urgan edi, u bo‘y baravar sapchmb ketdi.
Natija ergash gapli qo‘shma gaplarda bog‘lovchilar bosh gap tarkibida bo‘ladi va bosh gap doimo birinchi o‘rinda keladi.

Download 106,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish