Daftar qog‘ozi – sirti silliq, yelim singdirilgan, pishiq qog‘oz hisoblanadi. Daftar qog‘ozi katakli va yo‘l-yo‘l chiziqli bo‘ladi.
Millimetrli qog‘oz – sathi bosma to‘r shaklida tayyorlanadi. Qog‘oz o‘lchamli, mayda chiziqli bo‘ladi.
Chizmachilik qog‘ozi – eng pishiq va qalin qog‘ozdir. Mato dan tayyorlanadi, uning oliy navi qo‘lda tayyorlanadi. Undan bayramlar uchun qiziqarli niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qog‘ozi – ikki xil nomerli bo‘lib, selyullozadan tayyorlanadi. Oliy naviga 25% mato bo‘lagi qo‘shiladi. Chizma chilik chizishda shuningdek, qo‘l mehnati darslarida foydalaniladi. Rangli va jiloli qog‘oz – mehnat darslarida keng qo‘llaniladi. Turli xil rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog‘ozlar to‘plami chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |