1-Mavzu: Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi Reja



Download 0,95 Mb.
bet13/13
Sana30.12.2021
Hajmi0,95 Mb.
#98756
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-Mavzu;matni

Ko‘rgazmali vositalar: kitob uchun muqova yasash ishlaridan namunalar, slaydlar.

Ko‘rgazmali jihozlar: maxsus karton, qog‘oz, qaychi, qalam, chizg‘ich, yelim, mato bo‘lagi.







Dars jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Og‘zaki bayon qilish, tushuntirish, tahlil qilish, aqliy hujum.

Shakl: Amaliy mashg‘ulot, savol-javob.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizimda baholash.




Dars jarayonini amalga oshirish bosqichlari

Natija: (rasm)





Tashkiliy qism: 10 daqiqa Darsga hozirlik ko‘rish.

Uyga vazifani mustahkamlash. Asosiy qism: 25 daqiqa Aqliy hujum.

Mavzuni bayon qilish.

Amaliy ish.



Yakuniy qism: 15 daqiqa Yangi mavzuni mustahkamlash.

O‘quvchilar bilimini baholash.

Uyga vazifa berish.


Darsning borishi Tashkiliy qism:

  • Salomlashish;

  • davomatni aniqlash;

  • uy vazifasini tekshirish;

  • ish joyi, ish quroli va materiallarini tayyorlash.

Asosiy qism: Aqliy hujum

O‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarni kitob muqovasi haqidagi bilim va tasavvurlarini aniqlaydi.



  • Kitob bizga nima uchun kerak?

  • Kitobni qanday asraymiz?

  • Kitob bizga do‘st bo‘la oladimi?

  • Kitobni to‘g‘ri saqlash haqida nimalarni bilasiz?

Qog‘ozdan kitob uchun muqova yasash haqida tushunchalar beriladi. Bunday foydali buyum tayyorlash orqali oila mablag‘iga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkinligini aytiladi, buning uchun qog‘ozdan kitob uchun muqova yasash taklif etiladi.

Yangi mavzu bayoni:

Kitoblarni muqovalab foydalanish ularning umrini yanada uzaytiradi. Kitob uchun muqovani o‘z qo‘llarimiz bilan tayyorl ashimiz ham mumkin.

Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘quvchilarning darsga tay yorligi o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi, zarur ish materiallari tanlab olinadi.

Amaliy ish: (darslik bilan ishlash)

Kitob uchun muqova yasash bosqichlari darslikdan kuzatiladi va bajariladi.





  • Kartondan o‘lcham olish va kartonning to‘rt tomonini o‘lcham asosida burchak qilib kesiladi;

  • Hosil bo‘lgan shaklni yon tomonlarining kesilgan qismini ichki qismiga qaratib buklanadi;

  • Tayyor bo‘lgan shaklning o‘rtasini belgilab, o‘tkir tig‘li buyum yordamida o‘rtasi sindiriladi;





  • Muqovaning singan qismidan teng ikkiga to‘rtburchak shakliga keltirib buklanadi;

  • Xuddi shu bosqichni keyingi uchlarida ham takrorlab, yuqoridagi uchlarini ichki qismiga buklab qo‘yiladi.

  • Kitob uchun muqova tayyor bo‘ldi. Muqovani old tomonini pastga qilib qo‘yib ochiladi va ichki qismiga yelim surtiladi va muqova yopiladi, bu ish old tomoniga ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.

Yakuniy qism.

Dars yakunida bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, o‘quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Har bir o‘quvchilar bajargan ishlariga qarab izohli baholanadi.

Uyga kitob uchun muqovani mukammal yasash, she’r yodlash vazi fasi beriladi.



Muqovalarni yasash ishlarini boshlashdan oldin o‘quvchilarni bosma xonaga ekskursiyaga olib borish, undan keyin suhbat o‘tkazish kerak. Suhbat jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar yozuvning paydo bo‘l ishi, kitob ishlab chiqarish texnologiyasi borasida qanday bilimga ega ekanliklarini aniqlaydi. U o‘quvchilarning bilimlariga tayanib, ularni to‘ldiradi, aniqlashtiradi va tizimga soladi. Suhbat jarayonida u qog‘ozdan yasalgan ko‘pgina narsalar: daftarlar, kitoblar, rasmli albomlar mustahkamroq material-karton bilan muhofaza qilinmasa tezda eskirishi, iflos bo‘lishi, yaroqsiz holga kelishi mumkinligini tushuntiradi.

Savollar


  1. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari qanday?

  2. Kartonning turlari va xususiyatlari qanday?

  3. Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari?

  4. Qog‘oz bilan ishlashda qanday asboblardan foydalaniladi?

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish