Pul jamg’arma vositasi. Pulning bu funksiyasi sotish va sotib olish jarayoniga zarurat bo`lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul muomala va to`lov aylanmasidan chetlashadi. Yig’ilgan pullar jamg’arma vositasi funksiyasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg’arishga imkoniyat yaratadi. Jamg’arma ikki yo`nalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg’arish yoki umuman jamg’arish. SHunaqa jamg’armalar borki, aniq bir mo`ljal bo`lmagan holda yig’ib boriladi, maqsadli jamg’armada odamlar mashina, asbobuskuna, uyjoy sotib olish yoki boshqa ma`lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag’ jamg’aradilar.
Pulning jamg’arma vositasi funksiyasi pulning pul aylanmasidan chiqib ketishiga olib keladi. Jamg’armada pul pul aylanmasining qaysidir kanallarida turib qoladi, natijada u mavjud aylanmadan ajralib ma`lum vaqtgacha mablag’ aylanmasiga qaytib tushmasligi mumkin.
Pulning jamg’arma va boylik to`lash vositasi funksiyasi pul muomalasini stixiyali ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o`zgarib turishi, pul massasining doimiy o`zgarib turishiga olib keladi. Qimmatbaho metallar, buyumlarning muomalaga kelibketib turishi, pul massasining hajmini ushlab turishi, pul muomalasi kanallarida pul oqimi ko`payib ketishining oldini olishi mumkin.
Pulning muomala vositasidan chiqib, jamg’armaga aylanishi va jamg’armaning muomala vositasiga aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab turuvchi zaruriy shart hisoblanadi.
Pulni jamg’arishga undaydigan omil – uning maxsus tovar, umumiy ekvivalentligi, ya`ni boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda almashtirish mumkinligidadir. Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. CHunki pulning sifati, soni bor. Pulning sifati cheksiz bo`lishi, ya`ni pulni zarur bo`lganda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o`lchansa, son jihatdan, albatta, pul summasi cheklangan bo`lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan cheklanmaganligi o`rtasida qaramaqarshilik bor. Mana shu qaramaqarshilik pulni jamg’arishga, pul qancha ko`p bo`lsa, uni yanada ko`paytirishga intilishga olib keladi. Jamg’arma funksiyasi pul muomalasida asosiy bo`lmasada, uni olib borishda katta ahamiyatga ega.
Jamg’arish, xazina to`plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina to`plash vositasi vazifasini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho metallar, toshlar bajarib kelgan va hozirgi kunda ham shu tovarlar boylik (pul) sifatida jamg’arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa qimmatbaho metall, toshlarning ahamiyati rivojlangan mamlakatlarda deyarli yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo`lsa, pulni biror qimmatbaho metallda jamlab qotirib qo`ygandan ko`ra, unga davlat yoki korporatsiyalarning qimmatbaho qog’ozlarini sotib olib, ulardan har yili daromad ko`rgan ancha qulay hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatganki, 100 biznesmendan faqat 4 tasi o`z pulini to`g’ri jamg’arib boyib ketar ekan. Qolganlari bo`lsa, pulni topadi, lekin oqilona jamg’arish yo`lini bilmagani uchun uni yo`qotarkan.
Bozor iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mablag’ini quyidagi aktivlarga qo`yish afzal hisoblanadi.
Birinchidan, davlatning qimmatbaho qog’ozlari, ya`ni uzoq muddatli obligatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo`yish. Davlatning qimmatbaho qog’ozlari kafolatlangan bo`ladi va ularning bahosi kamdankam hollarda o`zgaradi. O`zgarganda ham, sezilarsiz miqdorda o`zgaradi. SHuning uchun ham, davlatning qimmatbaho qog’ozlari yuqori likvidlikka ega bo`ladi.
Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatbaho qog’ozlari, ya`ni aktsiya va obligatsiyalariga qo`yish. Korporatsiya, korxonalarning aktsiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan kam bo`lishi mumkin. CHunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib ketsa, qo`yilgan mablag’ ko`zlangan natija bermasligi mumkin.
Agar mablag’ iqtisodiy barqaror korxonalarning qimmatbaho qog’oziga qo`yilsa, u davlatning qimmatbaho qog’oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi mumkin.
O`zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini vujudga keltirish va rivojlantirish bo`yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon O`zbekiston iqtisodini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bo`lib qoladi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga qo`yish yo`li bilan jamg’arish.
Bu usulda iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonga o`zgarishiga qaramay buyumda ifodalangan qiymat o`zini yo`qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodiyotga ega bo`lib, bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan bo`lsa, bu aktivlarning likvidligi uncha yuqori bo`lmasligi mumkin.
Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo`lgani uchun, uni xohlagan vaqtda, xohlagan to`lovni to`lashga yo`naltirilish mumkinligi uchun, nominalini o`zgartirmasligi uchun pul jamg’arma va xazina to`plash funksiyasini bajaradi. Pul jamg’armasi boylikning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul shaklida emas, boshqa shakllardan, masalan uyjoy, er, mashina, asbobuskuna, aktsiya, obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassamlashtirishi mumkin. Boylikning bu shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar inflyatsiya bo`lmasa) past bo`ladi va ularning narxi ham o`zgarishi mumkin. er, uyjoy, asbobuskuna, qimmatbaho qog’ozlarni pulga aylantirmasdan turib biror to`lovni qoplash uchun yo`naltirib bo`lmaydi. Pulni esa xohlagan paytda turli to`lovlarni qoplash uchun yo`naltirish mumkin.
Inflyatsiya sharoitida pulni jamg’arish xohlagan rejani amalga oshirishga imkon bermasligi mumkin. CHunki jamg’ariladigan pullar o`z qadrini bir necha marta yo`qotib boradi va unga ishonch yo`qoladi. Bu sharoitda milliy pul birliklari muomala va to`lov vositasi hamda baholar masshtabi bo`ladi, lekin jamg’arish vositasi bo`lib barqaror biror chet el valyutasi muomalaga kiradi va pul aktivlari shu valyutalarga almashtiriladi. SHu holni 50yillarda Janubiy Koreyada, 70yillarda Isroilda, hozirgi kunlarda MDH davlatlari amaliyotida ko`rish mumkin.
Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda, ketmaket bajarishi mumkin. Ba`zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funksiyalari birbiridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSH dollarida aniqlangan. Hisobkitoblarda tovar sotish va sotib olishda Xitoy valyutasi qo`llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflyatsiya davrida Isroilda, Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valyutasi muomala va to`lov vositasi sifatida ishlatilgan.
Adabiyotlarda1 pulning jahon puli funksiyasi to`g’risidagi g’oyani ham uchratish mumkin. Bu funksiyani biror valyutaga bog’lab qo`yish to`g’ri deb bo`lmaydi.
Agar biz tarixga e`tibor beradigan bo`lsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar, xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi oltinning jahon puli sifatida qo`llanilishiga olib kelgan. 1867 yilda Parijda qabul qilingan kelishuvga asosan, oltin davlatlar o`rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida qabul qilingan. 1922 yilda Genuyada o`tkazilgan konferentsiyadagi valyuta bitimiga asosan, AQSH dollari va Angliya funt sterlingi oltinning o`rinbosari sifatida e`lon qilindi va xalqaro to`lovlarda qo`llanila boshladi. 1944 yildagi Brettonvud konferentsiyasidan keyin jahon puli funksiyasi oltinda qoldirilgan holda, xalqaro to`lovlarda AQSH dollaridan ko`proq foydalanishga imkoniyat berildi. Dollarni oltinga almashtirish bo`yicha dollar kursi belgilandi va 35 dollar 31,1 gr. oltinga teng deb qabul qilindi. Keyinchalik har xil valyuta bloklari, valyuta kliringi tashkil qilindi. XX asrning 70yillaridan boshlab xalqaro to`lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob va to`lov birligi SDR (Special Drawing Rights) qo`llanila boshlagan.
1971 yilda SDRning oltin miqdori AQSH dollarinikidek 0,888 671 gr. oltinga teng deb belgilangan. Dollar devalvatsiya bo`lganidan keyin, 1 iyul 1974 yildan boshlab SDR qiymati 16 davlat valyutasining o`rtacha kursi, keyinchalik etakchi besh mamlakat valyutasi kursi bo`yicha aniqlanadigan bo`ldi.
1979 yil martdan boshlab, evropa valyuta tizimiga kiruvchi mamlakatlarda xalqaro hisobkitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi – eKYU (Europen Currencu Unit)ni qo`llaydigan bo`lishdi. eKYU – bu a`zo mamlakatlarning banklaridagi hisob raqamlariga yozib qo`yiladigan hisob birligi. Iqtisodchilarimiz o`rtasida pulning jahon puli funksiyasi mavjud deyuvchilar, biz yuqorida qisqacha ta`riflagan valyuta kliringi, SDR, eKYU kabi to`lov vositalariga jahon puli sifatida qaraydilar. Lekin SDR, eKYULAR asosan, to`lovlarni amalga oshirishda qo`llaniladi. Bu jarayon esa pulning to`lov vositasi funksiyasida o`z aksini topadi. Bu holda to`lov jarayoni mamlakat ichidagina emas, davlatlararo munosabatlarni ham o`z ichiga oladi.
Bizning fikrimizcha, pul yuqorida keltirilgan funksiyalarni alohida olingan davlatda yoki davlatlar o`rtasida bajarishi mumkin. Bu holda, biror mamlakatning valyutasi jahon puli funksiyasini bajaradi, deb xulosa qilishga o`rin qolmaydi.
Pulning funksiyalari birbiri bilan uzviy bog’liq va ular birbirini to`ldirgan holda pulning mohiyatini to`liq ifoda qiladi.
Pulning asosiy funksiyalaridan biri qiymat o`lchovi funksiyasi hisoblanadi. Ba`zi chet el iqtisodiy adabiyotlarida pulning birinchi funksiyasi sifatida muomala vositasi funksiyasi, keyin qiymat o`lchovi funksiyasi keltiriladi. Bizning fikrimizcha, pulning funksiyalari to`g’risida gapirganda, funksiyalarning ketmaketligiga e`tibor berish zarur. Pul qiymat o`lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, muomala, jamg’arma vositasi bo`la olmaydi. Pulning qiymat o`lchovi sifatidagi mustahkamligi uning muomala, to`lov, jamg’arma funksiyalarida o`rni va ahamiyatini oshiradi. Pulning qiymat o`lchovi funksiyasining to`la qonli bajarilishi, avvalambor, tovarlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni ko`rsatish sohasidagi barcha sarfxarajatlarlarni to`la ifodalash imkonini beradi. Pul qiymat o`lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, ishlab chiqarilgan tovar yoki ko`rsatilayotgan xizmatlar bozor munosabatlarining sub`ektlari uchun, ularning xo`jalik faoliyati uchun to`liq tatbiq qilina olmasligi mumkin. YA`ni pul muomala vositasini bajarishi uchun, avvalambor, muomala vositasining dastagi bo`lgan tovarlar yoki xizmatlarning qiymatini aniqlashi hamda bahosini belgilashi lozim. Qiymati aniqlanib, bahosi belgilangan tovar yoki xizmat muomalaga chiqarilishi yoki havola qilinishi mumkin. Muomala vositasi funksiyasi pulning qachon va qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, pulning keyingi funksiyalarini amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Pulning qiymat o`lchovi va muomala vositalari uzviy davomi sifatida pulning to`lov vositasi va jamg’arma vositasi funksiyalari amalga oshiriladi.
Biz yuqorida ta`kidlaganimizdek, ba`zi xorijiy mamlakatlar iqtisodchilari, ayniqsa, rivojlangan davlatlar iqtisodchi olimlari pulning to`lov vositasi funksiyasini e`tibordan chetda qoldirishadi yoki muomala vositasi funksiyasiga qo`shib yuborishadi. Albatta, bozor munosabatlari har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda naqd va naqdsiz pul o`rtasida tafovut mavjud emas. SHu bois, pul muomalasida keskin o`zgarishlar bo`lmagan sharoitda pulning to`lov vositasi funksiyasi muomala vositasining davomi sifatida qaralishi mumkin. Lekin to`lov vositasi funksiyasining alohida olib qaralishi bozor munosabatlari rivojlanayotgan mamlakatlarda o`zining maqsadli vazifalarini bajarishga asos yaratadi. Birbiri bilan bog’liq bo`lgan bu ikki funksiya orqali, avvalambor, muayyan davrda vaqtda qancha miqdorda naqd pulga talab borligini aniqlash va bu orqali pul muomalasini barqarorlashtirish yo`llarini tanlash mumkin. Muomala vositasi funksiyasida naqd pul aylanishini aniqlash imkoniyati yaratiladi. To`lov vositasi funksiyasi esa sub`ektlarning qarz majburiyatlari miqdorini aniqlash va ularni amalga oshirishda qancha miqdorda naqd pul yoki qancha miqdordagi mablag’larni naqdsiz o`tkazish mumkinligi to`g’risida ma`lumotlarga ega bo`lishimiz hamda mazkur aylanmaning samarali va uzluksiz bo`lishini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Muomala va to`lov vositasi funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida pulning jamg’arma vositasi funksiyalarining bajarilishiga zamin yaratiladi. Muomala vositasining bajarilishidan qolgan pullar yoki muomalada bo`lmagan pullar jamg’armaga yo`naltirilishi mumkin. To`lov vositasi funksiyasi yordamida shakllangan, iste`mol uchun yo`naltirilgan mablag’lar jamg’arilishi mumkin. Jismoniy shaxslar ehtiyoji va iste`molidan ortiqcha pul mablag’larini qo`llarida yoki banklar va boshqa kredit muassasalarida jamg’arishlari mumkin bo`lsa, yuridik shaxslar ehtiyojidan ortiqcha pul mablag’larini o`zlarining banklardagi hisobraqamlarida jamg’arishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari birbiri bilan uzviy bog’liq va ular birbirini to`ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy bog’liqligi va birbirini to`ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta`minlashga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |