1-mavzu: «Pul va banklar» fanining predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lishi, zarurligi va funksiyalari. Reja



Download 73,42 Kb.
bet10/12
Sana07.01.2022
Hajmi73,42 Kb.
#326091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu-pulning mohiyati va funksiyalari

Muomala vositasi funksiyasi. Muomala vositasi funksiyasida pul yordamida tovar o`zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Bu funksiyani bajarish uchun naqd pul bo`lishi lozim. Bu funksiya yordamida tovarlarni birbiriga ayirboshlashbarter usuliga chek qo`yiladi. Tarixiy taraqqiyot ko`rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter mehnat mahsulini ayirbosh qilishning yagona yo`li bo`lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo`lganki, A tovar egasi, B tovarni sotib olish uchun, nafaqat B tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur bo`lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo`lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb qilgan holda ko`zlagan maqsadga erishish mumkin bo`lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natijasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifatida o`z ahamiyatini yo`qotdi. Lekin shuni ta`kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba`zi hollarda jahon amaliyotida qo`llanilib kelmoqda.

Tovar defitsiti, inflyatsiya sur`atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning yo`qligi sharoitida barter bo`yicha tovarlar harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.

Pulning muomala vositasi funksiyasida tovar qo`ldan qo`lga o`tadi va muomaladan chetlashadi, ya`ni iste`molchi egaligiga o`tadi. Pul va tovarning harakati (TPT) qisqa vaqt ichida tugallanadi.

Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovarpul va pultovar) o`tib turishi pulning muomala vositasi funksiyasining asosini tashkil qiladi.

SHuning uchun ham, bu funksiyani bajarishda naqd pul bo`lishi, u barqaror, sifati yuqori bo`lishi kerak.

O`zbekistonda muomala vositasi funksiyasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog’oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdosotiq hajmiga, ish haqi to`lashning vaqtiga, aholining bankdan qarzga mablag’lar olish imkoniyatiga va boshqa omillarga bog’liq. Savdosotiq hajmining ko`pligi va ish haqining teztez to`lab turilishi muomalaga ko`p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko`proq kredit olish imkoniyatiga ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. SHuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo`jalik, kichik korxona, fermer xo`jaliklarining ko`payishi muomala vositasiga bo`lgan talabni kamaytiradi.

Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala xarajatlarining barter xarajatlariga nisbatan ancha past bo`lishini ta`minlaydi. Pulning muomala vositasi funksiyasi uning boshqa funksiyalaridan o`zining ma`lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi funksiyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

– bu funksiyani real, naqd pullar bajaradi;

– tovar va pul birbiriga qaramaqarshi, bir traektoriyada harakat qiladi;

– tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;

– tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o`rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega bo`ladilar;

– pul muomala vositasi bo`lishi uchun, avvalambor qiymat o`lchovi bo`lishi kerak.




Download 73,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish