1-mavzu. Pul nazarisining asosiy tushunchalari. Pulning funktsiyalari va turlari



Download 53,56 Kb.
bet19/20
Sana05.05.2023
Hajmi53,56 Kb.
#935621
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-мавзу лат

Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo'llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir.
Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Pul mablag'lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pul mablag'larining ikki tipi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi.
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo'lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funktsiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan.
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o'tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko'rsatiladi:
1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o'rtasidagi o'zaro nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi;
2) qo'shaloq valyuta tizimi – ikki metall o'rtasidagi o'zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo'lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi;
3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo'ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo'lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi:
1) oltin tangali standart – to'laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;
2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi.
Hamma ko'rinishlardagi oltin standartning bekor qilinganidan keyin kredit belgilari muomalasi tizimi o'rnatiladi va Bretton-Vudc va Yamayka tizimlari izchillik bilan shakllantiriladi. Asosiy farq potentsial oltin tarkibga ega valyutalarning bilvosita aloqasining idrok etilishidadir. Bretton-Vuds tizimi yana oltin zaxiralarining nominal rolini ham hisobga oladi va xalqaro hisob-kitoblarda oltinga ekvivalent rolini bag'ishlaydi, Yamayka tizimi esa oltin metallga nisbatan har qanday bog'lanishni mutlaqo inkor qiladi. Pullar bo'yicha o'zaro munosabatlarning yangi tizimi quyidagilar bilan tavsiflanadi:
1) o'zlashtirish bo'yicha maxsus huquqlarning (O'MH) jahon pullari va jahon hisobga olish birligi sifatida e'lon qilinishi;
2) O'MH kursini hisob-kitob qilish tizimida AQSh dollarining katta rol' o'ynashi;
3) oltin o'zining pullik rolini butunlay yo'qotadi, lekin davlatning zaxirasi va boshqa mamlakatlarning valyuta birliklarini sotib olish usuli sifatida qoladi.

Download 53,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish