Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Agregatsiya - olomon, tasodifiy hodisaning tomoshabini.
Guruh - ma`lum maqsad asosida to`plangan, ikki va undan ortiq kishilar uyushmasi.
Jamoa - uyushgan guruhlar asosida jamiyat maqsadlarini ko`zlab ish yuritadigan guruh.
Konformlilik - shaxsni boshqalarning xulq -atvor motivlarini o`zining faoliyati uchun asos sifatida qabul
qilishi.
Lider - boshqalar faoliyatiga rahbarlik qila oladigan guruh a`zosi.
Referent guruh - shaxs o`z xulq - atvorida o`rnak oladigan, guruh bahosi shaxs uchun ma`lum ahamiyatga
ega bo`ladigan guruh, shaxs uchun namuna bo`ladigan guruh.
Sotsiometriya - Moreno tomonidan ishlab chiqiladigan, shaxsning guruhdagi mavqeini aniqlab beradigan
ijtimoiy - psixologik metod.
Ustanovka - shaxsning atrofdagilarni anglamasdan idrok qilishi.
SHartli guruh - ma`lum belgini asos qilib tuziladigan guruh.
Empatiya - boshqalarga hamdardlik bildirish.
1. Guruh va jamoa haqida tushuncha
Pedagog yoki tarbiyachi o`z ishida faqat birgina o`quvchining o`zi bilan emas, balki turli guruh va
jamoalar bilan munosabatda bo`ladi. SHuning uchun dastlab u o`zi bilan bolalar o`rtasida guruh yoki
jamoa tuzib olishi kerak. Guruh deb, ikki yoki undan ortiq kishilar uyushmasiga aytiladi. Masalan,
o`quvchilar guruhi, sinfda qandaydir boshliq atrofiga to`plangan bolalar guruhi.
Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir guruh yoki jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot
qiladi. Guruh va jamoalar doimo o`zgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi
kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya o`rganadi. Guruhning eng yuksak shakli
jamoadir. Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa
bo`la olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar to`dasini jamoa deb bo`lmaydi. CHunki ularning
maqsadi faqat o`zlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir. Ular ichki manfaatidan
tashqariga chiqa olmaydi. Haqiqiy jamoa a`zolari jamiyat rivoji, o`z xalqining moddiy hayot farovonligini
oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, o`qituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi,
olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy
maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning
bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi.
Ushinskiy K. D. , Leont`ev A.N, Anan’ev B. G, Kovalev A. G. kabilarning ishlari shaxs va jamoaning
tarkib topishiga qaratilgan.
Har qanday jamoaning maqsadlari shu jamoaning o`z ichida cheklanmay, jamoa doirasidan
chetga chiqishi kerak. Sнunda jamoa a`zolarining javobgarlik hissi ortadi. Har bir jamoa o`zidan katta bir
jamoaning bir qismidir. Masalan: 1 - kurs talabalar jamoasi fakul’tet jamoasining, fakul’tet jamoasi esa
universitet jamoasining bir qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |