20-mavzu: Bolalarda diqqatning rivojlanishi
Reja:
1.Bolalarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat xususiyatlari.
2.Barqaror diqqatning tarkib topishi.
3.Diqqatning ko’lami, bo’linuvchanligi zaifligining faoliyatda ko’rinishi.
Tayanch tushunchalar: Diqqatning xususiyatlari, Diqqatning barqarorligi
Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqat-ning bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada ko‘zga tashlanadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o‘z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki, diqqatni ma’lum muddat davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata olmaydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hatto o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqarorligi bu uncha-muncha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog‘liqdir. Bularning hammasi obyektiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi, albatta subyektiv, ya’ni odamning ayni chog‘dagi holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni chog‘da betob bo‘lib turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tashvish tushgan odam- ning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi.
Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bilan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlaridan biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. Diqqat tebranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqti- vaqti bilan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tu- shuniladi. Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga quloq soladigan bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, diqqatimiz jaMgan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh baland, goh past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik farqini ajratishda ham xuddi shunday hodisa yuz beradi. Diqqat- ning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi 2—3 sekunddan oshmaydi (ko‘pi bilan 12 sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning o‘zgarib turishi ikkilanuvchi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok qilishda ko‘rinadi. Agar bir necha daqiqa davomida kesik pi- ramidaning tasviriga tikilib qaralsa, uning ustki tomoni goh oldinga chiqqandek, goh orqaga ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.
Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi, mazmundor bo‘lsa shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish mumkin bo‘ladi. Bolalarni hayvonot bog‘iga olib borganda yoki juda qiziqarli ertak o‘qib berayotganda ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, diqqatimiz qaratilgan narsa bilan faol munosabatda bo‘layotganimizda ham diqqatimiz kuchli va barqaror bo‘ladi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni idrok qilish bilangina cheklanmay, bu o‘yinchoqlar bilan faol harakatda bo‘lsalar (masalan, kubiklardan biron narsa yasash yoki mashinalarni qo‘l bilan yurgizish kabi) ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi.
Diqqatning ko‘lami. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami keng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqati- ning ko‘lami torroq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqt- da odamning idrokiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratiladigan narsalarning qanchasini ongimizga sig‘dira olishimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi.
Diqqatning ko‘lamini tajriba yo‘li bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatining ko‘lami aniqlanayotgan odamga ayni bir vaqtning o‘zida bir necha o‘zaro bog‘lanmagan harflar, raqamlar va turli geometrik shakllar ko‘rsatiladi. Bunda odam ko‘rsatilayotgan narsalardan qanchasini birdaniga idrok eta olsa, ya’ni diqqat doirasiga sig‘dira olsa uning diqqati shunchalik keng bo‘ladi.
Bu asbob yordamida diqqat ko‘lami aniqlanayotgan odamga ayni bir vaqtning o‘zida idrok ettiriladigan narsalar juda tez, ya’ni daqiqaning o‘ndan, yigirmadan... ellikdan bir bo‘lagi mobaynida ko‘rsatiladi. Bunda odam diqqati doirasiga qancha narsani sig‘dira olsa, ana shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, katta yoshli odamlar o‘z diqqat doirasiga ayni bir vaqtda uchtadan oltitagacha bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalarni — harf- lar, raqamlar, shakllar va hokazolarni sig‘dira oladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan juda tor bo‘ladi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtda o‘z diqqat doiralariga 2—3 tadan ortiq narsani sig‘dira olmaydilar. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odamning turmush tajribasi va mashq qilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odam idrok qilayotgan narsalarni atroflicha va chuqur aks ettirilishida hamda bilish jarayonining sifatli bo‘lishida katta ahamiyatga egadir.
Diqqatning ko‘chuvchanligi. Ongli ravishda diqqatni yangi obyektga qaratish diqqatning ko‘chirilishi deyiladi. Diqqatning ko‘chuvchanligi diqqatning bo‘linuvchanligi bilan bog‘liq xususiyatdir. Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati juda ko‘p faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o‘qib berish mashg‘ulotida bolalar o‘z diqqatlarini hikoyani eshirishdan surat ko‘rishga, undan so‘ng yana eshitishga bemalol ko‘chira olishrari kerak. O‘quvchilar o‘z diqqat- larini bir darsdan boshqa bir darsga ko‘chira olishlari kerak.
Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko‘chavermaydi. Ba’zan qiyinchiliklarga duch keladi. Albatta bunday sabablardan biri diqqatning ko‘chirilishi lozim bo‘lgan narsalar yoki harakatlar o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligidir. Agarda diqqatimiz ko‘chirilishi lozim bo‘lgan narsalar o‘rtasida ma’lum jihatdan mazmunli bog‘lanish bo‘lsa, diqqatimiz osonlik bilan ko‘chadi. Odamning qiziqish va ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga diqqat yengillik bilan ko‘chadi. Masalan, bolalar o‘zlari yaxshi ko‘rgan bir o‘yindan boshqa bir shunga o‘xshash o‘yinga tez kirishib ketadilar, ya’ni diqqatlarini yengillik bilan ko‘chira oladilar.
Diqqatning taqsimlanishi. Odamning diqqati ayni bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga birdaniga qaratilishi mumkin. Demak, diqqatning taqsimlanishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizning ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo‘lsa, bu taqsimlangan diqqat deb yuritiladi. Diqqatning ayni bir chog‘da ikki yoki uch narsaga qaratilishi, ya’ni bir necha narsalarga bo‘linishi amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo‘linishi, ya’ni ayni bir vaqtda ikki yoki uch narsaga birdaniga qaratilishi o‘z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan boshqa bir narsaga nihoyatda tezlik bilan ko‘chishidan iboratdir. Diqqatning bo‘linishi talab qilingan paytda diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko‘chadiki, buni biz payqay olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o‘zida bir necha narsararga birdaniga qaratilayotgandek, ya’ni taqsimlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadi.
Diqqatning bu xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan texnika davri diqqatning taqsimlash xususiyatini talab qiladi. Bu xususiyat barcha ilmiy xodimlar hamda pedagoglar uchun ham juda zarurdir.
Diqqatning buzilishi. Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik bu diqqatning kerak bo‘lganida boshqa obyektga tez ko‘chmasligidir. Parishonxorirlik holatida odamning ongi muayyan yo‘nalishga ega bo‘lmaydi, balki bir predmetdan boshqasiga ko‘chib turadi, ya’ni tarqoq bo‘ladi. Parishonxotirlikni 2 xil ma’noda qo‘llash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |