1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Download 450,02 Kb.
bet40/67
Sana03.05.2023
Hajmi450,02 Kb.
#934215
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Bog'liq
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:

  1. Tafakkur deb nimaga aytiladi?

  2. Tafakkurning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?

  3. Tafakkur turlari qanday?

  4. Xulosa chiqarishning qanday turlari bor?



30-mavzu: Nutq. Bolalarda nutqning rivojlanishi
Reja:
1.Nutq to`g`risida umumiy tushuncha.
2.Nutq va til. Nutq va tafakkurning o`zaro bog’liqligi.
3.Nutqning fiziologik asoslari.
Tayanch tushunchalar:Nutq turlari: og`zaki, yozma, monologik, dialogik, ichki va tashqi, imo-ishorali, aks-sadoli, yig`iq va yoyiq kabilar. Nutq sifatlari va vazifalari.
Bola nutqining xususiyatlari. Nutqning muomalada ko’rinishi. Bola nutqining rivojida oila muhitining o’rni. Egosentrik nutq. Tarbiyachining bolalar nutqini rivojlantirishdagi vazifalari.
Bola bog‘cha yoshiga yetgach, so‘z boyligining ancha ortishi bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlata boshlaydi, so‘z zaxirasi juda tez ortadi.
Bu yoshda bolaning nutqi faqat miqdor jihatidangina ortib bormay balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan: ilk yoshdagi bolalar ancha so‘z boyligiga ega bo‘lishlariga qaramay ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etadilar. Bundan tashqari, bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini amaliy tarzda o‘zlashtira boshlaydilar.
So‘z boyliklari miqdor jihatidan bog‘cha yoshidagi bolalar­ning hammasida bir xil bo‘lmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z zaxirasining miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oilaning madaniyatiga, ma’naviyatiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa bola nutqining o‘sishi bilan mutlaqo shug‘ullanmaydilar. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z zaxirasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar ilk yoshdagi bolalarning nutqi asosan ular ayni shu chog‘da idrok qilib turgan narsalar va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bog‘cha yoshidagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan narsalardan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda xayol iy narsalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bolalar katta kishilar aytib yoki o‘qib bergan ertaklarni izchil ravishda qayta aytib bera oladilar. Bu yoshda bolalar nutqni juda tez egallaydilar. Shu- ning uchun ular o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham faqat og‘zaki tarzda o‘zlashtiradilar. Bolalarning o‘z ona tillari grammatikasining ayrim tomonlarini o‘zlashtirishlari maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan batamom farq qiladi.

Bola yoshi

1 yosh

2 yosh

3 yosh

4-5 yosh

6-7 yosh

So‘z boyligi

8-12

25-400

1200­
1300

2500­
3000

4000­
5000


Bogcha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni organib yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fel, sifat, olmosh, suffiks, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikaning juda kop qollaniladigan eng sodda qoidalarini kattalarning nutqlari orqali mazmunli oyinlarda taqlidiy yollar bilan amaliy ravishda ozlashtira boradilar. Malumki, nutqning osishi jarayo­nida bolalar soz turkumlaridan otlarni tez ozlashtiradilar. Bun­ga asosiy sabab shundaki, bolalar narsalarning nomlarini, otlarini oz nutqlarida koproq ishlatadilar. Orta va katta yoshdagi bogcha bolalari otlarni koplik, birlik, bolishli, bolishsiz shakllarda va turli kelishiklarda togri ishlata oladigan boladilar. Katta guruh bolalari so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladilar. Shuning uchun ular o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar so‘zlaganlarida, «bunaqa deb bo‘lmaydi» deb ularning nutqlarini to‘g‘rilaydigan bo‘ladilar.
Otlardan so‘ng bolalar so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar. Fe’llarning shaxs qo‘shimchalarini osonlik bilan egallasalar ham, lekin fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini o‘zlashtira olmaydilar. Kichik guruh bolalarida turmush tajribasi juda oz bo‘lganligi tufayli ularda o‘tgan va kelasi zamon tushunchalar hali shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ular o‘z nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. O‘rta va katta guruh bolalari fe’lning zamonga qarab o‘zgarib borishini to‘g‘ri ishlatadigan bo‘ladilar.
Nutq faqat boshqa odamlar bilan amalga oshiriladigan alo- qa vositagina bo‘lib qolmay, balki u bolalar uchun xulq-atvorni boshqarish vositasi hamdir. Turli yoshdagi bog‘cha bolalari o‘z xulq-atvorlarini, ya’ni ma’lum ijtimoiy sharoitda o‘zlarini qan­day tutishlarini tafakkur orqali o‘ylab idora qiladilar. Bunda nutq birinchi darajali ahamiyatga egadir. Odatda kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining nutqlari ikkinchi bir odamga emas, balki o‘zlariga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: «Anvar uxlaydi», «Anvarning qorni ochdi» deb gapiradilar. Bolalarning ana shunday o‘zlariga qaratilgan nutqi egostentrik nutq deb yuritiladi. Katta yoshli bog‘cha bolalarida egostentrik, ya’ni o‘z- o‘ziga qaratilgan nutq tugallanib normal holga keladi.
Shunday qilib, asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutq bola psixika­sining taraqqiyotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘chada va oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya va xususan, bog‘chada ona tilidan o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nutqini normal o‘stirish mumkin. Bola bog‘cha yoshining oxirgi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma turlaridan erkin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining bundan keyingi taraqqiyoti maktabda, o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
Tarbiyachining nutqi nutq talablariga rioya qilingan holda bo‘lishi kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmundorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi kerak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunday tar- biyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqishi va uning o‘zida ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bolalarga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda o‘zingiz ham qatnash- gandek bo‘ling...». Lekin hamma tarbiyachilar ham obrazga ki­rib hikoya yoki ertakni aytib bera olmaydilar. Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq bi­roz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab oli­shi qiyinroq kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma nutqdan iboratdir.
Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emotsional ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqini yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz ishonch hosil qiladi. Tarbiyachi fikrlarining haqchanligiga, bolalarni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turadi. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz ra­vishda bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar xarak- terga ega bo‘lib bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi.
Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, fikrlash jarayonining tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga, topqirligiga, kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir. O‘z nutqi­ni qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrining obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy bo‘ladi. Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u ham ravshan, ham tushunarli bo‘ladi. Mu­rakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon etiladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi.
Ammo fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. Nutqning juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, hodisalarni ko‘p keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bayon etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va umumlashtirishlar aniq bo‘lsa, tarbiyachining bayoni tushunarli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. Tarbiyachi nutqining sodda bo‘lishini unior mazmunga aylantirib yubormasligi kerak. U yetarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning murakkablashib ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish kerak.
Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining yoqimliligi (uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash ustida ishlash har bir pedagog uchun juda muhimdir. Tarbiyachining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ovozini goh baland, goh past qilib gapirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyachining baland ovozi bolalarni asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiyachi sinfdagi shovqinni ham eshita olmaydi. Juda past ovoz bilan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi eshitilmaydi. Eng yaxshi pedagoglarning tajribasi mavzuni o‘tishda bolalarning bilim darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining mazmuniga, tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan vazifaga, ishning boshqa sharoitlariga qarab nutqning biror shaklidan maqsadga muvofiq foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.
Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bi­lan chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida o‘ylashga, uni emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir.

Download 450,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish