1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Download 450,02 Kb.
bet32/67
Sana03.05.2023
Hajmi450,02 Kb.
#934215
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:
1.Bolalarda sezgilarning rivojlanishi haqida nimalar bilasiz?
2.Sezgilar haqida umumiy tushunchani ayting.
3.Sezgining inson hayoti va faoliyatidagi o`rni haqida gapiring.
23-mavzu: Idrok. Bolalarda idrokning rivojlanishi
Reja:
1.Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv – fiziologik asoslari.
2.Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, ikkilanuvchanligi. Idrokning darajalari: persepsiya, appersepsiya, gallyutsinatsiya, illyuziya.
3.Idrok shakllari: fazoni idrok qilish, vaqtni idrok etish, harakatni idrok qilish. Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta`siri.
Tayanch tushunchalar: Bilimlarni o’zlashtirishda kuzatuvchanlikning ahamiyati. Idrok xususiyatlarining rasmlarda aks etishi.
Bolalar idroki rivojlanishi xususiyatlari. Idrokning rivojlanishiga nutq, buyumlar rangi, shaklini tahlil qila olish, rasmlarni idrok qilishning ta’siri. Idrokning predmetliligi va doimiyligi. Bolalarning vaqt, fazo, harakat, nutqni idrok qilishlari.Idrok shakllaridagi tasavvurlarning faoliyat turlari jarayonida o’zlashtirilishi.Bolalarda kuzatuvchanlikni tarbiyalash.
Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, birinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ik­kinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning nati­jasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bi­lan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshdagi bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilishda faqat narsaning o‘zigina emas, balki uning nomi ham birga qatnashadi. Bolalar idrokini takomillashtirish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki, qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikkala signallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlaridan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsalarning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Biroq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyaliga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgilarni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat aniq tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli bog‘cha yoshidagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsalarning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shaklidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Lekin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bolalari) narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakllar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmetlashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani «g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar.
Rus psixologlaridan S.L. Rubinshteyn, S.N. Shabalin va M.N. Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu narsalarning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andazalariga) qarab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qarab) bu narsalarning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar. Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ra­vishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu narsalarning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan shaklga ham asoslanadilar. Kichik guruh bolalari turli geometrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar guruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani aylanalar guruhiga yanglishmay ajraladilar. Bu o‘rinda shu nar­sa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsalarni shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish ke­rak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsalar yasash va rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali erishish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetishmovchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasmni idrok qilishga nisbatan bolalarning analilik munosabatda bo‘lolmasliklaridir. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir- biri bilan ma’lum munosabatda emas, balki tasvirlangan narsalarning hammasini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ularda hali analiz qilish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tar­biyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz qilishga o‘rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini, birinchidan, ko‘rsatilayotgan rasmning maz­munini to‘g‘ri idrok qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga, ya’ni rasmdagi narsalarni bir-biridan keskin farq qila bilishga, uchinchidan esa, rasmda tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Rasmlarni idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga qo‘yilgandagina bolalarning analitik idrok qilish qobiliyatini hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoli- yatidir. Ular o‘zlarining kundalik o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p narsalarga to‘qnash keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok qilib, bir-birlariga tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliyatida ularning idroki to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshida­gi bolalarda turmush tajribasining yetarli emasligi ba’zan ular idrokining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu murakkab idrok jarayonida, ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabat- larni, fazo hamda vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar. Narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni hamda vaqtni bolalar asosan bog‘cha yoshidagi davrda o‘zlashtira boshlaydi. Bola- lar o‘zidan uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lish jarayonida fazoviy tushun- chalarni to‘g‘ri idrok qila boshlaydilar. Bunda tarbiyachilarning narsalar o‘rtasidagi har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifo-da etishlari bolalar idrokining rivojlanishiga katta yordam beradi. Uzoq-yaqin, baland-past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor kabi fazoviy tushunchalarni hamda narsalar o‘rtasidagi bunday fazoviy munosabatlarni bolalar o‘z faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va mashg‘ulotlarda ma’lum darajada o‘zlashtirib boradilar. Lekin, chap va o‘ng kabi tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatish zarur, chunki bola chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p ishlarni chap qo‘lida bajaradigan bo‘lib qolishi mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning yetarli darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm chizganlarida narsalarni narsalarning hajm munosabatlariga unchalik e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning balandligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa terakning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabat­larni to‘g‘ri idrok qilish va fazoviy munosabatlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush tajribalari orta borishi davomida o‘sib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari fazoni idrok qilishlari kabi mukammal xarakterga ega emas. Bolalar­da vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan ham qiyinroq desak yanglishmaymiz. Bolalar uchun vaqt- ni idrok qilishda qiyin tomonlaridan biri shuki, ular vaqtning uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov harakatini) anglay olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu narsani ularga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada bolalar vaqt o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali aniqlashtirib idrok qilishga intiladilar.

Download 450,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish