1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti. Psixika va ongning tarqqiyoti


Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayon



Download 81,16 Kb.
bet6/19
Sana02.02.2022
Hajmi81,16 Kb.
#425233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti

Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayon. Idrok qilish, xotira, ong yoki psixomotorikaning o‘zini emas, balki shu kabi hodisalar, jarayonlar xos bo‘lgan insonning psixik faolligini namoyon qiladi. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, psixikaning o‘ziga xos xususiyati uning individga, sub’ektga tegishliligidir. Boshqa xususiyati esa – sub’ektning psixikadan, ongdan mustaqil ob’ektga bo‘lgan munosabati. «Har qanday psixik hodisa boshqalaridan ajratilib, nimaningdir kechinmasi ekanligiga binoan, ma’lum kechinma sifatida belgilanadi, ichki tabiati uning tashqi olamga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi»6. Psixikaning o‘ziga xosligi uning voqelikning haqiqiy tomoni ekanligi – haqiqiylik va mukammallik birliginining aksi ekanligidan iborat. Psixika – bu ob’ektiv olamning sub’ektiv tasviri. Psixika individning hulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. SHunday ekan, psixikani ob’ektiv voqelikning insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini tartibga keltiruvchi ideal obrazlarda sub’ektiv aks etishi, deb ta’riflash mumkin mojno. Psixikaning mazmuni o‘zida psixik obrazlarnigina (his-tuyg‘uli va maqsadga muvofiq) emas, balki, obrazdan tashqari tarkibiy qismlarni – shaxsning umumqadriyatlarni nazarda tutib ish ko‘rishini, hodisalarning mazmun, mohiyatini, shuningdek, aqliy faoliyatni ham jamlaydi.
L.M. Vekkerning fikriga asosan, psixikaning empirik belgilari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi: predmetlilik – obraz tashuvchining emas, balki, psixik obrazning yakuniy xususiyatlarini ob’ekt xossalarining atamalarida ifodalash; sub’ektlilik – psixik obraz yoki ko‘rinishda organning rivoji ko‘rsatilmagan taqdirda; tuyg‘ularga erishib bo‘lmaslikobrazni emas, ob’ektning o‘zini ko‘ramiz; jonli mavjudotlar (hayvonlar)ning tirik organizmlarning xususiy shakli sifatidagi ichki sabab natijasida vujudga keladigan faolligi.
SHunday qilib, ilmiy tilda psixikani miyaning tashqi, shuningdek, ichki olamni aks ettirish va shu asosda harakatni, hulq-atvorni tartibga solish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. M.I. Enikeevning ta’rifiga ko‘ra, inson psixikasi – bu umuminsoniy tajribani o‘zlashtirish asosida uning atrof-olam bilan faol o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi aks ettirib-tartibga soluvchi faoliyati.
Psixikaning paydo bo‘lishini sxema tarzida quyidagicha tasavvur qilish mumkin: fizik, moddiy, voqelik jismoniy jarayonlar psixikada aks etishi (birlamchi va ikkilamchi obrazlar).
SHu asosda, hodisalar mustaqil fan hisoblanmish psixologiyaning predmeti bo‘lib xizmat qiladilar. Psixik hodisalar sifatida tuyg‘ular, fikrlar, istaklar, hislar, kechinmalarni o‘z ichiga olgan insonning ichki, sub’ektiv tajribasi qabul qilinadi. Bunday tajribaning asosiy xossasi bo‘lib bevosita sub’ektga taqdim etilganlik hisoblanadi bu esa: psixik jarayonlarning faqat o‘zimizda sodir bo‘libgina qolmasdan, balki, bevosita bizga ayon bo‘lishini anglatadi: biz faqat ko‘rib, his etib, fikrlab, xotirlab, istab qolmasdan, ko‘rishimiz, his etishimiz, fikrlashimiz va shu kabilarni bilamiz; intilib, ikkilanib yoki qaror qabul qilib qolmasdan, shu intilishlar, ikkilanishlar, qarorlar haqida bilamiz ham.

Download 81,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish