1-mavzu: Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari Asosiy savollar



Download 167 Kb.
bet2/7
Sana17.07.2022
Hajmi167 Kb.
#814217
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari

ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Davletshin M. G. Umumiy psixologiya. T., TDPU, 2002.
2. Ivanov I., Zufarova M. Umumiy psixologiya. O’z.FMJ., 2008.
3. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: 2009.
4. G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010.
5. A.K.Shamshetova, R.N.Melibayeva, X.E.Usmanova, I.O.Xaydarov. Umumiy psixologiya. 0‘quv qo‘llanma. - Т.: «Barkamol fayz media».
6. M. Xolnazarova “Umumiy psixalogiya” fanidan o’quv – uslubiy majmua. “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining (28-2019-1-bayonnoma) yig’ilishida tasdiqlangan va nashirga tavsiya qilingan.
1-mavzuning davomi: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
Asosiy savollar:
1.O’rta asr(metafizik, ratsionalistik) psixologiyasi.
2.Sharq mutafakkirlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlari
3. Rene Dekart psixologik nazariyasi
4.Jon Lokk o’arashlari(1632-1704)
5.Xristian Volf qarashlari(1679-1754).


O’QUV MAQSADI:
Umumiy psixologiya nazariyasi va tarixi fanining tarixini tushuntirib beradi. O’rta asr(metafizik, ratsionalistik) psixologiyasi. Sharq mutafakkirlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlari Rene Dekart psixologik nazariyasi, Jon Lokk o’arashlari (1632-1704), Xristian Volf qarashlari (1679-1754) ochib berish.


GLOSSARIY:
metafizik, ratsionalistik, determinizm, indeterminizm, materialistik tendensiyalar,ruxiy quvvat, tashqi quvvat,mijoz


1.O’rta asr(metafizik, ratsionalistik) psixologiyasi.
Platon bilan Aristotel yaratgan ruh haqidagi ta’limot o’rta asrlarda Sharqda ham, G’arbda ham hukmron bo’lib keldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik (XVII asrda) metafizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oladi.
Bu psixologiyaning metafizik deb atalalishiga sabab, uning tekshirish predmeti bo’lgan - ruh, psixik jarayonlar - fizik hissiy dunyo chegarasi-dan tashqarida mavjud mohiyat, g’ayri jismiy bir narsa deb tushuntiriladi; shuning uchun ham ratsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish metodi tajribadan ajratilgan faqat quruq mulohazadan iborat edi.
O’rta asr mutafakkirlarining ruh va ruhiy hayot haqidagi mulohaza-lari, asosan, ruhning mohiyati haqidagi, uning kuchi, qobiliyatlari va ke­lib chiqishi haqidagi, uning tana oigandan keyingi taqdiri haqidagi, ruhning tanaga bo’lgan munosabati haqidagi masalalarga qaratilgan edi.
Ruhning mohiyati haqidagi masala, odatda, Platon va Aristotellarda qanday hal qilingan bo’lsa, xuddi shunday hal qilinar edi. Ruh o’z tabiatiga ko’ra barcha moddiy va jismoniy narsalarga qarama-qarshi qo’yilar edi.
Ruh o’z tabiatiga ko’ra alohida qobiliyatlarga egadir, deb fikr yuritilardi. Shuningdek, o’rta asr mutafakkirlari iroda masalasiga alohida e’tibor ber-dilar. Masalan, Avgustin Ipponskiy (353-430) birinchi bo’lib, kishining boshqa ruhiy qobiliyatlari orasida irodaning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritgan. Irodaning ustunligi haqida, ayniqsa, Dune Skott (1265-1308) ning ta’limoti juda yaqqoldir. Uning aytishicha, iroda aqldan ham yuqori turadi butun o’rta asr tarixi mobaynida, undan keyingi vaqt-larda ham, faylasuf va psixologiyada iroda erkinligi haqidagi tortishuv juda katta o’rin egalladi. Bu masala bo’yicha V asrdayoq ikkita oqim-determinizm va indeterminizm paydo bo’lgan.
Deterministlar (lot. Determinare - belgilamoq) inson irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari, sababiyat qonuniga bo’ysunadi, bino-barin, insonning barcha irodaviy harakatlari ham erkin emas, balki zaru-riyat bilan, o’z sabablari bilan belgilanadi, deb ta’lim berdilar.
Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning xatti-harakatlari har qanday sababiyatdan xoli erkin hamda zaruriyatga bog’liq emas, deb ta’lim berdilar. Indeterminizm sof idealistik ta’limot edi. Determinizmda esa, materialistik tendensiyalar ifodalangan edi.
Umumiy va mavhum tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkin­ligi haqidagi masaladan kam tortishuvlarga sababchi bo’lmadi. Bunda ikki oqim-realistlar bilan nominalistlar o’rtasida tortishuv ketadi.
Realistlar — umumiy tushunchalar («universallilar» o’sha vaqtda shun­day deb atashardi) real, obektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga bog’liq bo’lmagan holda aks etadi, deb da’vo qildilar. Shunday qilib, realistlar faqat Platonning narigi dunyo ideya (g’oya)lar dunyosi haqidagi, har bir kishi aqlidagi bu g’oyalarning tug’ma ekanligi haqidagi ta’limotini takrorladilar, xolos.
Anzelm Kenterberiyskiy (1033-1109) va Shampolik Vilgelm (mi­ll 70) lar realizmning eng ko’zga ko’ringan vakillari edi.
Nominalistlar (lot. nominale - nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat yakka predmetlarning nomlaridir, deb hisobladilar. Realistlarga qarama-qarshi o’laroq, nominalistlar faqat individual sifatlarga ega bo’lgan alo-hida-alohida narsalargina real mavjuddir, deb da’vo qildilar. Umumiy tushunchalar esa faqat biz butun bir klassga kiradigan predmetlarning hammasiga tatbiq qilinadigan so’zlardir. Nominalistlarning ta’limotida ba’zi bir o’rta asr mutafakkirlarning materialistik tendensiyalari ham ifo­dalangan. Marks nominalizm o’rta asrdagi materializmning ilk ifodasidir («Muqaddas oila»da) deb yozgan, Nominalizmning eng ko’zga ko’ringan vakillari 1. Rostselin (1050-1125), Duns Skott (1265-1308), Vilyam Okkam (1200-1349) lar edilar.
Ayrim psixik jarayonlarni tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon bo’ldi. Masalan, Roziy (28-avgust 865), Ibn Sino (980-1037), Forobiy va boshqalar o’zlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlarini bayon qildilar. O’rta osiyolik tabib va faylasuf Ibn Sino (980-1037) va arab mutaffakkiri Ibn Rashid (1125-1198)lar Aristotelga ergashib, «sezuvchi ruhning harakatlanuvchi vajozi-bador kuchlarini» o’rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilarni ularni keltirib chiqargan qo’zg’ovchilardan farq qilish zarurligi haqidagi masa­lani qo’yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o’rtasida yaqin aloqa va bog’lanishlar o’rnatishga intiladilar.
Qadimgi rusda kitob madaniyatining boshlanishi bilan (X—XI asr-larda) psixologiya sohasida G’arb va Sharq mutafakkirlarida qanday tarkib topgan bo’lsa, xuddi o’sha holda fikr va bilimlar tarqala boshlaydi.
Bu bilimlarning eng muhim manbai Vizantiya mutafakkirlari Ioann Damaskinning (673—777) grek tilidan slavyan tiliga tarjima qilingan «Dia-lektika» va «haqiqiy imon haqida» degan asarlari edi.
I. Damaskin ta’limotiga ko’ra, ruh alohida ilohiy substansiyadir. U so’z, aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo’lgan g’ayri jismiy, oddiy, tirik va abadiy mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil qiladi. Uni insonning o’sish va ko’payish kabi funksi-yalaridan ajratish mumkin emas. Ruh tana organlaridan o’z qurollari si­fatida foydalanadi va xulq hamda xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi.
Ayni vaqtda Damaskin ruh tanaga bog’liq. Masalan, u biologik o’sishga va boshqa tashqi sabablarga qarab o’zgaradi, deb ta’kidlaydi.
Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlash-ganligi sirli bir hodisa va insonning aqli buni bilishda ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda Aristotelning ta’siri va obro’si ko’rinib turibdi.
Ratsionalistik psixologiya psixologiya fani taraqqiyot idagi bosqich laming biridir. Hozirgi vaqtda bu psixologiyani bilish tarixiy jihatdan qiziqarli, xolos. Bu psixologiya qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega emas. Shu psixologiya negizida ishlab chiqilgan terminologiyanigina undan qol­gan meros deb hisoblash mumkin.
O’rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning esa mustaqil ahamiyati yo’q edi, u teologiyaning — dinning xizmatkori deb hisoblanardi. Psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo’li bilan dinning ba’zi qonun-qoidalarini — ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hokazolarni asoslash mumkin edi.
Binobarin, kapitalizmning taraqqiyoti va shu munosabat bilan ilmiy metodlarning kelib chiqishi va mukammallashuvi tufayli sxolastik falsafa, uning bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o’z o’mi va ahamiyatini yo’qotgan.



Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish