Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika va aniq fanlar fakulteti Boshlang’ch ta’lim yo’nalishi 2-kurs 3BT-20-guruh talabasiAbdumurodov Hasanning Pedagogika fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu : Pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Reja:
1. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni
1992-yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni 5 bob va 34 moddadan iborat bo’lib ta’lim tizimidagi barcha vazifalar, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, ta’lim muassisalarini tashkil etish, fa’oliyati, barham berish, ta’lim turlari, pedagogik fa’oliyat bilan shug’ullanish va ta’lim tizimini boshqarish masalalari bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelinmg asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiaadi.
Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori asosida O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati takomillashtirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’iim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb- hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Pedagogika - ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi.
Pedagogika fanining obyekti - yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogika fanining predmeti - ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Pedagogika fanining vazifalari
Pedagogika fani maqsadi va vazifalarinmg belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi.