1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


-MAVZU: TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHNING MOHIYATI. MAKTAB - BOSHQARISH OB’ЕKTI SIFATIDA. PЕDAGOG KADRLAR ATTЕSTATSIYASI



Download 1,36 Mb.
bet199/220
Sana28.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#514323
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   220
Bog'liq
new MARUZA MASHG`ULOTLAR

14-MAVZU: TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHNING MOHIYATI. MAKTAB - BOSHQARISH OB’ЕKTI SIFATIDA. PЕDAGOG KADRLAR ATTЕSTATSIYASI


REJA:

  1. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.

  2. Uzluksiz ta’lim.

  3. O’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va ularning maqsad va vazifalari.

  4. O’quv muassasalariga rahbarlik

  5. Boshqaruv tushunchasi. Boshqaruv metodlari

  6. Boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish



Tayanch so’z va iboralar: ta’lim muassasasi, menejment, prinsip,uzluksiz ta’lim, boshqaruv



  1. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari.

Mustaqillik yillarida, O’zbekiston Respublikasida, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish ustuvor yo’nalish sifatida ehtirof ctildi. O’zbekiston Respublikasi Oily Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Rcspublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo’nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur mehyoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:

  • fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslari;

  • ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;

  • har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;

  • pedagogk faoliyat bilan shug’ullanish huquqi;

  • ta’lim muassasasining huquqiy maqomi;

  • ta’lim tizimi va turlari;

  • ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;

  • ta’lim tizimini boshqarish.

O’zbekiston Rcspublikasining «Ta’lim to’g"risida»gi Qonunida alohida urg’u berilganidek, ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadi - jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiv tamoyillari ko’rsatib o’tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

  • Ta’lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo’lishi,

  • Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

  • Umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunarta’limining majburiyligi;

  • Umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining yo’nalishlarini tanlashning ixtiyoriyligi;

  • Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • Davlat ta’lim standarti doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • Ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • Bilimli bo’lishni va istehdodni rag’batlantirish;

  • Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniningmoddasida, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim va tarbiyaning insonoarvar va demokratik xarakterda bo’lishi ko’rsatilgan. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali hartomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta’limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon yaratadi. SHuningdek, ta’lim jarayonida lining ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Birso’z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini tahminlashga yo’naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Ta’lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki. ta’lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o’quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlaming inobatga olinishi, hammaning va har kimning madaniy jihatdan yuksak natijaraiga erishishini tahminlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o’quvchilarning xohishlariga ko’ra o’quv jadvalidan qo’shimcha fanlaming o’rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o’rgatilishi, fakultativ mashg’ulotlar hajmini kengaytirish, turli yo’nalishlarda to’garaklami tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o’tkazilishiga e’tibor berilishini anglatadi.
Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamovili respublikada uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari o’zaro aloqadorlik va bog’liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o’z navbatida ularning o’quv dasturlari oliy o’quv yurti o’quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o’zidan avvalgi bosqichda o’zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
SHuningdek, davlat ta’lim standartlari talablariga muvoflq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta’lim tizimi mazmuniga ko’ra bir tipdagi o’quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o’tib o’qish imkoniyati mavjud. CHunonchi, ta’lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o’quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan oliy o’quv yurtiga o’tib ta’limni davom ettirish huquqiga egalar.
Umumiy o’rta, shuningdek o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi tamoyili o’zida birinchidan, fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyojlari, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko’nikmalarini shakllantirish; ikkinchidan, o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishni tahminlash; uchinchidan, o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
O’zrta maxsus kasb-hunar ta’limining ixtiyoriyligi tamoyilining asosiy mohiyati o’quvchilarning yangi turdagi o’quv muassasalarida ta’lim olish yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanliklarini anglatadi. Bu ikki turdagi uch yillik maxsus ta’lim yo’nalishlarini o’quvchilar o’z iqtidorlari va xohish-istaklariga tayangan holda tanlaydilar. Ana shu tarzda o’quvchilarning biron-bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo’lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo’lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi.
Insoniyat mavjud ekan, har doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan- yangi fan yutuqlarini qo’lga kiritib boradi. Ta’lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni tahminlaydi. SHu bois ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda bo’lishi talab etiladi. SHuningdek, ta’lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to’g’ri xulosalar chiqarib, kelajakda o’zlarining munosib o’rinlarini topishga zamin yaratadi.


XX asr boshida Yevropa va AQShda ta’lim oluvchilarning individual, faol, mustaqil o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko‘rilgan. Ular orasida 1905 yili Massach usetsshtatining Dalton shahrida o‘qituvchi Yelena Park Xerst tomonidanbirinchiborqo‘llanilganta’limningindividuallashtirilgantizimisifatidae’tirofetilgan. Butizimdalton – rejanomibilanpedagogikagavamaktabtarixigakirdi. Bu ba’zan labaratoriya yoki ustaxonalar tizimi debham ataladi. Bu tizimning mazmun – mohiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish