MUNOSABATLAR
O’quvchilarning Vatanga munosabati
O’quvchilarning jamiyatga munosabati
O’quvchilarning o’z oilasiga munosabati
O’quvchilarning o’z maskaniga munosabati
O’quvchilarning bir-biriga munosabati
burch
vijdon
nomus
muhabbat
Insonda axloqning shakllanishi
Xatti-harakatlari- Mehnat -Odobi
Axloqiy tarbiya tizimini tashkil etuvchi omillar
adolat
ezgulik
sadoqat
ideal
e’tiqod
baxt
O’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maq-sadga yo’naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon bo’lib, Ushbu jarayon-da quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:
1. O’quvchilarga ma’naviy-axloqiy mehyorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi aha-miyati to’g’risida ma’lumot beriladi.
2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma’naviy-axloqiy ongni qaror toptirish.
3.O’quvchilarda ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlar (bilimlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehr-muhabbat, vatanga, xalq-qa muhabbat, ota-ona va kattalarga hurmat, insonparvarlik, saxovat, burchga sadoqat va hokazo)larni qaror toptirish.
4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.
5. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi tarixiy-obhektiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlar-ning o’zaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomilla-shuviga ko’rsatiladigan ta’sirning ijobiy, mo’tadil holatda bo’lishini tahminlashda ko’rinadi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi quyidagi umumiy mazmun asosida ro’y beradi:
- o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi ijtimoiy munosabatlar jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo’lgan yonda-shuvida namoyon bo’ladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyoti darajasiga bog’liq;
- o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamoloti obhektiv va sub-ektiv shart-sharoitlarning o’zaro uyg’unlashuvi asosida tashkil eti-ladigan uzluksiz, tizimli ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi natijasi-da vujudga keladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabat-larning yo’lga qo’yilishida ijobiy natijalarga olib keladi.
O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini amalga oshirish quyidagi tamoyillarga muvofiq yo’lga qo’yiladi:
1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ijtimoiy-g’oyaviy asosga ega ekanligi.
2. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiyaning izchil, tizimli, uzluksiz tashkil etilishi.
3. Ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya g’oyalarining aniq maqsadga yo’ naltirilganligi.
4.O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga har tomonlama (kompleks) yondashuv.
5. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etishda tarixiy voristik hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularda ilgari suril-gan g’oyalarga tayanib ish ko’rish.
6. Ijtimoiy faoliyatning insonparvarlik va demokratik xususiyat-larga ega ekanligi.
7. Ma’naviy-axloqiy ong va faoliyat birligi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish - faoliyat jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat ijobiy xislatlarni shakllantirishni, balki salbiy sifatlarni bartaraf etishni, har qanday axloqsiz xatti-harakatlarga qarshi kurashga o’quvchilarni undashni ham ko’zda tutadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o’quvchi (tarbiyalanuvchi)ning o’z-o’zini tarbiyalashni kuchaytirishi katta ahamiyatga ega.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida barkamol shaxs tarbiyalanib voyaga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |