1-mavzu: pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni



Download 35,79 Kb.
bet1/5
Sana20.04.2022
Hajmi35,79 Kb.
#567846
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MA


MA’RUZA MATNI
1-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O’QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI

  1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o’qituvchi faoliyati mazmuniga qo’yiladigan talablar.

  2. O’qituvchining umumiy madaniy saviyasi va qobiliyati.

  3. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.

  4. O’qituvchi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.

Tayanch so’zlar: o’qituvchi, pedagogik bilimlar, qobiliyat, pedagogik zakovat, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika.

  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TA’LIM TO’G’RISIDA”GI QONUNI HAMDA “KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” ASOSIDA O’QITUVCHI FAOLIYATI MAZMUNIGA QO’YILADIGAN TALABLAR.

Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Oliy o’quv yurtlarida ixtisos tayyorlash tizimida «Pedagogik mahorat» ko’rsini o’qitish maksadga muvofik bo’lib koldi. «Pedagogika nazariyasi», «Maktabda tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Fanlarni o’qitish uslubiyati», «Pedagogika tarixi» va «Pedagogik amaliyot» bilan bir katorda «Pedagogik mahorat asoslari»ni o’qitish ham bulgusi mutaxassislarni tayyorlashda, o’qituvchining malakasini oshirishda Milliy dasto’rning vazifalaridan biridir.
«Pedagogik mahorat» kursi o’qituvchilarni ilmiy – metodik va amaliy jihatdan tayyorlashni maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy yunalishlari: pedagogik ijodkorlik, pedagogik topkirlik, pedagogik muloqot, o’qituvchining professional sifatlari, o’qituvchi nutki, uning o’quvchiga har tomonlama ta‘sir etish mahorati, pedagogik texnika hamda o’qituvchining tarbiyachilik mahoratidan iborat. O’qituvchi faoliyati o’z xususiyatiga ko’ra ijodiy yunalishga ega. Shunga ko’ra ham yukorida sanab ko’rsatilgan yunalishlardan tashkari, o’qituvchining o’quvchilarga ta‘sir etish yullari, usullari, lektorlik san‘ati va mahorati kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o’qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishini, ana shu xil orzuning ushalishini Xo'sh Pedagogik mahorat va tehnika nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda «Pedagogik mahorat» tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak endiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif Pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g’ri yoritadi: “Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo’ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinnng qiladigan ishidir. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog - bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tsgishli sohalarini yaxshi tahlil eta olaadigan, tarbiyalash va o'qitish uglubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir”. Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo'ladi: Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi; O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim; Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ulardan o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish; O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik.
Pedagogik mahorat mazmunida quyidagi o'zaro bog’liq bo'lgan asosiy qismlarini ajratish mumkin:

  1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi;

  2. Mutaxassislikka doir bilimlar;

  3. Pedagogak qobiliyat;

  4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor)

O’qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uiing ijtimoiy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so'nmaydi. O’qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak.
Hozirgi davrda, biz mustakil O'zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy davlatda faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Hozirgi zamon o'qituvchisining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insopparvarlik yo'ialishidir. O’qituvchi juda yuksak darajada umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko'p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yan giliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har kuni o'qishga o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.
Demak, o'qituvchi Pedagogik mahorat va tehnikaining asosi o'z ustida ishlab borish – mustaqil o'qishdir.
«Pedagogik mahorat» fanining predmetini pedagogning faoliyati tashkil etadi. «Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan iborat.
Pedagogik mahorat fanining vazifalari:
- tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini ochib boradi;
- tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi bog’lanishlarni ko'rsatadi;
- shuningdek Pedagogik mahorat fani o'z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo'llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.
O'qituvchinnng Pedagogik mahorat shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko'rib va eshitib turgan narsalar orqali o'z fikrlarini yetkazish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat tarkibiy qismlari:
1. Kasbiy bilim: A) Nazariy bilimlar, B) Amaliy bilimlar, C) Metodik bilimlar
2. Pedagogik qobiliyat: A) Didaktik qobiliyat, B) Akademik qobiliyat, C) Perseptiv qobiliyat, D) Suggestiv qobiliyat va h.k.
O`zbekiston Respublikasi istiqlolini ta`lim muassas alari halq ho`jaligini turli sohalari uchun tayyorlayotgan kadrining kasbiy tayergarlik, aqli salohiyati hamda ijodiy qobiliyati belgilaydi degan g`oya «Kadrlar tayerlash milliy dasturi»nin yaratilishi uchun asos bo`ldi. Mazkur hujjat Respublika ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini ochib beruvchi muhim hujjatdir. Unda ta`limiy islohotlarning asosiy maqsadi «inson uchun har tamonlama o`yg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ruebga chiqarishning sharoitini va ta`sirchan mexanizmini yaratish, eski rgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarni o`zgartirish» dan iborat ekanligi qayd etib o`tildi. Dastur kadrlar tayerlash milliy modelini ruebga chiqarishni har tomonlama kamol topgan,jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy- siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini xisyotadigan fuqarolarni nazarda tutadi. «Kadrlar tayerlash milliy dasturi» ning maqsadi- ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlar dan to`la holos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va ahloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Ushbu maqsadni ruyobga chiqarish qo`yidagi vazifalar hal etilishini talab etiladi:
-ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurulishi jaraenlariga moslashish.
-Kadrlar tayerlash tizimi muassaslarini yuqori malakali mutaxassiislar bilan ta`minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko`tarish:
-Ta`lim oluvchilarni ma`naviy axloqiy tarbiyalashni ng va ma`rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish:
- Ta`lim va kadrlar tayerlash, ta`lim mutaxassislar ini attestatsiyadan o`tkazish va akkreditatsiya qilish sifatida baho berishning holis tizimini jori y etish:
- kadrlar tayyorlash sohasida o`zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.
Zamonaviy o`qituvchi qiyofasida qo`yidagi fazilatlar namayon bo`la olishi kerak.
1. O`qituvchi jamiyat ijtimoiy haetda ruy beraetgan o`zgarishla olib borilaetgan ijtimoiy islohatlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o`quvchilarga to`g`ri, asosli ma`lumotlarni berib borishi lozim.
2. Zamonaviy o`qituvchi ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo`lishi talab etiladi.
3. O`qituvchi o`z mutaxassisligi buyicha chuqur, puxta bilimga ega bo`lishi, o`z o`stida tinimsiz izlanishi lozim.
4. O`qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta`lim-t arbiya jarayonida o`quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. O`qituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo`lmog`i lozim.
6. O`qituvchi ijodkor tashabbuskor va tashkilotchil ik qobiliyatiga ega bo`lishi shart.
7. O`qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik laeqatiga, ega bo`lishi pedagogik texnika (nutq, yuz, qo`l-oyoq, va gavda harakatlari mimika, jism, patolimika) qonuniyatlarini chuqur o`zlashtirib olishga erishishi lozim.
8. O`qituvchi nutq madaniyatiga ega bo`lishi uning nutqi qo`yidagi hususiyatlarni o`zida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning to`g`riligi.
b) nutqning aniqligi.
v) nutqning ifodaviyligi
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so`zlaridan holi bo`lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi) jarayon (muyayan kasb eki soha mutaxassis likka hos so`zlar), vorvarizm (muayyan millat tilida bayon etilgan nutqda o`zga millatlarg a hos so`zlarga o`rinsiz qo`llanishi), vul`garizm (haqorat qilish, so`kishda qo`llaniladigan so`zlar) hamda komtsilyarizm (o`rni bo`lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqlarda) so`zlardan holi bo`lishi, o`qituvchi nutqi sodda, ravon va tushunarli bo`lishi kerak.
d) nutqning ravonligi.
j) nutqning boyligi (so`zlar, maqolalar,matallar hamda ko`chirma gaplardan foydalana olish).
9. O`qituvchi kiyinishi madaniyatiga (sodda, ozoda, bejirim, kiyinishi), ta`lim tarbiya jarayonida o`qituvchining turli hil diqqatni tez jalb etuvchi bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlardan foydalanmasligi, fasl, esh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi o`zlashtirishg a erishish) ega bo`lishi.
10. O`qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o`rnak bo`la olishi lozim. O`qituvchi shaxsining mazkur talablarini o`zida aks ettira olgan qiyofasi uning o`quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o`rtasida obro` e`tabor qozonishini ta`minlaydi.
Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilish;
- bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vatani tabiatiga va oilasiga bo'lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
- yosh va pedagogik-psixologiya, pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;
- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaqil bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasi bo'yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
- ta'lim-tarbiya metodikasini egallashi;
- o'z ishiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo'lishi;
- o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiyo ravishda oshirib borshi kabi talablarga to'la javob bera olishga intalishi lozim va shart.




  1. Download 35,79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish