1-mavzu. Pedagogik fikrlar taraqqiyoti ilmiy bilimlar sohasi sifatida.
Reja:
1. Pedagogik fikrlar taraqqiyoti fanining predmeti, vazifalari va tarkibi.
2.Pedagogik fikrlar taraqqiyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Pedagogik fikrlar taraqqiyoti fanining asosiy funksiyalari, manbalari.
4. Pedagogik hodisalarni o‘rganishga tarixiy yondashuv.
Asosiy tushunchalar:
Fan tarixi, metodologiya, pedagogika tarixini o‘rganish prinsiplari, mumtoz
adabiyot, globallashuv, “Avesto”, didaktika, ta’lim-tarbiya tizimi, ta’lim-
tarbiyaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni.
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida har bir fan obyektiv
bilimlar tizimi sifatida tarkib topgan, o‘zining rivojlanish bosqichlari mavjud.
Insoniyat hayotining muhim tarkibiy qismi, pedagogik ta’limotlar taraqqiyot omili
bo‘lgan, yosh avlodni ta’lim-tarbiyasi tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Pedagogik g‘oyalar, tajribalar kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab paydo
bo‘lgan, hayotiy tajribalar, ilmiy tahlillar, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillar,
yo‘llari, usullari, shakllari, vositalari takomillashgan, tarkib topgan har bir davrda
jamiyatning madaniy, iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy rivojlanishida hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Ana shu g‘oyalar, ta’limotlar, qonuniyatlar umumlashmasi yozma va
og‘zaki, hayotiy ananalar, qadriyatlar shaklida kelajak avlodlarga o‘tib kelgan.
Unga har bir davr, xalq, uning olimlari hayotiy tajribalari asosida o‘zining hissasini
qo‘shganlar. Ana shu tarixiy taraqqiyot tahlili pedagogika tarixining predmetidir.
Professor N. SHermuhammedova: “Fan tarixini o‘rganish XX asrda
boshlangan bo‘lsa-da, unga azaldan falsafaning yoki umumiy madaniyat
nazariyasining bir bo‘limi sifatida qaralgan”
1
, - deb yozadi. Bu fikr ayrim
fanlargagina taalluqli bo‘lishi mumkin. Lekin IX asrdayoq Abu Nasr Forobiy
2
ning
Arastu asarlarining tahlili, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimiy xalqlardan qolgan
yodgorliklar ”, “Hindiston” asarlari, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning
adabiyotshunoslik haqidagi tazkiralari, Firdavsiyning”Shohnoma” tarixiy asarida
50 podsholik davrida ta’lim-tarbiyani yoritilishi fanlar tarixi haqidagi tarixdir.
Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab, ta’lim-tarbiya paydo bo‘lgani
“pedagogika” tushunchasi meloddan oldin V - IV asrlarda qadimgi Yunoniston
tarbiyachilik faoliyatini ifodalagani pedagogika tarixining qadimiyligidan dalolat
beradi. Hayot sinovlaridan o‘tgan ta’lim – tarbiya mazmuni metodlari, shakl va
vositalari pedagogika tarixining predmetidir.
N. SHermuhammedova “Hozirgi davrda fanning tarixiyligini asoslovchi
uchta modelni ko‘rsatadi:
- fan tarixi ketma-ket progressiv jarayon natijasi;
fan tarixi ilmiy inqilob natijasi;
fan tarixi individial xususiy vaziyatlar majmui”.
1
N. Shermuhammedova “Falsafa va fan metodologiyasi” M. Ulug‘bek nomidagi O‘zMU.T.2005.388 b.
2
Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. –T.: o‘rta va oliy maktab, 1968. – 486 b.
Pedagogika tarixini ketma-ketlik, uzluksizlikda tadqiq etish imkoniyati yo‘q,
tarixiy manbalar yo‘qolib ketgan. O‘zbekistonning birinchi Prizidenti I.Karimov
Bu haqida “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy me’rosi,
uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida, 2014-
yilning may oyida xalqaro konferensiya ochilishi marosimidagi nutqida “Bugun
oradan ming yil o‘tganidan keyin ham biz o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon
sivilizatsiyasi
rivojiga
bebaho
hissa
qo‘shgan Sharq allomalari va
mutafakkirlarining dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlardagi izlanishlari va
qomusiy bilimlari oldida hayratga tushamiz. Afsuski insoniyat boshidan kechirgan
har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk me’rosning
aytish mumkinki mingdan bir qismigina bizga yetib kelgan xolos”
1
,-degan edi.
Yozma adabiyot ham keng rivojlanmagan fan tarixiy taraqqiyotida ketma-ketlikni
IX asrdan keyingi davrda ko‘rish mumkin.
Pedagogik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotida “inqilobiy rivojlanish” jamiyat
taraqiyoti bilan uyg‘unlik holatini “Avesto”da komil inson ta’limoti; qadimgi
Yunonistonda ta’lim tizimi va pedagogika atamasi joriy etilgani, Suqrot, Arastu,
Aflotun, Demokritlarning pedagogik qarashlari; VIII- IX asrlarda fanlar tarkibida
“Ta’lim”, “Tarbiya”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va samarali metodlari
haqidagi (Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn
Sino Husayn Voiz Koshifiy) ixtirolar, madrasalar, maktablarni tashkil topishi;
XVII-XIX asrda Yevropada pedagogik ta’limotlarni globallashuvi ta’lim-tarbiya
tizimini tarkib topishi ta’lim-tarbiya mazmuni va metodlarini takomillashtirilishi
(Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, A.Disterverg, I.Pestalotssi, K.D.Ushinskiy) da ko‘rish
mumkin.
Pedagogika tarixini “xususiy vaziyatlar majmui” modelida o‘rganish ham
muhim ahamiyatga ega. YAni, “Avesto”
3
da zaruriyatning o‘sha davriga xalqni
marifatga, yuksak ma’naviyatga, ezgulikka, oqilona hayot kechirishga yo‘llovchi
inqilobiy ta’limoti uzoq davr ta’lim-tarbiyaning qomusi bo‘ldi. Hatto uning eng
nodir g‘oyalaridan yunonlar bahramand bo‘lganlari tarixdan malum.
Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimini, fanni jamiyat hayotining
ustuvor sohasiga aylanishida Aleksandr Makedonskiyning davlat siyosati,
ahamiyati katta bo‘lgan. Davlat arbobi tomonidan fan va ta’lim-tarbiyani
rivojlanishiga rag‘bati bir tomondan pedagogik g‘oyalarni rivojlanishiga sabab
bo‘lsa, ikkinchi tomondan mamlakatni iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining hal
qiluvchi omili bo‘lgan.
Xitoyda Konfutsiy ta’limotini bir necha asr millatni, mamalakatni ma’naviy,
mafkuraviy qudratiga aylangani buyuk shaxslarning fan taraqqiyotidagi
hissalaridan dalolat beradi.
Arab malakatlarida V-VI asrga kelib, o‘zaro ziddiyatlar ma’naviy buhronlar,
hatto qiz bola tug‘ilganda tiriklayin ko‘mish aqidasi bo‘lgan bir davrda
1. Karimo.I.A, “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy me’rosi, uning zamonaviy sivilizatsiya
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida, 2014-yilning may oyida xalqaro konferensiya Ma’rifat gazetasi 17-may
2014-yil.
2. Avesto. Dushanbe. «Adab», 1990.,
3.Homidiy H. «Avestodan Shohnomagacha». Toshkent. «Sharq» 2003 yil
Muhammad payg‘ambar s.a.v. ning ta’lim-tarbiya borasidagi g‘oyalari millatni
marifatga yetakladi. Tug‘ilgandan umrining oxirigacha saboq olish, “jannat
onalarning oyog‘i ostida” kabi ta’limoti mana qariyb bir yarim ming yilga yaqin
yer yuzida musulmonlarni ezgulikka yetaklovchi g‘oya aylandi.
Temuriylar saltanatining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni Amir Temur
uning nabiralari Ulug‘bek, Boburlarning marifatparvarlik siyosatining natijasidir.
“Temur tuzuklari” dagi ta’lim-tarbiya g‘oyalari temuriylar oilasidagi ma’naviy
kodeks davlat qudratining omili bo‘ldi. Temuriylar davrida pedagogik g‘oyalar
davlat siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgani Alisher Navoiy kabi buyuk
mutafakkirlarning komil insonni, ta’lim-tarbiyani ahamiyatini madh etishga sharoit
yaratdi.
Buyuk shaxslarni Chex qardoshlar maktabining rahbari, keyingi provaslav
dinining yepiskopi Yan Amos Komenskiyning “Didaktikaning oltin qoidasi”
1
4
ni
ishlab chiqishi pedagogika tarixida “individial vaziyatlar modeli” asosida o‘rganish
zarurligini ko‘rsatadi.
XVIII asrda Rossiyani taraqqiyot yo‘liga kirishida Pyotr-1 tomonidan
ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilinishi muhim omil bo‘ldi.
M. V. Lomonosov singari ma’rifatparvarlarni qo‘llab quvvatlanishi bu
siyosat keyingi qator olimlar tomonidan pedagogika fanini rivojlanishida o‘z
ifodasini topdi.
XX asrning 80 yillariga kelib ta’lim-tarbiya tizimida milliy ildiz qirqilishi
mamalakatni va maktabni tanazzulga olib borgani aniq. Mustaqillik tufayli
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida milliy maktab
konsepsiyasi yaratildi. Dunyo tan olgan taraqqiyotning o‘zbek modeli tarkibida
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Ta’lim-tarbiya ustuvorligi
mamlakatni barqaror rivojlanishini kafolatladi. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas
kuch”
2
5
, “Tarixiy xotarasiz kelajak yo‘q”
3
6
, “Barkamol avlod O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori”
4
7
, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya
samaradorligi omili” ta’lim-tarbiya uyg‘unligi Sharqona hayot falsafasi, ekanligi
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya Islom Karimov ta’limotida pedagogika
fanining nazariy asosi rivojlantirildi va u mamlakat taraqqiyoti istiqbolini belgilab
berdi. Bu esa pedagogika tarixini “ilmiy inqilob” natijasida “individual vaziyatlar
majmui”
5
8
asosida o‘rganishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |