1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet28/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Oʻquv fani dasturi ham xuddi oʻquv rejasi kabi muhim davlat hujjati boʻlib, unda muayyan oʻquv predmeti mazmuni ochib beriladi va oʻquv yili davomida ta'lim oluvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi zarur boigan bilim, koʻnikma va malakalar hajmi koʻrsatiladi.
Oʻquv fani dasturi - ta'lim mazmuni, uning ta'lim oluvchilar tomonidan oʻzlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari koʻrsatilgan normativ hujjat.
Oʻquv fani dasturlari tegishli ta'lim (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta' lim) turidagi barcha ta'lim muassasalari uchun yagona, uning talablari toia ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, boʻlim va mavzular boʻyicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Tushuntirish xatida oʻquv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan oʻrni, ular oʻrtasidagi aloqadorlik, materialni oʻrganish jarayonida hal etilishi lozim boigan ayrim boʻlim va mavzularni oʻrganish xususiyatlari oʻrganiladi. Oʻqitish (ta'lim) metodla-ri va yositalarini qoʻllashga doir tavsiyalar beriladi. Soatlar hisobini asosli oʻrinlarda oʻzlashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻquv dasturidagi material ta'lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
Oʻquv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:

  1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatiga egaligi.

  2. Dastur mazmunining ijtimoiy-gʻoyaviy xususiyatga egaligi.

  3. Nazariy gʻoyalarning amaliyot bilan birligi.

  1. Dastur mazmunining ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq gʻoyaga asoslanganligi.

  2. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega boʻlishi.

  3. Oʻquv predmetlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik, bogʻlanishlarning mavjudligi.

  4. Oʻquv dasturini tayyorlashdagi ta'lim oluvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini e'tiborga olish.

Demak, oʻquv rejasi va dasturi ta'lim muassasasi ma'muriyati, ta'lim oluvchilar jaraoalarining soʻzsiz amal qilishlari lozim boʻlgan davlat hujjatlaridir.
Ta'lim jarayonini samarali olib borish uchun bularga mos darsliklar tayyorlanadi. Har bir oʻquv predmetining mazmunini DTS va oʻquv rejasida koʻrsatilgan hajmda didaktik talablar asosida kitob (darslik) yoziladi.
Darslik—DTS, oʻquv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy mafkura gʻoyalari singdirilgan, muayyan oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal oʻzlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yoʻnalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Darslikni bu pedagogik tizimning axborotli modeli deb atash mumkin. Bunga sabab har bir oʻqituvchi darslikda ta'lim oluvchi­lar bajarilishi kerak boʻlgan oʻquv jarayonining ma'lum bosqichlari koʻrsatilgan boʻlib, ta'lim oluvchilar uchun mavzularni oʻqib, undagi topshiriqlarni ma'lum harakatlar koʻrinishida bajarishadi: tekshira-di, yechadi, javob beradi va hokazo. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki yashirin shaklda berilishi mumkin.
Demak, darslik bu - muayyan oʻquv predmeti mazmunini oʻquv dasturida koʻsatilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilingan kitob boiib, uning xarakterli xususiyati darslik mazmunining oʻquv dasturi mazmuniga mos kelishidir.
Darslikdagi material boʻlimlar boʻyicha taqsimlanadi. Har bir mavzu, muayyan bob, uning tarkibida boʻlgan bandlar asosida ochib beriladi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish