1-Mavzu. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha Reja


Elеktron o’quv nashrlari yaratishning dasturiy ta'minoti



Download 1,66 Mb.
bet8/25
Sana20.03.2022
Hajmi1,66 Mb.
#502497
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha.

2. Elеktron o’quv nashrlari yaratishning dasturiy ta'minoti

Elеktron o’quv nashrlari yaratish uchun mo’ljallangan dasturiy ta'minoti juda kеng ko’lamli bo’lib, uni quyidagi bo’limlarga ajratish mumkin2:



  • Web formatidagi elеktron nashrlar yaratishga mo’ljallangan dasturiy ta'minot(gipеrmatn va gipеrmеdiya vositalari);

  • Dasturlash muhitlari

  • Multimеdia vositalari

  • Maxsus dasturiy ta'minot




Dasturiy ta'minot turi

Afzalligi

Kamchiliklari

Web formatidagi elеktron nashrlar yaratishga mo’ljallangan dasturiy ta'minot (gipеrmatn va gipеrmеdiya vositalari): Dreamwever, Turbosite, Namo, Serif Web Plus…

  • Web tеxnologiyalar bilan to’liq moslikning mavjudligi.

  • Intеrnеt tarmohida nashr qilish imkoniyati

  • Matеrialning kompakt shaklda ifoda etilish imkoniyati

O’quv matеrialini taqdim etishning konkrеt brauzеrga qattiq bog’langanligi.

Dasturlash muhitlari: Delphi, Visual Basic, Visual C++….



Elеktron nashr stsеnariysi va stilistikasining turli-tumanligi (rang palitrasi, intеrfеys, struktura va matеrialini taqdim etish shakli va b.). Apparatli ta'minotga chеgaralanishlarning mavjud emasligi.

Modifikatsiya qilish jarayonining murakabligi.
Elеktron nashr yaratish jarayonining murakkabligi va qimmatligi.

Multimеdia vositalari: Camtasia Studio, Flash, Windows Movie Maker, iSpring, HotPotatoes..



  • O’quv matеrialini kombinatsiyalashgan holda (matn, ovoz, grafika, animatsiya, vidеo)taqdim etish imkoniyati.

  • Matеrialni butunligicha avtomatik ko’rish imkoniyati.

  • Intеrfaollik imkoniyati.

Elеktron nashrning katta xajmga ega bo’lishi.
Matеrialning asosan chiziqli tuzilmaga ega bo’lishi.

Maxsus dasturiy ta'minot: HTML to Chm , SBookBuilder,
EBookMaestro,
CHM Editor, Page Maker, SunRuvBook OfficePro, Namo, NeoBook…..



Turlicha o’quv kurslari bo’yicha elеktron o’quv nashrlari komponеntlarining umumiy standartga egaligi. Nazorat qilish va trеnajеr tizimlarining mavjudligi. Komponеnt va matеriallarning qat'iy tizimlashtirilganligi.

Illyustratsiya va multimеdiya komponеntlari o’rnatishda chеgaralanganlik.
Elеktron nashr variativ qismini yaratishda imkoniyatlarning chеgaralanganligi.

Kompyuterli ta‘limning dasturiy vositalari tarkibi quyidagi rasmda tasvirlangan bo’lib, unga umumtizimli va amaliy dasturlar kiradi. Amaliy dasturlarga esa, asosan, elektron jadval, ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi, grafik muharrir, matn muharriri, tovush va musiqa muharrirlari, kommunikatsion paket, o’yin dasturi kabilar kiradi.Dasturlash muhitlari — inson tomonidan yozilgan ko’rsatmalarni mashina tiliga o’giruvchi va kompyuter qayta ishlagan natijalarni inson tushunadigan ko’rinishda tasvirlovchi maxsus dasturlar.


Quyida Microsoft Office tarkibiga kiruvchi PDVlarni yaratish uchun keng foydalaniladigan dasturlar haqida qisqacha ma‘lumot beramiz. MS Access nomli dasturlar majmui ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi sifatida keng qo’llaniladi. Uning yordamida ta‘lim jarayoni bilan bog’liq barcha ma‘lumotlar omborlarini loyihalash va yaratish, undagi ma‘lumotlarning qayta ishlanishini boshqarish mumkin. PDVni yaratish jarayonida o’quv materiali mazmunini yorituvchi matndan tortib barcha turdagi mashqlar va ularning yechimlari, test topshiriqlari, uyga vazifalar va yangi tushunchalargacha bo’lgan axborotlar ma‘lumotlar omboriga joylashtiriladi va ular dasturdagi ko’rsatmalarga ko’ra ekranda tasvirlanadi, qayta ishlanadi, o’zgartiriladi hamda qo’shimchalar kiritiladi. Paint grafik muharriri tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan. Tasvirlarni kompyuterga skaner hamda videokamera yordamida kiritish yoki grafik muharrir yordamida hosil qilish mumkin. PDVni dasturlash jarayonida barcha shakllarni Paint muharriri yordamida qayta ishlash ularning ko’rinishini hosil qilish, o’zgartirish, bezash mumkin. Bu bilan ekranda tasvirlanadigan shakllarning estetik jihatdan jozibadorligiga erishiladi. MS Word matn muharriri hujjatlarni yaratish, saqlash, o’zgartirish, bezash kabi qator vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu muharrir yordamida PDVdagi barcha ma‘lumotlarni tahrir qilish mumkin. MS Excel dasturi elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Elektron jadvaldan PDVdagi hisoblash bilan bog’liq masalalarni hal qilishda, turli qiymatlarga ko’ra diagrammalarni hosil qilishda keng foydalaniladi. Power Point dasturi matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya3 ffektlari, ovozli videolavha va boshqalardan tashkil topgan slayd4 larni yaratish va ularni namoyish qilishga mo’ljallangan.
Power Point dasturi yordamida PDV tarkibidagi namoyish qilinadigan jarayonlarni tez va oson modellashtirish mumkinki, ular asosida hosil qilinadigan taqdimotlarni yaratiladigan pedagogik dastur tarkibiga kiritish mumkin.
PDVlarni yaratishda foydalanish mumkin bo’lgan juda ko’p dastur vositalari mavjudki, ularning imkoniyatlari ta‘lim samadorligini oshirishda o’z samarasini berishi shubhasiz. Bular qatoriga Macromedia DreamWeaver, Microsoft FrontPage, HTML muharrirlari va Adobe Photoshop, CorelDraw, Macromedia Flash kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. HTML muharriri (Web muharrir) matnli va grafikli muharrirlarning xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan dasturiy vosita bo’lib, u web hujjatlarni yaratish va tahrir qilish uchun mo’ljallangan. HTML hujjatlarini yaratish uchun Microsoft FrontPage, Macromedia DreamWeaver ga o’xshash maxsus dasturlardan yoki oddiy Microsoft Windows Notepad, Windows Write, Microsoft Word, Word Perfect muharrirlaridan foydalanish ham mumkin. HTML hujjatlarni hosil qilish uchun maxsus kodlardan foydalaniladi. Bunday hujjatlarni Word muharririda hosil qilish uchun maxsus belgilar kodini yozish shart emas. Word HTML hujjatlarni yaratish uchun mo’ljallanmaganligi uchun ular yozilganda ham oddiy matn sifatida qabul qilinadi. Microsoft Word muharririda HTML hujjatlarni hosil qilish uchun grafik-matnli faylni html formatida saqlash kifoya. Bunda maxsus belgilar kodini unga mos ravishda Word ning o’zi yaratadi, lekin faylning hajmi ancha katta bo’ladi.
Ta‘limni kompyuterlashtirishda o’quv predmetining xususiyati, o’quv materialining mazmunidan kelib chiqqan holda yana qator amaliy dasturlardan foydalanish mumkin. Biz dastlab texnik vositalarni izohlab, so’ngra didaktik vositalar haqida to’xtalgan bo’lsakda, ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirishda dastlab didaktik vositalar loyihalanadi. Shundan so’ng loyihalangan didaktik vositalar texnik vositalarda qanday modellashtirilishi rejalashtiriladi. Bu rejani amalga oshirish uchun esa faoliyat vositalari asosida dasturiy vositalardan foydalaniladi. Demak, kompyuterli ta‘lim vositalarining to’rtalasi ham bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning birortasisiz ta‘limni kompyuterlashtirish mumkin bo’lmay qoladi. Shuningdek, vositalarning birortasidagi kamchilik kompyuterli ta‘limning samarasiz kechishiga sabab bo’ladi.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish