Sharnirli ferma deb,
o‘zaro sharnirlar yordamida birlashgan geometrik
o‘zgarmas sterjenlar sistemasiga aytiladi. Qo‘yilgan tashqi kuchlar ta’sirida
sistemada elastik deformatsiya natijasida ko‘chish hosil bo‘lsa, sistema o‘zgarmas
deyiladi.
Tarixiy nuqtai nazardan balkalar uzluksiz o‘zgarib borgan. Dastlab-ki
bosqichlarda balkalarni primitiv stanoklarda nisbatan unga katta bo‘lmagan
ko‘ndalang kesimlarda prokatka yo‘li bilan tayyorlash amalga oshirilgan. Ikki
tavrlilarni prokatka qilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Prokat qilish sharoiti ularga
kerakli metallarni berish, imkoniyatini bermas edi, polkalari kengligi unchalik katta
emas, devorlari unchalik qalin emas edi. Balkalarni bunday xili metalni foydalanish
yuzasidan maqbul emas edi. Cho‘yan buqilib ishlaydigan balkalarda eng
zo‘rikadigan joyi polkalardir. Devorlari unchalik zo‘rikmaydi. Metalni asosiy
massasi polkalarda bo‘lishi, ozrog’i devorlarida bo‘lishi lozim. Payvand qutichaga
o‘xshash profilari yaratish imkoniyatini.
Ustun deb,
baland vertikal asoslarga aytiladi. Ular katta prolyotdagi qavatlararo
yoki tom yopmalarini, bino sinchlarini (karkaslarini), estakada va ish maydonlarini,
quvur tizimlarini va hokazolarni asosi sifatida qo‘llaniladi.
Bu asoslarga tushadigan og‘irlik nuqtai-nazaridan ular markaziy siqilgan va
markazdan tashqari siqilgan ustunlarga bo‘linadi.
Markaziy siqilgan ustunlar unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchini ustunning o‘qi
bo‘ylab tarqatadi va natijada bu kuch ustunning balandligi bo‘yicha ta’sir etadi.
Markazdan tashqari siqilgan ustunlar esa og‘irlik kuchini ustunning o‘qi
bo‘ylabgina emas, balki oraliq masofalarga ham tarqatadi va uni egilishdan saqlaydi.
Ustunga ta’sir etuvchi egilish holati shuningdek konstruksiyaning qattiq
to‘qimalaridagi boshqa elementlar ta’siri yoki ko‘ndalang kuch ta’siri ostida ham
vujudga kelishi mumkin.
O‘zining maqsadiga qarab ustun uchta asosiy qismdan:
yuqori qism, sterjen
va bazadan
iborat.
Ustun bazasi yoki bashmagi og‘irlik kuchini sterjendan poydevorga
(fundamentga) beradi va ustunni poydevorda mustahkam turishini ta’minlaydi.
Konstruktiv loyihalashtirishga qarab ustunlar butun va ko‘ndalang ulanuvchi
qisman bo‘lingan ustunlarga ajraladi.
Siqilgan kolonnalarni ustuvorlikga xisoblash.
Ko`pgina muhandislik inshoatlarini
hisoblashda ularniing mustaxkamlik sharti
bilan bir qatorda ustuvorligini ham ta`minlash kerak. Buni kolonnalar misoloida
ko`rishimiz mumkin. Agar kolonnaga siquvchi kuch ta`sir ettirilsa uning
noustuvorligi ortadi va kuch qiymati yanada oshirilsa kolonna o`zining holatini
yo`qotishi mumkin.
Ustuvorlikni noto`g`ri xisoblash oqibatida juda ko`p konstruksiyalarning
yemirilishi sodir bo`lgan.
Xususan,1981 yil Shvetsariyaning Menxenshteyn qishlog`idagi ko`prikda
bo`lgan xalokatli hodisa siqilgan kolonnalarni ustuvorlikga puxta hisoblash naqadar
zarur va muhim ligini ko`rsatuvchi saboqdir. Xalokat ro`y bergan paytda
ko`prikning uzunligi 42m bo`lgan va 12ta vogondan iborat bo`lgan odam tashuvchi
poyezdi o`tgan. Kema ko`prikdan o`tib bo`lgan, lekin daryoga qulagan. 6ta vogon
uni ham tortib ketgan. Falokat natijasida juda ko`p kishi olamdan o`tgan 200 kishi
yarador bo`lgan. Falokat fermaning siqilgan kolonnalaridan biri o`z ustuvorligini
yo`qotish natijasida sodir bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |