1-Mavzu: “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar



Download 204 Kb.
bet6/8
Sana20.08.2022
Hajmi204 Kb.
#847366
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza matni (1)

«О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bо‘lib, bu qonun asosida О‘zbekistonning huquqiy holati tubdan о‘zgardi. О‘z mohiyatiga kо‘ra bu hujjat respublika uchun vaktincha konstitusiya rolini ham о‘ynaydigan bо‘ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren О‘zbekiston Respublikasining asosiy belgalarini aniqlab berdi. Qonunining birinchi moddasida: «О‘zbekiston Respublikasi о‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», – deb qonunlashtirib quyildi.
Bunday Qonunning qabul qilinishi huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy – axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muxim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mazkur Qonunga О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentabrda bо‘lib о‘tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitusiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
«О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida» 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitusiyaviy maqom berilsin».
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, rо‘yobga chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – О‘zbekiston Respublikasi paydo bо‘ldi. О‘zbekiston tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. О‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun о‘z taqdirini о‘zi belgilash, о‘zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
О‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun, avvalo, xalqning fikrini bilish, mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Shu maqsadda 1991 yilning 18 noyabrida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasi «О‘zbekiston Respublikasi referendumini о‘tkazish tо‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
1. 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tо‘g‘risidagi masala bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasining referendumi о‘tkazilsin.
2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin: «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?»
Referendumga katta tayyorgarlik kо‘rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan о‘tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalari tuzildi. 1991 yil 29 dekabr kuni bо‘lib о‘tgan referendumda 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov rо‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi. Ularning 98,2 % referendumda qо‘yilgan savolni ma’qullab ovoz berdi. Demak, О‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Shuni ta’kidlash lozimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan о‘tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
О‘zbekiston musta­lilikka erishgandan keyin davlat boshq­aruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik respublika boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabridagi VIII sessiyasida umumhalq referendumini о‘tkazish qarori bilan birga «О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tо‘g‘risida»gi Qonuni, shuningdek, «О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash tо‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi va О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik kо‘rilib, 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy lavozimga ikki nomzod – О‘zbekiston XDP va О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Mu­hammad Solih­) nomzodi qо‘yildi.
1991 yil 29 dekabrda bо‘lib о‘tgan saylovlar yakuniga kо‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda q­atnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
1991 yil 30 dekabrda Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini kо‘rib chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tо‘g‘risidagi qonunning 35 – moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb ­hisoblashga q­aror q­ildi. Shunday qilib, mamlakatimizda birinchi marta yashirin ovoz berish yо‘li bilan о‘tkazilgan tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A. Karimov 5 yil muddatga О‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti etib saylandi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bо‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida birinchi prezident Islom Karimov qasamyod qildi.
1995 yil 26 martda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasi bо‘yicha umumxalq referendumi bо‘lib о‘tdi. Unda 11 mln. 245 028 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bо‘lgan fuqarolarning 99,3 % ishtirok etdi.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish