navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons¬titutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Majlisda Konstitutsiya loyiha¬sini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi Umumxalq muhokamasi uch oy davom yetdi. Shu davrda O'zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom yettirish uchun yana ikkinchi marotaba matbuotda ye'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi. Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqanida keltiramiz: Loyihaning 1-moddasida «O'zbekiston - demokratik respublika» deb yozilgan yedi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «so'zini qo'shib qo'ygan. Natijada bu modda «O'zbekiston - su¬veren demokratik respublika» tarzida bo'ldi. Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha yedi: «O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. Ya'ni, respublikada davlat ho¬kimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab... amalga oshiriladi. Bu bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi-dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bi¬lan yerkaklar teng huquqli yekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif yetdi. 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar. Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasi mukammal tarzda o'rin olgan. Shu bois yangi Konstitutsiya xalq hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki yekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati o'z vazifalarini ham bevosita, ham o'zi saylagan davlat organlari orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko'zlab amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islo¬hotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi kerigaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi va huquqiy asosiga yega bo'lishi lozim. “O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun1991-yil 18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul