1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti


Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar



Download 194,68 Kb.
bet27/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar,
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi.
O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng kun tartibida ja-hon
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy
tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos
ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi
jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni
boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiyiqtisodiy
hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo
yetar yedi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo'lgan tayyor
andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga
rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan
an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash
uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik
bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan
kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur yedi».
Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga
kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga
ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor yedi.
I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur
tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining
o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi
kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin yemas. Biming ma'nosi shuki,
iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy
munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo'lishi lozim. Buning
ma'nosi shuki, demokratik yo'I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va
qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya yetishi
lozim.
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o'tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy yetish bilan bir vaqtda aholini ijti¬moiy himoyalash
yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti
yo'lidagi yeng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib
qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar
talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz,
ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi
kerak.
O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-boyeqich o'tish
haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini
ko'rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular
iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini
belgilab berdi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishgandan so'ng kelajakda
qanday yo'ldan borishi masalasi kun tartibiga qo'yilgan yeng dolzarb masalalardan
biri bo'ldi. Uning dolzarb bo'lib qolishining bir qator ob'ektiv va sub'ektiv sabablari
va omillari ham mavjud yedi. Uning ob'yektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiyiqtisodiy
rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor
andozasining yo'qligi va bo'lishi ham mumkin yemasligi yedi. Ikkinchi ob'yektiv
sababi – ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar
va qoidalar yendilikda respublikada barpo yetilayotgan yangi ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat
manfaatlariga mos kelmasligi yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik va uni boshqarish,
ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni
boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur yedi. Demak,
birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo'liga kirishi uchun ma'lum bir
muddat talab qilinar yedi. Ikkinchidan, vaqtni qo'ldan boy bermasdan
rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari asosida
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham
kechiktirib bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur yedi.
Mamlakat Prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va
shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar yekan, uni
jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha
islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb
ta'rifladi. SHunday yekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni
qo'yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi,
turli-tuman muammolar va ularni bartaraf yetish yo'lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni
ko'rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar
yechimida sustkashlikka yo'l qo'yish og'ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin.
Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni
keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi.
Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z zimmasiga olgan hokimiyat
tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya olmaydi, doimo uyg'oq
va harakatda bo'ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo'lini
yerkin tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yeskilikka barham
berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. SHu
nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun yeng zarur shart-sharoit deb
hisoblasak bo'ladi.
O'tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda
mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya
borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo'lida
foydalanishni, ikkinchi tomondan yesa, uni o'ziga xos noyob bir sharoitda joriy
yetish bilan bog'liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko'plab
mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak
holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini
o'rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa,
ikkinchisi - O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga
tayanishdan iborat bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh
asosiy tamoyil asos qilib olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko'pchilik sobiq mustamlaka
mamlakatlar o'z mustaqilligiga yerishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta
boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sosialistik; 3)
milliy ozodlikka yerishgan davlatlarning aralash yo'nalishi haqidagi qarashlar bor
yedi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy
qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin yemasligi, taraqqiyot
yo'llari (modellari) ancha keng ko'lam va maqsadga yegaligi, ulardan birini
tanlashda har bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog'i zarurligi
ma'lum bo'ldi.
Taraqqiyot “modeli”ga yondashuv ko'rinishlari:
- Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);
- Formatsion yondashuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
har qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi
ma'lum bo'lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tushunchalar
bugungi kunda o'z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondashuv
demokratiyani, demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «formatsion»
qarashdan farkli holatda yangicha tamoyillar asosida tahlil yetishga nazariy
metodologik asos bo'ladi.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish